Get Mystery Box with random crypto!

Ibrat bir hafta oldim Pekinga qaytib allaqachon òziniki bòlgan | Abadiy Sevgim 🌸

Ibrat bir hafta oldim Pekinga qaytib allaqachon òziniki bòlgan yerlarni nazorat qilgan bòldiyu Mutluning tòyi munosabati bilan yana Istambulga qaytishga majbur bòldi. Ammo bu yerlarda hali uzoq qolishini-yu, endikda hayoti tubdan òzgarib, yurtiga bu safar bir òzi qaytnasligidan hozircha habari yòq edi.
Ibrat samalyotdan tushgach tekshiruv bòlimidan òtgancha jamadonini sudrab, chiqish eshigida mashinasini olib kelishlarini kuta boshladi. Birordan sòng mahsus hodim mashinasini yigitning yonginasiga tòxtatdida, pastga tushib kalitni uzatdi. Ibrat kalitga endigina qòl chòzmoqchiligida, notanish qizning nozik qòllari chaqqonlik qilib xizmatchini qòlidan kalitni yulkib oldi.
-Jamadonimni mashinaga sol...nega qaqqayib turibsan? Tezlash shundoq ham shoshib turibman
Qiz bir Ibratga bir òziga angrayib turgan xizmatchini qistay qistay òzi poshnalarini taqqilatgancha mashinaga joylashib oldi.
Ibrat òziniki bilan bir xil bòlgan mashinaga qarab turdida, raqamini kòrish uchun oldinga òtdi. "0101". Huddi òsha raqam, va òziga tegishli mashina. Qiz adashgan choģi...
-Kechirasiz honim afandi!
Ibrat mashina oynasini taqqilatgach, tushirilgan oynadan boshini chiqargan qizga gap boshladi-Adashdingiz chamamda.
- Tushunmadim
-Bu meni mashinam deyman-qora rangli gelikka ishora qildi yigit
-Qanaqasiga?Qiz zumda mashinadan tushib yana ingichka poshnalarini taqqilatgancha oldiga òtdida raqamni kòrib yigitga hafsalasiz boqdi-0101 bu meni mashinam. Òzingiz adashgansiz! Shundoq ham shoshayabman, battar vaqtimni oldingiz
-Shoshmang shoshmang-qayta mashinaga òtirgan qizni tòxtatib qoldi-Mashina bardachògida menga tegishli buyum bor, ishonmasangiz tekshirib kòring
Qiz yigitga asabiy qarab aytganini qildi. Bardachògni ichidagi kumush rangli tòpponchaga kòzi tushib peshonasiga yengil shapatilab qòydi.
-Endi uni joyiga qòying-qurolni ushlab olgan qizga havotir bilan boqdi-Faqat qòrqib ketmang, bu oddiy qurol. Sizga hech narsa...
-Nega qòrqar ekanman!
Qiz Ibratni hayron qoldirgancha qurolni òqlab yigitga òqtadi-1998 yildagi kolleksiyadan
-1997 yil! Adashdingiz
-Hòsh shunda meni mashinam qayerda qoldi
Qiz qurolni joyiga qòyo irģitgudek tashlab, mashinadan tushdida atrofga qaradi.Ibrat qizdan til uchida bòlsada uzr eshitishni òylagan edi, ammo unday bòlmadi.
-Nega buncha kechikasizlar?!
Huddi Ibratniki bilan bir xil bòlgam qora Gelik shundoq ularni oldida tòxtagach qiz xizmatchiga asabiy gapirdi.
-Kechiring honim...
-Jamadonimni mashinaga joyla!
-Mazur tutasiz honim mashinangizga adashib òtirib olibman
-Hechqisi yòq.Bu bir anglashilmovchilik edi. Hijolat bòlmang!
Qiz yigitni kesatiģini tushungan bòlsada uzr sòrashni istamadi.
-Endi esa xayr!
-Yaramas qiz.-yigit òzini mazah qilganday ketgan qizning orqasida asabiy qarab turdida, tezlikda mashinasiga òtirib, notanish qizni ortidan quva ketdi.
-Ahmoqmi bu?Nima istaydi mendan.endi òzingdan kòr!
Katta yòlda ketayotgan qiz mashinasini oldidan quvib òtgan yigitning mashinasiga jahl qilgancha gazni qattiqroq bosdi.Natijada qiz yana yigitdan òzib ketdi.Bunday kim òzarga kechayotgan poyga navbatma navbat òzib ketishlar bilan davom etarkan qiz yana oldinga chiqib oldi.Mashinani eng yuqori tezlikda boshqarayotgan qiz burilishda turgan yòl patrul xodimiga kòzi tushgach, keskin tezlikni tushirdi.Kutganidek qizdan òzib ketgan yigit aylanma yòlga yetganida yòl hodimi tarafdan tòxtatilib mashinasi chetga olindi.
-Kechirasiz hujjatlaringizni taqdim etsangiz.yaxshi hujjatlar joyida ammo yuqori tezlikda harakatlanganingiz uchun jarimaga tortilasiz.
-Qancha?-yigit betoqlangancha hodimni shoshiltirdi.-Hoziroq tòlayman,aytib qòyay liram yòq. Dollarda tòlayman!
-Ellik dollar-yigitga jarima qoģozini yozib uzatgach qòshib qòydi.
Aynan shu vaqt endigina ularning oldiga yetib kelgan qiz, yigitning mashinasi oldida tòxtadida,oynasini tushurdi.
-Hozir ellik dollarga tushgandursan, keyingi gal uchrashsak naqd umringni ellik yilini tortib olaman.Shunday ekan qayta qarshimga chiqmaslikka harakat qil. Kòzim kòrmasin seni!
Qiz qora kòzoynagini takkancha oynani kòtardi Mashina òt olishi bilan, bir zumda u yerni tark etdi.
184-qism tugadi