Get Mystery Box with random crypto!

#Voris2 Tòyga uch kungina vaqt qolgan bòlib, osmonlarda uchi | Abadiy Sevgim 🌸

#Voris2

Tòyga uch kungina vaqt qolgan bòlib, osmonlarda uchib yurgan juftliklar bugungi kunini kelin kòylak tanlash bilan òtkizishdi desa mubolaģa bòlmaydi. Boisi aynan dugonasining tòyi munosabati bilan Turkiyaga qaytgan Shohista òzining voroģi kòpligidan odamning boshiga ursa hech qiyinchiliksiz yòrilishini kafolatlaydigon katalogi bilan kunni kech qildi. Mutluga yoqqani Shohistaga, Shohistaga yoqqani Mutluga, ikki qizga borobar yoqqani esa Majidga yoqmasdi.  Mutluku mayli ammo Majidning yuzi bir soatdan sòng burishishni boshlagan bòlib, yana shu holatda naqd besh soat kutishga majbur bòldi. Ora orada qizlar hatto yigitning ustidan kulib olishga ulgurishdi ham.
-Va nihoyat...
Shohistaning atelyesidan chiqishgach Majid òpkasini tòldirgancha qishning sovuq havosidan bahramand bòldi.
-Òzi ham besh finjon qahva ichdim. Òzimni yomon his qilishni boshladim
Mutlu ham Majid singari nolishga tushdi -Charchab kettimki biram
-Kel ozroq toza havoda aylanaylik
-Uyga qaytishim kerak. Ammo taklifingni jon deb qabul qilaman
Ikkisi biroz aylanishgach kun sovuqligi va kech tushib qolgani bois tez uyga qaytishdi.
Qòrģonga kirishayotganida Mutlu xizmatchining qòlidagi bir dasta gullarga kòzi tushib yuzi òz òzidan burishib ketdi.
-Tòxta! Sen bu qòrģonga gul kirmasligini bilmaysanmi? Yoki Shohista yana shu yerdami?
-Yòq bekam. Shohista honim ham kelmadi. Bular sizga ekan. Kuryer biroz oldin tashlab ketdi.
-Kimdan ekan?
Majidning qoshlari chimirilib gullarga gòyo dushmani singari qaradi. Mutlu Majidning gapidan sòng gullarni ichidagi qoģozchani olib òqidi.
-Gòkhandan ekan...gullarni kòzimdan yòqot
Gòyo oddiy fakt aytganday Majidga javob berib, xizmatchiga yuzlandi
-Kimdan deding? Gòkhan Bòlat senga nega gul jònatadi!
-Nega jahling chiqadi Majid tavba tavba. Tòyimizga kela olmas ekan. Uzrini sòrab tòyimiz munosabati bilan tabriklabdi bori shu
-Ha endi usiz tòyimiz òtmay qoladi-kesatmay tura olmadi-Ichi yonganidan kelolmaydida.
-Nega ichi yonishi kerak ekan. Huddi u meni sobiq sevgilimdek gapirasana
-Sevgiling bòlmagan ammo u seni sevgan!
-Bòlmaģur gaplarni qòysangchi. U meni dòstim holos. Undan ortiģi emas!...Shoshma shoshma nahot Majid Bòranning rashki qòzģagan bòlsa-Mutlu yigitning bòynidan qòlini òtkizib, tilini taqqilatdi.
-Seni har tun mana shu jamolinga tushuvchi oyning nurlaridan ham qizģonaman. Sen faqat menga tegishlisan. Hozircha qalban, uch kundan sòng jismonan ham menikiga aylanasan.
Majidning entikib aytgan sòngi sòzlaridan Mutluning yuzidagi kulgu zumda sòndi
-Majid..haligi gaplashib...
-Yoshlar!
Mutlu shuncha kun deganda va nihoyat Majid bilan gaplashib olishga jur'ati yetganda, ishdan endigina qaytgan Umut sabab bu masala bugun ham hal bòlmay qoldi.
-Aka yaxshi keldingizmi?
-Yaxshi sizlarchi. Kòylak tanlashda muommo bòlmadimi
-Qanday muommo bòlardi faqat bittasidan tashqari
-Shoshma òzim topaman. Muommoning ismi Shohista Aslan.
-Huddi òzi...
Bunday buyoģiga Majid va Umutning turli xildagi gaplari bilan hamma uy uyiga tarqadi. Mutlu esa bu kechani bedor òtkizishiga tòģri keldi. Fikru hayoli Majid bilan tezroq gaplashib olishda bòlib, tong otganini ham sezmay qoldi.

180-qism tugadi

https://t.me/+QZjYzKcG6iiAb5-P