Get Mystery Box with random crypto!

#Voris2 -Kim sizni ikki kundan sòng tòyi bòladi deydi? Bòm-b | Abadiy Sevgim 🌸

#Voris2

-Kim sizni ikki kundan sòng tòyi bòladi deydi?
Bòm-bòm zaldaning qoq òrtasida qop bilan mashq qilayotgan bekasining oldiga yurib kelarkan gap qotdi
-Sen!
Mutlu qòlqoblarini yechib òrindiqlarga chòkkalarkan òziga suv uzatib turgan Yigitga shubha ila boqti
-Nima istaysan? Yoki suvga zahar qòshilganmi?
-Hayalotingiz biram boyki
Yigit ham bekasining yoniga òtirib kòz qiri bilan Mutluga qaradi
-Ibtat Almaz ketibdi deb eshitdim
-Ha.
-Haligi..Nisa...Nisa ham u bilan qaytib ketdimi?
Mutlu yarq etib Yigitga qaradida, sòng bamaylihotir suvdan hopladi
-Bir maqsading borligini sezgandim. Qayoqdan bilay akasi bilan kelgandi, balki yana akasi bilan qaytib ketgandur
-Ihm
Mutlu dimoģida javob bergancha òylanib qolgan Yigitga qarab turib bir nimalarni òylay ketdi.
-Nisaga ģamxòr bòl Yigit? Qiz bechorani boshidan yetarlicha oģir kunlar òtgan. Boshqa suyuqoyoqlaringa qiladigon harakatlaringni Munisaga qòllay kòrma. Oqibatida qizdan butunlayga ajrab qolasan. Menga bunday qarama, hayron ham bòlma. Sen meni yordamchimsan. Kimga qanday qarashingni yaxshi bilaman. Nisaga nisbatan kòzlaringda òzgacha mehrni kòrganim uchun ham shu gaplarni aytyabman. Vaqtida menga yaxshi maslahat bera olgansan. Endi meni navbatim. Nisaga erishmoqchi bòlsang shilqimligingni yiģishtir. Unday ishlar qiladigon oyimchalaring boshqa Nisa boshqa. Buni farqini òzing ham allaqachon anglab bòlgansan.
-Òtmishida nima bòlgan ekan..?
-Buni aytolmayman. Vaqti yetsa Nisaning òzi senga òtmishini sòzlab beradi. Hullas senga Omad!

☆☆☆

-Istambul gòzal shahar deb eshitgandim, ammo bu darajada deb òylamagandim
Salim Nisa bilan kuni bilan Istambulni sayr qilishib, navbat tungi klubga hordiq chiqarishga kelishgach, bardagi stollardan biriga òtirar ekan yigit gap boshladi
-Shunaqa...bazan ketgim kelmay, bu yerlarda abadiy qolgim keladi
Nisa atrofga kòz yugurtirib, òzidan atiga besh oltida stol narida òtirgan tanish chehrani kòrgach shartta sumkasini olib yuzini yashirishga kirishdi.
-Lekin seni vataning Xitoy, uyģursan.
-Nima qilibdi bilmasang bilib ol. Onam ham òzbek bòlsada, otamga turmushga chiqqan!
-Bu gaping bilan nima demoqchisan. Yoki bu yerlik turk xòrozlardan biriga mehring tushib qoldimi?
-Oģzing gapirayotganini quloģing eshitayabdimi?
Munisa asta sumkasini tushurib Yigit qayoqqadur yòqolib qolganini bilgach vajohat bilan Salim taraf qaradi.
-Yoki baland musiqa quloq pardalaringa ta'sirini òtkazdimi?
-Nisa tuyģularimni yaxshi bilasan. Seni sevaman....
Salim gapini yakullamay turib bòģzidan changallagan baqùvvat qòllar sabab gapirolmay qoldi.
-Yigiiiit! Nima qilayabsan qòyib yubor uni!

181-qism tugadi