Get Mystery Box with random crypto!

#Voris2 Quyosh botar mahali, uchinchi qavatning sovuq bòlish | Abadiy Sevgim 🌸

#Voris2

Quyosh botar mahali, uchinchi qavatning sovuq bòlishiga qaramay ochiq oynasidan Mutlu Turkiyaga qish kirganining isboti bòlmish birinchi qor yoģishini tomosha qilish bilan band. Ajoyib manzara...ayniqsa osmondan gup-gup yoģayotgan qorlar tungi chiroqlarning xira yoruģida nihoyatda ajib manzari kashf qilgan.
Mutluning kòzlari bu gòzal tabiat mòjizasida bòlsada, fikr-u hayoli Majidda edi. Olti kun...olti kundan buyon na Umut va na Majid bilan gaplashadi. Qiz òsha kuni hech qanday javob bermay qochdi..Mutlu hayoti davomida ilk bor ikkilanish deb atalmish tuyģu oldida ojiz qoldi. Shu boisdan javobsiz savoldan, òziga tikilib javob talab qilib turgan ikki juft kòzlardan qochdi.Ammo olti kundirki javobi hali hanuz mavhum. Majiddan òlsa ham ayrilmasligini inobatga olganda, turmush qursa aksincha yaxshi bòlmaydimi.Sevgani bilan kòproq vaqt òtkizadi.Tòydan oldin Majidga qòrquvlari haqida tushuntirsa bas..lk Mutlu bu narsalar haqida qanday qilib Majidga gapira olsin. Bu qiz uchun juda uyatli holat. Aslini olganda onasiz ulģaygan qizda tòydan keyingi hayot qanday bòlishi haqida tuzuk quruq nazariy ma'lumot ham yòq ammo shu oz bòlsada bilganlarining òzi Mutluning oyoq qòli titrashiga sabab bòlishga yetib ortadi aynan shu boisda "Tòy"degan sòz ortidagi bòlajak voqealar qizni yurak ritmini buzib nafas olishini tezlashishiga olib keladi.Agar boshidan òtkazgudek bòlsa òsha kechaning òzidayoq yurak hurujiga duchor bòlishi kech gap emas.
Qizning hayolidagi daxshatli voqealarni shundoqqina oldiga tushgan arqonli kòtarilgich, sochlarini tozģitayotgan kuchli shamol va baland tovush qor parchalari kabi atrofga tum taraqay qilib yubordi.
-Bu..Yo hudoyim Majid!
Mutlu shundoq tepasida havoda muallaq turgan vertalyot va oldiga tushirilgan ketarilgichda òziga qòl uzatib turgan sevgilisini kòrib tili kalimaga kelmay qoldi.
-Qòlingni ber,seni òģirlab ketgani keldim
Ayni damda quvonchi ichiga siģmayotgan Mutlu ikkilanishsiz yigitning qòlidan tutdida,Majidning keskin harakati natijasida tòģri yigitning kòksiga urildi.Olti kundan buyon soģingan insonining iforidan tòyib bahra olgancha,qiz ham bu turishlariga zarracha qarshilik qilmadi.qilishni istamadi.
-Qayoqqa ketayabmiz?
Quloģiga quloqchin taqib olgan qiz uchishni boshlashgan Majidni sòroqladi.
-Men bilan uzoqlarga qochasanmi?-qizning savoliga savol bilan javob berdi
-Hamisha, har doim oldingda bòlaman.Ishon hatto òylab ham òtirmayman huddi hozirgi kabi
Ikkinchi bor eshitayotgan savoliga òtgan galgidan ancha dadil javob bergan qiz yigitning kòzlariga qaradi,ammo nimani òylayotganini anglay olmadi
-Ammo turmush qurushga qarshisan!
-Majid..iltimos..men.
-Bòldi hozir gapirma,hali erta
Òziga ayyorona qarab turgan Majidga shubha bilan qaragan qiz Majidning imlashi tufayli vertalyot oynasidan tashqariga qaradi.
Naqadar gòzal..Shaharning qoq òrtasidagi, chiroqlari yonib uylar tepasida muallaq uchib turishganini kòrib Majidga qayta nigoh tashlagan edi, ammo yigit qizni qayta pastga qarashini aytgach qiz noilojlikda yana pastga qaragan edi hamki, butun hududda birdaniga chiroq òchib atrof zulmatga chòmdi.Ammo oradan besh soniya òtgach ayrim uylarni chiroģi yonishi natijasida Mutluning ikki labi òrtasida hiyol oraliq hosil qildi.Mutlu bir necha uylarning chiroģlari yonishi natijasida hosil bòlgan"MERRY ME"sòzini, tòģriroģi taklifini òqir ekan kòzlaridagi yosh bilan yigit tomon ògirilganida qòllaridagi qizil bahmalli uzuk solingan qutini ochib òziga umid nigohlarini tikib turgan Majidga qarab turdida, birdan yigitning baģriga òzini otdi.
-Menga turmushga chiqasanmi Mutlum!Hayotimning mutloq baxtiga aylanishga rozilik berasanmi.Soģliqda ham hastalikda ham hozirdagi kabi mehr va sevgiga tòla nigohlaring faqat mengagina atalishiga tayyormisan.
-Men senikiman Majid, doim doim doim-Mutlu yigitni baģridan istamaygina chiqib Majidga qòlini chòzdi
-Roziman...chunki seni sevaman..sensizlikni òzimga aslo ravo kòrolmayman.Agar ayrilgudek bòlsak òlimim òsha..
-Tss bas bunday narsalar haqida gapirma-Majid qizni qòliga olmos kòzli uzukni taqish barobarida lablariga barmoģini bosdi-Seni sevaman!
179-qism tugadi