Get Mystery Box with random crypto!

Abadiy Sevgim 🌸

Logo saluran telegram yangi_yil_tabrigi_2023_tabrik — Abadiy Sevgim 🌸 A
Logo saluran telegram yangi_yil_tabrigi_2023_tabrik — Abadiy Sevgim 🌸
Kategori: Tidak terkategori
Bahasa: Bahasa Indonesia
Pelanggan: 886
Deskripsi dari saluran

👨🏻‍💻Аdmίη⇨ @Mirzaakbarr
💐Ishoηίηg Sίz Eηg Zo'r Kαηαldαsίz🌸
🔻Ɓίzηίηg Kαηαldα Eηg So'ηggί🔻
💌Sherlαr
🎧Mρ3lαr
🎞Vίdeolαr
🎶Musίqαlαr
🖼Rαsmlαr
✍🏻Stαtuslαr
📝Аƒorίzmlαr
📖Hίkoyαlαr
🎙Аudίolαr

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Pesan-pesan terbaru

2022-12-11 04:26:05
Uyquga zor xalifa

Umri davomida to’yib uxlamagan Hazrati Umarning gaplarini eshiting:

“Qachon uxlay ekan. Kechqurun uxlasam Parvardigorning haqini zoye qilaman, kunduzi uxlasam bandalarning haqini zoye qilib qo’yaman-ku”.


#Nuryuzligim

https://t.me/+QZjYzKcG6iiAb5-P
132 views✿ ❀Nᴜʀʏᴜᴢʟɪɢɪᴍ❀ ✿, 01:26
Buka / Bagaimana
2022-12-11 04:25:42 #Voris2

Tòy oqshomi. Shamchiroqlarning zarrin nurlari ostida barcha mehmonlar butun zalni tòldorgancha intizorlik bilan bugungi kun malikasini kutish bilan ovora. Kòp hayallamay Kelin kòrinish berishi bilan barchaning nigohi yuqoriga qaratildi. Oq harir libosda misli malak misol tovlanayotgan Mutlu skripka sadolari ostida Umutning qòllaridan tutgancha ohista qadamlar ila pastga tushib kelar edi. Barcha mehmonlar òz òrinlarini egallashgach ochiq davra bòylab Majidning qarshisiga kelishgach Umut singlisining peshonasidan mehr bilan òpgancha Kelinni bòlajak kuyoviga topshirdida òzi guvohlik òrindiģidan joy oldi.
-Savash qizi Mutlu Turkyilmaz Bekir òģli Majid Bòranga tan mahram bòlishga rozimisiz- nikoh hakami an'anaga muvofik tarzda Mutluga yuzlanarkan roziligini sòradi
-Roziman!
Atrofdan qarsak ovozlari yangradi
-Bekir òģli Majid Bòran Savash qizi Mutlu Turkyilmazni tan mahramlikka qabul qilasizmi?
-Qabul qilaman!
Majid hakam sòzini tugatishiga òz javobini berarkan Mutluga mehr va muhabbatga limma lim nigohlarini tikdi.
-Bugungi nikohga hech kimning qarshiligi bòlmasa, guvohlar Umut Turkyilmaz va....-Hakam ikkinchi guvohning bo'sh òrniga tushunarsiz qaradi-Va...
-SHOHISTA ASLAN!!!
Barchaning nigohi zalning kirish eshigi oldida qòllariga ingingcha poshnali billur tufligini kòtarib olgan, nihoyatda nafis uslubda tikilgan moviy libosli Shohistaga qaratildi.
Shohista teshib yuboruvchi nigohlarning hech biriga ortiqcha e'tibor bermay kelin- kuyov stoli tomon yurib kelib, òz òrniga joylashdi.
-Davom etavering shu yerdaman!
Qiz òziga qoshlarini chimirib qarab turgan Mutluga aybdorona tabassum qilgancha, hakamga sòz qotdi
- Umut Turkyilmaz va Shohista Aslan guvohligi ostida bugundan boshlab sizlarni bir oila deb e'lon qilaman!
Hakam qizil rangli guvohnomani Mutluning qòliga tutqazar ekan butun zal bòylab baqiriqlar yangradi
-BÒSA OL! BÒSA OL! BÒSA OL!
Majid hasmi halolining yuzidagi harir matoni ohista harakatlar ila yuqoriga kòtarar ekan qizning yuziga gòyo kòp yillardan buyon kòrmagandek termuldi...
-Seni sevaman......
Mana shu tarzda ikki sevishgan qalbga uzoq ayriliq va turli sinovlardan keyin taqdirning inoyati ila bir biriga yetishmoq baxti nasib qildi.


TAMOM

https://t.me/+QZjYzKcG6iiAb5-P
121 views✿ ❀Nᴜʀʏᴜᴢʟɪɢɪᴍ❀ ✿, 01:25
Buka / Bagaimana
2022-12-11 04:25:42 Ibrat bir hafta oldim Pekinga qaytib allaqachon òziniki bòlgan yerlarni nazorat qilgan bòldiyu Mutluning tòyi munosabati bilan yana Istambulga qaytishga majbur bòldi. Ammo bu yerlarda hali uzoq qolishini-yu, endikda hayoti tubdan òzgarib, yurtiga bu safar bir òzi qaytnasligidan hozircha habari yòq edi.
Ibrat samalyotdan tushgach tekshiruv bòlimidan òtgancha jamadonini sudrab, chiqish eshigida mashinasini olib kelishlarini kuta boshladi. Birordan sòng mahsus hodim mashinasini yigitning yonginasiga tòxtatdida, pastga tushib kalitni uzatdi. Ibrat kalitga endigina qòl chòzmoqchiligida, notanish qizning nozik qòllari chaqqonlik qilib xizmatchini qòlidan kalitni yulkib oldi.
-Jamadonimni mashinaga sol...nega qaqqayib turibsan? Tezlash shundoq ham shoshib turibman
Qiz bir Ibratga bir òziga angrayib turgan xizmatchini qistay qistay òzi poshnalarini taqqilatgancha mashinaga joylashib oldi.
Ibrat òziniki bilan bir xil bòlgan mashinaga qarab turdida, raqamini kòrish uchun oldinga òtdi. "0101". Huddi òsha raqam, va òziga tegishli mashina. Qiz adashgan choģi...
-Kechirasiz honim afandi!
Ibrat mashina oynasini taqqilatgach, tushirilgan oynadan boshini chiqargan qizga gap boshladi-Adashdingiz chamamda.
- Tushunmadim
-Bu meni mashinam deyman-qora rangli gelikka ishora qildi yigit
-Qanaqasiga?Qiz zumda mashinadan tushib yana ingichka poshnalarini taqqilatgancha oldiga òtdida raqamni kòrib yigitga hafsalasiz boqdi-0101 bu meni mashinam. Òzingiz adashgansiz! Shundoq ham shoshayabman, battar vaqtimni oldingiz
-Shoshmang shoshmang-qayta mashinaga òtirgan qizni tòxtatib qoldi-Mashina bardachògida menga tegishli buyum bor, ishonmasangiz tekshirib kòring
Qiz yigitga asabiy qarab aytganini qildi. Bardachògni ichidagi kumush rangli tòpponchaga kòzi tushib peshonasiga yengil shapatilab qòydi.
-Endi uni joyiga qòying-qurolni ushlab olgan qizga havotir bilan boqdi-Faqat qòrqib ketmang, bu oddiy qurol. Sizga hech narsa...
-Nega qòrqar ekanman!
Qiz Ibratni hayron qoldirgancha qurolni òqlab yigitga òqtadi-1998 yildagi kolleksiyadan
-1997 yil! Adashdingiz
-Hòsh shunda meni mashinam qayerda qoldi
Qiz qurolni joyiga qòyo irģitgudek tashlab, mashinadan tushdida atrofga qaradi.Ibrat qizdan til uchida bòlsada uzr eshitishni òylagan edi, ammo unday bòlmadi.
-Nega buncha kechikasizlar?!
Huddi Ibratniki bilan bir xil bòlgam qora Gelik shundoq ularni oldida tòxtagach qiz xizmatchiga asabiy gapirdi.
-Kechiring honim...
-Jamadonimni mashinaga joyla!
-Mazur tutasiz honim mashinangizga adashib òtirib olibman
-Hechqisi yòq.Bu bir anglashilmovchilik edi. Hijolat bòlmang!
Qiz yigitni kesatiģini tushungan bòlsada uzr sòrashni istamadi.
-Endi esa xayr!
-Yaramas qiz.-yigit òzini mazah qilganday ketgan qizning orqasida asabiy qarab turdida, tezlikda mashinasiga òtirib, notanish qizni ortidan quva ketdi.
-Ahmoqmi bu?Nima istaydi mendan.endi òzingdan kòr!
Katta yòlda ketayotgan qiz mashinasini oldidan quvib òtgan yigitning mashinasiga jahl qilgancha gazni qattiqroq bosdi.Natijada qiz yana yigitdan òzib ketdi.Bunday kim òzarga kechayotgan poyga navbatma navbat òzib ketishlar bilan davom etarkan qiz yana oldinga chiqib oldi.Mashinani eng yuqori tezlikda boshqarayotgan qiz burilishda turgan yòl patrul xodimiga kòzi tushgach, keskin tezlikni tushirdi.Kutganidek qizdan òzib ketgan yigit aylanma yòlga yetganida yòl hodimi tarafdan tòxtatilib mashinasi chetga olindi.
-Kechirasiz hujjatlaringizni taqdim etsangiz.yaxshi hujjatlar joyida ammo yuqori tezlikda harakatlanganingiz uchun jarimaga tortilasiz.
-Qancha?-yigit betoqlangancha hodimni shoshiltirdi.-Hoziroq tòlayman,aytib qòyay liram yòq. Dollarda tòlayman!
-Ellik dollar-yigitga jarima qoģozini yozib uzatgach qòshib qòydi.
Aynan shu vaqt endigina ularning oldiga yetib kelgan qiz, yigitning mashinasi oldida tòxtadida,oynasini tushurdi.
-Hozir ellik dollarga tushgandursan, keyingi gal uchrashsak naqd umringni ellik yilini tortib olaman.Shunday ekan qayta qarshimga chiqmaslikka harakat qil. Kòzim kòrmasin seni!
Qiz qora kòzoynagini takkancha oynani kòtardi Mashina òt olishi bilan, bir zumda u yerni tark etdi.
184-qism tugadi
85 views✿ ❀Nᴜʀʏᴜᴢʟɪɢɪᴍ❀ ✿, 01:25
Buka / Bagaimana
2022-12-11 04:25:42 "Baxtli bòl!...Baxtli bòl!..."
Munisa hozirgina sòngi sòzini aytib Baxt tilagancha klubdan chiqib ketgan Yigitning orqasidan qarab turarkan, sòngi sòzlar hamon qizning quloģida jaranglar edi. Axir qizning baxti Yigitning òziku. Yana tashlab ketib Baxtli bòl deyishi nimasi. Tun-u kun tinchlik bermay surbetlarcha qizning yuragi eshiklarini tepib kirib, qayta chiqmas bòlib joylashib olgan Yigitku yetmaganiga baxt tilaydi. Aslo...Munisa endi topgan baxtini orqasidan shunchaki kuzatib turmaydi, yana bir yaqinidan ayrilishga bu safar bardoshi yetmaydi. Eng boshidan faqat Yigit kurashdi, endigi qadam Munisaniki. Hozir chiqib sevgilisini tòxtatadi va yigitga tuyģularini oshkor qiladi..Munisa uddalaydi..ha ha shunday qiladi.
-Yigiiit! Senga gapirayabman tòxtasangchi!
Munisa tashqariga chiqqanda mashinasi tomon ketayotgan yigitni orqasidan yugurarkan, baland poshnalari sabab yeta olmasligiga faxmi yetdimi, chaqirishga tushdi. Ammo Yigit hech nima bòlmagandag yòlini davom etardi.
-Meni eshit..Yigit..aaaa!!!
Yigit qizni baqirganidan sòngina ortiga qarab oyoģini ushlagancha yerda òtirganiga guvoh bòlib, qiz oldiga keldida shartta kòtarib oldi. Ammo mashina tomon emas, qayta klub taraf ketishayotganini kòrgan qiz, yigitga tushunarsiz qaradi
-Nega ortga qaytayabmiz?
-Oyoģing qayrilgan, bu holingda tashlab ketolmasdim. Salim hali ham ichkarida bòlsa kerak.  Sevgilingni qòliga topshirgach ketaman.
-Men shundoq ham sevgilimni qòlidaman!
Yigitning hatti harakatidan fiģoni falakka chiqqan qiz, bu gaplar qanday oģzidan hatlab òtganini bilmaydi ammo zarracha afsuslangani ham yòq.
-Shunday ekan sevgilim meni uyimga eltib qòyishi kerak. Chunki oyoģim chindan oģriyabdi.
Yigit qizga biroz qarab turdida,yurishda davom etib, qizni hafsalasini pir qiluvchi gapni aytdi
-Biroz chida Salim uyinga eltib qòyadi.
-Salim, Salim...jonimga tegdi Salimlashing!
Nisa chuqur nafas oldida,kòzlarini chirt yumgancha dedi-Hozir yoki hechqachon...
-Nima?
Yigit qizni sòzlari va hatti harakatlarini tòliq tushunmay turib kutilmagan tezlikda lablariga suyuklisining dudoqlari bosildi, va shunday tezlikda tortib olindi. Ammo Yigit bu ayriliqdan norozi holda òzi qayta qizni lablariga labini bosdi.
Nisa kòzlarini hali haniz ochilmagan holda, lablaridan tinimsiz bòsa olayotgan yigitga uyalganidan javob qaytarmasada, qarshilik ham bildirmadi. Ammo birozdan sòng hayajon va lablaridagi tòsiqdan nafas ololmay qolgach Yigitning yoqasini qattiq siqqancha òzidan itara boshladi. Yigit ham qizni holatini tushungan holda undan uzoqlashdi.
-Bu seni tanloving edi. Endi ortga yòl yòq Zolushkam. Endi faqatgina shahzodangagina tegishlisan uqdingmi
Yigit qizning peshonasidan ohista òpib qòygach ortga qayrildida mashina tomon harakatlana boshladi.
-Shusiz ham bu yerak sendan òzgasiga kònmaydi.-Nisa labini burib qoydi
-Bu dil izhori edimi?
Qizni asta mashinaga òtkizib kamarini taqib qòyarkan sirli ovozda dedi
-Bòlishi mumkun...
Qiz gapirayotib yigitning nigohlari qayta lablariga qadalganini sezgach qòli bilan oģzini berkitib oldi. Yigit qizni qiliģidan kulgamcha òzi ham aylanib òtib mashinaga òtirdida,  qòshib qòydi
-Mayli asalni kòpi ham zarar. Baribir endi menikisan. Istagan vaqtim...
-Oyoģim oģrib ketyabdi
Yigitning ilmoqli gaplaridan sal kam lavlagiga aylangan qiz boshqa chidab turolmasligini bilgach bahona qilishga tushdi
-Oyoģim...

183-qism tugadi

https://t.me/+QZjYzKcG6iiAb5-P
70 views✿ ❀Nᴜʀʏᴜᴢʟɪɢɪᴍ❀ ✿, 01:25
Buka / Bagaimana
2022-12-11 04:25:41 #Voris2

-Sen kimni xòroz deding, kimni sevgilisiga sevgi izhor qilayabsan farqlayabsanmi?
Yigit òzini tòxtatishga urinayotgan Nisaga e'tibor bermay tishlashib gapirdida Salimni yanada qattiq changalladi.
-Sen..li..liftdagi yigitsan!
Salim bu tanish chehrani avval qayerda uchratganini eslab istehzoli jilmaydi-Tòģ..ri eshit..ding men chin..da..nham Nisa..ni se...
Jumlani yakunlash uchun endigina oģiz juftlagan yigit jaģiga tushgan musht sabab gandiraklab qoldi. Yana bir zarba. Yigitning chakkasi yonidagi tomirlar asabiylikdan bòrtib chiqarkan endilikda yigitni sochlariga chang soldi.
-Bu quloģing bilan ham u quloģing bilan ham eshitib ol Nisa menga tegishli. Bundan keyin unga sevgi izhor qilish tugur nigohing tushganini kòrsam...
-Sen uni sevsang ham u seni sevmaydi
Oģzidagi qonni chekkaga tufurish barobar iljaydida quloģi oldiga kelib faqat Yigitgagina eshitiladigon qilib qòshib qòydi-Sinab kòramizmi?
Salim òzini orqaga olishi bilan mushti yigitning chap taragiga "pechat" bòldi.
-Salim, Yigit bas qilinglar...aaa Yigiiit yòq...
Qòliga barda turgan qadahlardan birini olib, Salimga tushurishga shaylanayotgan Yigitni qòliga yopishgancha Salimni panalab turib oldi.
-Yigit kerak emas...
-Munisa...
Yigit bir òziga ģolibona jilmayib turgan Salimga, bir haligacha uni panalab turgan sevgilisiga qaradi.
-Demak tanloving Salim...biroz oldin ham u bilan birga kòrmasligim uchun mendan yashirinding...endi esa uni himoya qilayabsan...
-Yòq Yigit...
-Hech narsa dema..zero eshitadiganimni eshitib, biladiganimni bilib bòldim.
Munisa Yigit qòlidagi qadahni qattiq siqqancha sindirib yuborganini kòrib baqirib yuboray dedi.
-Baxtli bòl!

182-qism tugadi
63 views✿ ❀Nᴜʀʏᴜᴢʟɪɢɪᴍ❀ ✿, 01:25
Buka / Bagaimana
2022-12-11 04:25:41 #Voris2

-Kim sizni ikki kundan sòng tòyi bòladi deydi?
Bòm-bòm zaldaning qoq òrtasida qop bilan mashq qilayotgan bekasining oldiga yurib kelarkan gap qotdi
-Sen!
Mutlu qòlqoblarini yechib òrindiqlarga chòkkalarkan òziga suv uzatib turgan Yigitga shubha ila boqti
-Nima istaysan? Yoki suvga zahar qòshilganmi?
-Hayalotingiz biram boyki
Yigit ham bekasining yoniga òtirib kòz qiri bilan Mutluga qaradi
-Ibtat Almaz ketibdi deb eshitdim
-Ha.
-Haligi..Nisa...Nisa ham u bilan qaytib ketdimi?
Mutlu yarq etib Yigitga qaradida, sòng bamaylihotir suvdan hopladi
-Bir maqsading borligini sezgandim. Qayoqdan bilay akasi bilan kelgandi, balki yana akasi bilan qaytib ketgandur
-Ihm
Mutlu dimoģida javob bergancha òylanib qolgan Yigitga qarab turib bir nimalarni òylay ketdi.
-Nisaga ģamxòr bòl Yigit? Qiz bechorani boshidan yetarlicha oģir kunlar òtgan. Boshqa suyuqoyoqlaringa qiladigon harakatlaringni Munisaga qòllay kòrma. Oqibatida qizdan butunlayga ajrab qolasan. Menga bunday qarama, hayron ham bòlma. Sen meni yordamchimsan. Kimga qanday qarashingni yaxshi bilaman. Nisaga nisbatan kòzlaringda òzgacha mehrni kòrganim uchun ham shu gaplarni aytyabman. Vaqtida menga yaxshi maslahat bera olgansan. Endi meni navbatim. Nisaga erishmoqchi bòlsang shilqimligingni yiģishtir. Unday ishlar qiladigon oyimchalaring boshqa Nisa boshqa. Buni farqini òzing ham allaqachon anglab bòlgansan.
-Òtmishida nima bòlgan ekan..?
-Buni aytolmayman. Vaqti yetsa Nisaning òzi senga òtmishini sòzlab beradi. Hullas senga Omad!

☆☆☆

-Istambul gòzal shahar deb eshitgandim, ammo bu darajada deb òylamagandim
Salim Nisa bilan kuni bilan Istambulni sayr qilishib, navbat tungi klubga hordiq chiqarishga kelishgach, bardagi stollardan biriga òtirar ekan yigit gap boshladi
-Shunaqa...bazan ketgim kelmay, bu yerlarda abadiy qolgim keladi
Nisa atrofga kòz yugurtirib, òzidan atiga besh oltida stol narida òtirgan tanish chehrani kòrgach shartta sumkasini olib yuzini yashirishga kirishdi.
-Lekin seni vataning Xitoy, uyģursan.
-Nima qilibdi bilmasang bilib ol. Onam ham òzbek bòlsada, otamga turmushga chiqqan!
-Bu gaping bilan nima demoqchisan. Yoki bu yerlik turk xòrozlardan biriga mehring tushib qoldimi?
-Oģzing gapirayotganini quloģing eshitayabdimi?
Munisa asta sumkasini tushurib Yigit qayoqqadur yòqolib qolganini bilgach vajohat bilan Salim taraf qaradi.
-Yoki baland musiqa quloq pardalaringa ta'sirini òtkazdimi?
-Nisa tuyģularimni yaxshi bilasan. Seni sevaman....
Salim gapini yakullamay turib bòģzidan changallagan baqùvvat qòllar sabab gapirolmay qoldi.
-Yigiiiit! Nima qilayabsan qòyib yubor uni!

181-qism tugadi
65 views✿ ❀Nᴜʀʏᴜᴢʟɪɢɪᴍ❀ ✿, 01:25
Buka / Bagaimana
2022-12-11 04:23:35
Glavni uchun eng zo‘r fotolar

Abadiy sevgim
https://t.me/+QZjYzKcG6iiAb5-P
63 views✿ ❀Nᴜʀʏᴜᴢʟɪɢɪᴍ❀ ✿, 01:23
Buka / Bagaimana
2022-12-11 04:21:55 #Voris2

Tòyga uch kungina vaqt qolgan bòlib, osmonlarda uchib yurgan juftliklar bugungi kunini kelin kòylak tanlash bilan òtkizishdi desa mubolaģa bòlmaydi. Boisi aynan dugonasining tòyi munosabati bilan Turkiyaga qaytgan Shohista òzining voroģi kòpligidan odamning boshiga ursa hech qiyinchiliksiz yòrilishini kafolatlaydigon katalogi bilan kunni kech qildi. Mutluga yoqqani Shohistaga, Shohistaga yoqqani Mutluga, ikki qizga borobar yoqqani esa Majidga yoqmasdi.  Mutluku mayli ammo Majidning yuzi bir soatdan sòng burishishni boshlagan bòlib, yana shu holatda naqd besh soat kutishga majbur bòldi. Ora orada qizlar hatto yigitning ustidan kulib olishga ulgurishdi ham.
-Va nihoyat...
Shohistaning atelyesidan chiqishgach Majid òpkasini tòldirgancha qishning sovuq havosidan bahramand bòldi.
-Òzi ham besh finjon qahva ichdim. Òzimni yomon his qilishni boshladim
Mutlu ham Majid singari nolishga tushdi -Charchab kettimki biram
-Kel ozroq toza havoda aylanaylik
-Uyga qaytishim kerak. Ammo taklifingni jon deb qabul qilaman
Ikkisi biroz aylanishgach kun sovuqligi va kech tushib qolgani bois tez uyga qaytishdi.
Qòrģonga kirishayotganida Mutlu xizmatchining qòlidagi bir dasta gullarga kòzi tushib yuzi òz òzidan burishib ketdi.
-Tòxta! Sen bu qòrģonga gul kirmasligini bilmaysanmi? Yoki Shohista yana shu yerdami?
-Yòq bekam. Shohista honim ham kelmadi. Bular sizga ekan. Kuryer biroz oldin tashlab ketdi.
-Kimdan ekan?
Majidning qoshlari chimirilib gullarga gòyo dushmani singari qaradi. Mutlu Majidning gapidan sòng gullarni ichidagi qoģozchani olib òqidi.
-Gòkhandan ekan...gullarni kòzimdan yòqot
Gòyo oddiy fakt aytganday Majidga javob berib, xizmatchiga yuzlandi
-Kimdan deding? Gòkhan Bòlat senga nega gul jònatadi!
-Nega jahling chiqadi Majid tavba tavba. Tòyimizga kela olmas ekan. Uzrini sòrab tòyimiz munosabati bilan tabriklabdi bori shu
-Ha endi usiz tòyimiz òtmay qoladi-kesatmay tura olmadi-Ichi yonganidan kelolmaydida.
-Nega ichi yonishi kerak ekan. Huddi u meni sobiq sevgilimdek gapirasana
-Sevgiling bòlmagan ammo u seni sevgan!
-Bòlmaģur gaplarni qòysangchi. U meni dòstim holos. Undan ortiģi emas!...Shoshma shoshma nahot Majid Bòranning rashki qòzģagan bòlsa-Mutlu yigitning bòynidan qòlini òtkizib, tilini taqqilatdi.
-Seni har tun mana shu jamolinga tushuvchi oyning nurlaridan ham qizģonaman. Sen faqat menga tegishlisan. Hozircha qalban, uch kundan sòng jismonan ham menikiga aylanasan.
Majidning entikib aytgan sòngi sòzlaridan Mutluning yuzidagi kulgu zumda sòndi
-Majid..haligi gaplashib...
-Yoshlar!
Mutlu shuncha kun deganda va nihoyat Majid bilan gaplashib olishga jur'ati yetganda, ishdan endigina qaytgan Umut sabab bu masala bugun ham hal bòlmay qoldi.
-Aka yaxshi keldingizmi?
-Yaxshi sizlarchi. Kòylak tanlashda muommo bòlmadimi
-Qanday muommo bòlardi faqat bittasidan tashqari
-Shoshma òzim topaman. Muommoning ismi Shohista Aslan.
-Huddi òzi...
Bunday buyoģiga Majid va Umutning turli xildagi gaplari bilan hamma uy uyiga tarqadi. Mutlu esa bu kechani bedor òtkizishiga tòģri keldi. Fikru hayoli Majid bilan tezroq gaplashib olishda bòlib, tong otganini ham sezmay qoldi.

180-qism tugadi

https://t.me/+QZjYzKcG6iiAb5-P
63 views✿ ❀Nᴜʀʏᴜᴢʟɪɢɪᴍ❀ ✿, 01:21
Buka / Bagaimana
2022-12-11 04:21:55 #Voris2

Quyosh botar mahali, uchinchi qavatning sovuq bòlishiga qaramay ochiq oynasidan Mutlu Turkiyaga qish kirganining isboti bòlmish birinchi qor yoģishini tomosha qilish bilan band. Ajoyib manzara...ayniqsa osmondan gup-gup yoģayotgan qorlar tungi chiroqlarning xira yoruģida nihoyatda ajib manzari kashf qilgan.
Mutluning kòzlari bu gòzal tabiat mòjizasida bòlsada, fikr-u hayoli Majidda edi. Olti kun...olti kundan buyon na Umut va na Majid bilan gaplashadi. Qiz òsha kuni hech qanday javob bermay qochdi..Mutlu hayoti davomida ilk bor ikkilanish deb atalmish tuyģu oldida ojiz qoldi. Shu boisdan javobsiz savoldan, òziga tikilib javob talab qilib turgan ikki juft kòzlardan qochdi.Ammo olti kundirki javobi hali hanuz mavhum. Majiddan òlsa ham ayrilmasligini inobatga olganda, turmush qursa aksincha yaxshi bòlmaydimi.Sevgani bilan kòproq vaqt òtkizadi.Tòydan oldin Majidga qòrquvlari haqida tushuntirsa bas..lk Mutlu bu narsalar haqida qanday qilib Majidga gapira olsin. Bu qiz uchun juda uyatli holat. Aslini olganda onasiz ulģaygan qizda tòydan keyingi hayot qanday bòlishi haqida tuzuk quruq nazariy ma'lumot ham yòq ammo shu oz bòlsada bilganlarining òzi Mutluning oyoq qòli titrashiga sabab bòlishga yetib ortadi aynan shu boisda "Tòy"degan sòz ortidagi bòlajak voqealar qizni yurak ritmini buzib nafas olishini tezlashishiga olib keladi.Agar boshidan òtkazgudek bòlsa òsha kechaning òzidayoq yurak hurujiga duchor bòlishi kech gap emas.
Qizning hayolidagi daxshatli voqealarni shundoqqina oldiga tushgan arqonli kòtarilgich, sochlarini tozģitayotgan kuchli shamol va baland tovush qor parchalari kabi atrofga tum taraqay qilib yubordi.
-Bu..Yo hudoyim Majid!
Mutlu shundoq tepasida havoda muallaq turgan vertalyot va oldiga tushirilgan ketarilgichda òziga qòl uzatib turgan sevgilisini kòrib tili kalimaga kelmay qoldi.
-Qòlingni ber,seni òģirlab ketgani keldim
Ayni damda quvonchi ichiga siģmayotgan Mutlu ikkilanishsiz yigitning qòlidan tutdida,Majidning keskin harakati natijasida tòģri yigitning kòksiga urildi.Olti kundan buyon soģingan insonining iforidan tòyib bahra olgancha,qiz ham bu turishlariga zarracha qarshilik qilmadi.qilishni istamadi.
-Qayoqqa ketayabmiz?
Quloģiga quloqchin taqib olgan qiz uchishni boshlashgan Majidni sòroqladi.
-Men bilan uzoqlarga qochasanmi?-qizning savoliga savol bilan javob berdi
-Hamisha, har doim oldingda bòlaman.Ishon hatto òylab ham òtirmayman huddi hozirgi kabi
Ikkinchi bor eshitayotgan savoliga òtgan galgidan ancha dadil javob bergan qiz yigitning kòzlariga qaradi,ammo nimani òylayotganini anglay olmadi
-Ammo turmush qurushga qarshisan!
-Majid..iltimos..men.
-Bòldi hozir gapirma,hali erta
Òziga ayyorona qarab turgan Majidga shubha bilan qaragan qiz Majidning imlashi tufayli vertalyot oynasidan tashqariga qaradi.
Naqadar gòzal..Shaharning qoq òrtasidagi, chiroqlari yonib uylar tepasida muallaq uchib turishganini kòrib Majidga qayta nigoh tashlagan edi, ammo yigit qizni qayta pastga qarashini aytgach qiz noilojlikda yana pastga qaragan edi hamki, butun hududda birdaniga chiroq òchib atrof zulmatga chòmdi.Ammo oradan besh soniya òtgach ayrim uylarni chiroģi yonishi natijasida Mutluning ikki labi òrtasida hiyol oraliq hosil qildi.Mutlu bir necha uylarning chiroģlari yonishi natijasida hosil bòlgan"MERRY ME"sòzini, tòģriroģi taklifini òqir ekan kòzlaridagi yosh bilan yigit tomon ògirilganida qòllaridagi qizil bahmalli uzuk solingan qutini ochib òziga umid nigohlarini tikib turgan Majidga qarab turdida, birdan yigitning baģriga òzini otdi.
-Menga turmushga chiqasanmi Mutlum!Hayotimning mutloq baxtiga aylanishga rozilik berasanmi.Soģliqda ham hastalikda ham hozirdagi kabi mehr va sevgiga tòla nigohlaring faqat mengagina atalishiga tayyormisan.
-Men senikiman Majid, doim doim doim-Mutlu yigitni baģridan istamaygina chiqib Majidga qòlini chòzdi
-Roziman...chunki seni sevaman..sensizlikni òzimga aslo ravo kòrolmayman.Agar ayrilgudek bòlsak òlimim òsha..
-Tss bas bunday narsalar haqida gapirma-Majid qizni qòliga olmos kòzli uzukni taqish barobarida lablariga barmoģini bosdi-Seni sevaman!
179-qism tugadi
55 views✿ ❀Nᴜʀʏᴜᴢʟɪɢɪᴍ❀ ✿, 01:21
Buka / Bagaimana
2022-12-11 04:21:55 #Voris2

Nonushta vaqti. Stol atrofida yiģilgan uch kishi bir sòz demay nonushta qilishar, mehmonxonadan esa faqat sanchqini likobga tekkanda chiqayotgan ovozlari yangrab turardi.
Mutlu erta tongda yuz bergan kutilmagan holatdan nimagadur akasini kòziga qarashga uyalganidan, hatto qarshisidagi Majidga ham qaray olmay likobiga tikilgancha sanchqi bilan taomini uyoģ buyoģ qilish bilan ovora. Òzida jur'at topib stol tagidan Majidga òģrincha qaragan Mutlu yigit ham òziga tikilib òtirganini kòrgach òzi ham Majiddan kòz uzmay tikilib qoldi. Ikkisining nigohlar orqali kechayotgan suxbatiga Umutning yòģon tomoq qirishi yakun yasadi gòyo.
Umut nima qilishni bilmay stakanidagi barcha sharbatni birdaniga ichishga kirishgan singlisiga qarab olgach, sòng òtkir nigohlarini "kuyov"iga qaratdi.
-Xotirang qaytgan ekan men qòygan shartlar ham yodingdami Majid Bòran?
Majid dòstining rasmiy ohangini tahlil qilgancha, yaxshigina jahli chiqqanini payqadi.
-Esimda albatta qayniakajon. Singling meni bòlajak xotinim bòlsa. Boyagi ish esa...
-Bas qil!-Umut Majidni gapini shundoq bòlib qòydi
-Mutlu qanday qilib senga qalliģ bòlib qoldi. Men singlimni senga berganimni eslolmayman. Yoki sen rozilik berdingmi?
Majidni "xotin" deganidan buyon, yigitga angrayib qolgan qiz, akasini sòroģini zumda rad etdi
-Bunday narsa yòq aka! Hatto bu mavzu ochilmagan ham. Men senga qachon qalliģ bòlishga ulgurdim.
Mutlu ham ingichka qoshlarini akasi singari chimirib Majidga norozi nigohlarini qadadi.
-Qoyil senga Mutlu!-Majid òziga qarab turgan ikki juft kòzlarga boqib, hafsalasiz oģzini sochiqqa artib, tanasini stolga tashladi-Sevgimiz uchun kurashishni òrniga akang taraf bòlib olganingni qara. Esingdan chiqqan bòlsa eslatay, sohilda... akang qarshi bòlsa, qochasanmi deganimda, hòsh javobing qanday bòlgandi?
-Qochish boshqa turmushga chiqish boshqa? Qolaversa men turmush qurishga tayyor ham ekasman.
-Javobingni eshitdingmi bòlmay qolgan kuyovim? Sen esa Mutlu Turkyilmaz turmushga chiqish niyyating yòq ekan yiģishtir bunday uchrashuvlaringni. Bòlmaydigon ishga bir xonada tong ottirish nimasi. Modomiki oila qurmas ekansan sevishganlar òyiningga shu yerni òzidayoq nuqta qòy! Bari tugasin!
Umut singlisiga ikki yòldan birini tanlash imkoniyatini berdi, tòģriroģi shart qòydi. Sevsang turmushga chiq, aksi bòlsa yigitni ham òzingni ham sharmanda qilmay yòlni boshidayoq tòxta degan ma'noni, Mutlu akasining gap sòzlaridan òqib oldi. Lekin hozir Mutlu nima qilsin. Yigitni sevadi...baxtga axir endigina yetishgan bòlsa. Va shu aniqki sevgilisining qòllarini aslo qòyib yubormaydi ammo, turmushga chiqishni ham istamaydi...oila qurushga mutlaqa òzini tayyor hisoblamaydi...

178-qism tugadi

https://t.me/+QZjYzKcG6iiAb5-P
56 views✿ ❀Nᴜʀʏᴜᴢʟɪɢɪᴍ❀ ✿, 01:21
Buka / Bagaimana