Get Mystery Box with random crypto!

#Voris2 Nonushta vaqti. Stol atrofida yiģilgan uch kishi bi | Abadiy Sevgim 🌸

#Voris2

Nonushta vaqti. Stol atrofida yiģilgan uch kishi bir sòz demay nonushta qilishar, mehmonxonadan esa faqat sanchqini likobga tekkanda chiqayotgan ovozlari yangrab turardi.
Mutlu erta tongda yuz bergan kutilmagan holatdan nimagadur akasini kòziga qarashga uyalganidan, hatto qarshisidagi Majidga ham qaray olmay likobiga tikilgancha sanchqi bilan taomini uyoģ buyoģ qilish bilan ovora. Òzida jur'at topib stol tagidan Majidga òģrincha qaragan Mutlu yigit ham òziga tikilib òtirganini kòrgach òzi ham Majiddan kòz uzmay tikilib qoldi. Ikkisining nigohlar orqali kechayotgan suxbatiga Umutning yòģon tomoq qirishi yakun yasadi gòyo.
Umut nima qilishni bilmay stakanidagi barcha sharbatni birdaniga ichishga kirishgan singlisiga qarab olgach, sòng òtkir nigohlarini "kuyov"iga qaratdi.
-Xotirang qaytgan ekan men qòygan shartlar ham yodingdami Majid Bòran?
Majid dòstining rasmiy ohangini tahlil qilgancha, yaxshigina jahli chiqqanini payqadi.
-Esimda albatta qayniakajon. Singling meni bòlajak xotinim bòlsa. Boyagi ish esa...
-Bas qil!-Umut Majidni gapini shundoq bòlib qòydi
-Mutlu qanday qilib senga qalliģ bòlib qoldi. Men singlimni senga berganimni eslolmayman. Yoki sen rozilik berdingmi?
Majidni "xotin" deganidan buyon, yigitga angrayib qolgan qiz, akasini sòroģini zumda rad etdi
-Bunday narsa yòq aka! Hatto bu mavzu ochilmagan ham. Men senga qachon qalliģ bòlishga ulgurdim.
Mutlu ham ingichka qoshlarini akasi singari chimirib Majidga norozi nigohlarini qadadi.
-Qoyil senga Mutlu!-Majid òziga qarab turgan ikki juft kòzlarga boqib, hafsalasiz oģzini sochiqqa artib, tanasini stolga tashladi-Sevgimiz uchun kurashishni òrniga akang taraf bòlib olganingni qara. Esingdan chiqqan bòlsa eslatay, sohilda... akang qarshi bòlsa, qochasanmi deganimda, hòsh javobing qanday bòlgandi?
-Qochish boshqa turmushga chiqish boshqa? Qolaversa men turmush qurishga tayyor ham ekasman.
-Javobingni eshitdingmi bòlmay qolgan kuyovim? Sen esa Mutlu Turkyilmaz turmushga chiqish niyyating yòq ekan yiģishtir bunday uchrashuvlaringni. Bòlmaydigon ishga bir xonada tong ottirish nimasi. Modomiki oila qurmas ekansan sevishganlar òyiningga shu yerni òzidayoq nuqta qòy! Bari tugasin!
Umut singlisiga ikki yòldan birini tanlash imkoniyatini berdi, tòģriroģi shart qòydi. Sevsang turmushga chiq, aksi bòlsa yigitni ham òzingni ham sharmanda qilmay yòlni boshidayoq tòxta degan ma'noni, Mutlu akasining gap sòzlaridan òqib oldi. Lekin hozir Mutlu nima qilsin. Yigitni sevadi...baxtga axir endigina yetishgan bòlsa. Va shu aniqki sevgilisining qòllarini aslo qòyib yubormaydi ammo, turmushga chiqishni ham istamaydi...oila qurushga mutlaqa òzini tayyor hisoblamaydi...

178-qism tugadi

https://t.me/+QZjYzKcG6iiAb5-P