Get Mystery Box with random crypto!

Abadiy Sevgim 🌸

Logo saluran telegram yangi_yil_tabrigi_2023_tabrik — Abadiy Sevgim 🌸 A
Logo saluran telegram yangi_yil_tabrigi_2023_tabrik — Abadiy Sevgim 🌸
Kategori: Tidak terkategori
Bahasa: Bahasa Indonesia
Pelanggan: 886
Deskripsi dari saluran

👨🏻‍💻Аdmίη⇨ @Mirzaakbarr
💐Ishoηίηg Sίz Eηg Zo'r Kαηαldαsίz🌸
🔻Ɓίzηίηg Kαηαldα Eηg So'ηggί🔻
💌Sherlαr
🎧Mρ3lαr
🎞Vίdeolαr
🎶Musίqαlαr
🖼Rαsmlαr
✍🏻Stαtuslαr
📝Аƒorίzmlαr
📖Hίkoyαlαr
🎙Аudίolαr

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Pesan-pesan terbaru 2

2022-12-11 04:21:55 #Voris2

Soat tongi sakkizdan oshgan bòlsada, Mutluning xonasidagi darpardalar quyosh nuri  tushishiga tòsqinlik qilib, xona nimqoronģu edi. Dunyodan bexabar, faqat bir birini pinjida hotirjam uxlayotgan yoshlarning uyqusiga eshikning ohista uch bora taqillashi yakun yasadi.
Mutlu eshik tovushini eshitishiga refleks tarzda atrofga alanglab endigina uyģona boshlagan Majidni òzidan itardi.
-Nima kerak?-tomoq qirib olgach sòz qotdi
-Hayrli tong bekam. Beyim sizni nonushtada kutayabdilar.
-Besh daqiqada tushishimni ayt...
Mutlun xizmatchiga javob berish bilan birga Majidni past ovozda haydashga tushdi
-Ket tezroq..qanday ketasan. Oynadan sakraysanmi? Oldin ham uddalagansanku
-Mutlu kirish boshqa chiqish boshqa-Majid qizning fikriga norozi bòldi-uchinchi qavatdaligimiz yodingdami?
-Unda qanday...
Qiz endi gapirmoqchiligida xizmatchi ketmagan ekanmi, yana gapirib qoldi
-Beyim yana Majidbey hech qayoqqa ketmay, siz bilan birga tushishi kerakligini tayinladi.
Majid bilan Mutlu bir biriga qarashdi...
"Tamom bòldik"

Mehmonxonani erta tongdayoq tark etgan Nisa taksiga òtirdida, haydovchiga  odam gavjun joyga haydashini aytdi. Nisa doim shunday kimsasizlikdan bezigan, shuning uchun hamisha odamlar bilan tòlib toshgan hiyobon, parklarni kezib yuradi. Bu bilan gòyo hayotdagi yolģizligi yòqolganday his qilgani bois, bir òzi sayr qilsada atrofi odamlarga tòlaligi qizga huzr baģishlaydi.
Yoshlar bilan tòlib toshgan hiyobonda qiz sayr qilib ketarkan, atrofga boqib faqat òzini jufti yòqligini his qildi. Oldinlari e'tibor bermagan yolģizligini mana hozir bir zumga his qildida, hayoliga birdan  Yigit keldi. Qizni hatto esida ham yòq. Axir ularni bugun uchrashuvi bor edi. Qiziq Yigit mehmonxonaga bordimikin. Nisani ketganini bilgach balki yaxshigina asabiylashgandur ham. Balki...
Nisa hayollari butkul Yigit tarafga ketgach orqasidan kelib kimdir òzini kòtargancha bir necha bor aylantirganidan dovdirab qoldi.
Yigit aylantirishdan tòxtab qizni yerga qayta tushurganida òziga sevgan bir juft qora kòzlardagi norozi nigohlarga duch keldi. Nisa sochini epaqaga keltirgancha hayoliga lanat ayta boshladi. Gòyo qiz u haqida òylamaganda Yigit paydo bòlmay qoladigonday.
-Men senga bugun kunimizni birga òtkizamiz degandim eslaysanmi?
-Men ham sen bilan qayta uchrashishni istamashimni aytgandim eslaysanmi?
-Endi mendan qutilolmasligingni aytgandim sen ham eslaysanmi?
-Unday demagansan yuragimda kirish bor chiqish yòq degansan...
Qiz bilaģonlik qilib gapirib yuborganidan sòng yigitning yuzida zohir bòlgan jilmayishni kòrgach qovun tushirganini endi tushundi
-Esingda ekanmi demak buni qabul qilib bòlgansan sevgilim.
-Hech..
-Qayoqqa boramiz?
Yigit qizni gapini eshitib òtirmay yelkasidan tutib baģriga bosgancha yurishga kirishdi.
-Jahannamning tubiga...qòyib yubor meni
-Jim bòl!
Tixirlik qilayotgan qiz birdan Yigitning jiddiy ohangiga duch kelgach tinchib qolib kòzlarini pirpiratgancha yigitga qaradi
-Senga shunday gapirish kerak ekan
Qizning reaksiyasidan qayta yuziga kulgu yugurgan Yigit yurishda davom etdi.
-Yuzinga bir nima tegibdi-dedi Yigit mashinaga òtirishgach
-Nima? Qayeriga?-Nisa yuzini uyer buyerini ishqalab savol berdi
-Tepangdagini tushursang oyna bor
Munisa yigitni beparvo javobidan arazlagancha qòrslik bilan tepani tushirishiga etagiga bir dona atirgul tushdi.
-Bu...-qiz hayron qolgancha Yigitga qarasa boyagi sovuqlikdan asar ham qolmay jilmayib turgani kòrib, Yigit atay qilganini tushundi
-Senga!-qizni boshlab qòygan gapiga yakun yasadi.
-Rahmat!
Past ovozda Yigitga minnatdorchilik bildirgancha gulni ohista hidlab, jilmayib qòydi.

177-qism tugadi

https://t.me/+QZjYzKcG6iiAb5-P
56 views✿ ❀Nᴜʀʏᴜᴢʟɪɢɪᴍ❀ ✿, 01:21
Buka / Bagaimana
2022-12-11 04:21:55 Majid birma bir òzi uchun yozilgan xatlarni òqib chiqarkan, oppoq qoģozlardagi doģlarga e'tibor bermay qolmadi. Bular xar bir xatning yozilish vaqtida qizni qalbini tirmab, qon qilgan azoblar bòlib, barcha azoblar qizning tun kabi qora kòrlariga yiģliib shashqator oqqan kòz yoshlari edi. Bir dunyo qoralamalarni òqir ekan, sòngi satrlarga bardoshi yetmay yigitning nara tortishiga sabab bòldi. Nega? Nega yigit eslolmayabdi? Eslashni hohlaydi...mayli qancha azoblansa ham mayli sevgilisini, ikki qalbni birlashtirgan sevgisini, qizni kulgulari, jahli chiqishidan tortib arzazlarigacha...Mutluga doir har bir detalni eslashni istaydi. Ammo qani edi bu yigitning qòlida bòlsa. Shu darajada eslashga zòr berib harakat qilganidan oģriq ham kuchayib borar ekan, bu safar Majid òzini tòxtatmadi, aksincha yanada kuchliroq eslashga harakat qildi. Natijada boshida turgan chidab bòlmas oģriq zòridan hushini yòqotgan Majid, ancha vaqtdan sòng òziga kelarkan, shuncha urunishi befoyda ketganini bilgach ģazabdan sochlarini changalladi. Biroz shunday turgach miyasiga hamon Mutlu qaytmaganligi urilgach boshini kòtarib, derazaga qaradi. Allaqachon tun chòkib bòlgan bòlsada ammo, qizdan hamon darak yòq.

-Qayerda eding?-Mutlu xonaga kirib kelgach yarim daqiqalik sukutdan sòng Majid hamon sur'atdan kòzini uzmay bazòr òzini bosgancha Mutluni savolga tutdi.Ammo qiz javob bermagach,Majid boshini kòtarib, savolini takrorladi-Shu vaqtgacha qayerda eding? Ibrat Azmaz bilan shundaymi?
Mutlu qoronģu bòlishiga qaramay,Majidning kòzlaridagi ģazab olovini kòrib turgan bòlsada hotirjamlikni yòqotmay ostonadayoq oyoq kiyimini yechgancha ikki tarafga uloqtirib,Majidning qòlidagi suratni tortib oldida uni qayta joyiga qòyish barobarida yigitga javob berdi
-Senga nima! Xonamdan daf bòl bugun seni yetarlicha tingladim-Mutlu ich ichidan endi Majid baridan xabardorligini bilsada tashida òzini xotirjam tutishni uddalay oldi.
-Òrtamizdagi munosabatdan xabar topganimni tushunding nega gaplashishdan bosh tortayabman?
-Xòp bilibsan...-vanihoyat Mutlu yigitning kòzlariga tik qaradi-Xòsh esladingmi?...Yòqmi? Unday bòlsa eshik u yoqda.
-Sen hohlaysanmi yòqmi, bu xonadan barini uzul kesil gaplashib olmagunimga qadar chiqmayman.
-Unday bòlsa òliging chiqadi...
-Roziman...-Majid qizga yaqinlashib yuzini qòllari orasiga oldi-Seni qòlingda òlishga ham roziman...
-Majid bas qil!
Yigitning lablari qizning dudoqlari tomon harakatlanayotganini sevgan Mutlu Majidni kuchsiz itarib yubordi.Ammo kutilmagan holatda ortga tisarilgan yigit qizning tuflisiga oyoģi qoqilib yotoqning qirrasiga boshi tekkancha yiqildi.
-Majid...Majid...kechir...men hohlamagandim kòzingni och òtinaman...Majid.!

"Dilfuza...Dilfuza Arslonova!

Hali albatta kòrishamiz Majid Bòran!

Sendan yaxshi raqib chiqarkan balki bir kun kuch sinasharmiz.

Dòstmiz! Dòstlar uchun esa  belgilangan chegara mavjud Majid Bòran.

Mana belgi mana imzo bugundan boshlab dengiz ham sohil ham menga tegishli...

Eshitib ol..endi menikisan...butunlay menga tegishlisan Majid Bòran! Qalbing ham jisming ham...

Majidning xotiralarida barcha unutgan voqealari birma bir kino tasmasidek aylanar ekan  yuziga tomchilayotgan suvdan bazòr kòzini ochgach tepasida havotir tòla kòzlarini òziga tikkancha tinmay ismini aytib chaqirayotgan Mutluni bir deganda baģriga tortib lablariga labini bosdi.Uzoq davom etgan bòsalar tingach Majid qizni sochlarini silagancha quloģiga ohista shivirladi
-Esladim...barcha barchasini...Seni sevaman Mutlum...
Mutlu eshitgan gaplaridan karaxt xolda darrov yoshlanishga ulgurgan kòzlarini yigitga qaratdi.
-Men ham...
-Ham esam...tòliq ayt...men bu sòzlarga tashnaman sevgilim...-peshonasini qizni peshonasiga tirab turarkan tez tez nafas olgancha shivirladi-Sevishingni ayt...
-Seni sevaman...Bor vujudim bilan sevaman Majid Bòran...Senga bòlgan hislarim hech qachon òzgarmaydi.
"Umrimni oxirigacha seni sevaman"
Ikkisi barobariga bir xil jumlani qaytarishgan sevgi ummoniga ģart bòlgan kòyi,ayriliqdan sòng erishishgan baxtidan sarmast bòlgancha bir birini baģridan bòshatmagan holda uyqu saltanatiga yòl olishdi.

176-qism tugadi
52 views✿ ❀Nᴜʀʏᴜᴢʟɪɢɪᴍ❀ ✿, 01:21
Buka / Bagaimana
2022-12-11 04:21:55 Keyin bilsam oldinlari Shirinni yosh qizaloq sifatida kòrgan, deyarli baloģot yoshiga yetgan Shirinni esa misoli ochilgan gul misoli Munisaniki kabi tim qora sochlariyu, kayrilma kipriklari va har kulganida paydo bòluvchi kulguchlariga oshiq bòlib, chindan…
47 views✿ ❀Nᴜʀʏᴜᴢʟɪɢɪᴍ❀ ✿, 01:21
Buka / Bagaimana
2022-12-11 04:21:55 Keyin bilsam oldinlari Shirinni yosh qizaloq sifatida kòrgan, deyarli baloģot yoshiga yetgan Shirinni esa misoli ochilgan gul misoli Munisaniki kabi tim qora sochlariyu, kayrilma kipriklari va har kulganida paydo bòluvchi kulguchlariga oshiq bòlib, chindan sevib qolgan ekanman.
Bilasanmi sevgim javobsiz emasligini bilgan onim òzimni qanchayin baxtiyor his qilgandim. Haqiqiy ertaklardagi kabi hayot kechirar edi. Sevgimiz uzra kòkka parvoz qilar ekanmiz barchasi men ham 20 yoshga tòlib otam singari janglarda qatnasha boshlaganimda sòng boshlandi. Ikki yilda nomim chiqqan jangchi bòldim va ablah Chenning nazaridan chetda qolmadim. Chen haqida òylayotgan bòlsang otam Vorislikdan vos kechgach vaziyatdan foydalanga tullak, Vorisi yòq bòlgan bobomni osonlikcha òrnini egallab olgandi. Hullas men Chen uchun noqonuniy janglarda qatnashishim haqida taklif olganman. Tabiiyki xarom bòlgan yòldan bosh tortganman.Rad qilaverganimdan sòng...-Ibrat tòxtab qolgach chamasa besh daqiqa òyga chòmib qoldi-Oxiri rozi bòlmasligimni bilgan Chen Shirinni òģirlab ketgan.Uni izlab ablahning uyiga borsam "sevgiling tirik qolishini istasang meni aytganimni qilasan" deya Shirinni garovga olib menga shat qòygan. Noilojlikdan sevgilim sabab òsha jangda qatnashdim... yutdim ham.Sòng Shirinni qaytarishlarini sòradim. Qaytarishdi...-yigitning qòli qattiq musht tugulib nafas olishi tezlasha boshladi-ammo bir ahvolda.Ablahlar menga tegishli bòlgan, hali hech bir erkak hidlab ham kòrmagan atirgulimni tomiri bilan suģurib paymol qilishdi.Nomard Chenni laychalari nafsi hakalak otib meni Shirinimga tajavuz qilishgan.Chen tullak esa hech nima bòlmagandek Shirinni tashlab ketgan.Uyga kelganidan keyin nomus zoriga chidolmagan Shirin ikki soatdan sòng tomirini kesib meni butunlayga tashlab ketdi. U uchun shuncha ish qilsamu, u meni qahshashib baridan vos kechdi.Men uni qay holida bòlsa ham qabul qila olardim. Ammo Shirin òzini menga loyiq kòra olmadi...òshanda ilk uchrashuvimizda ahvolingni kòrib kòz oldimga uch yil avvalgi voqea kòz oldimda gavdalanib bir zum seni òrningda hayotim mazmuni bòlgam Shirinimni tasavvur qilib yuborgandim.
-Qasos uchun òldirdingmi Chenni-Mutluni kòzlari katta katta bòlib ketdi-Agar bundan kimdur xabar topsa bilasanmi nima bòlishini...? Òlasan
-Sen aytmasang hech kim bilmaydi-Ibrat Mutluga qarab siniq tabassum qildi
-Munisachi?
-Ota onani yaratmasin ekan. Òsha voqeadan sòng qizining doģiga chidolmagan ustoz bilan ayoli ikki oy ichida birin ketin omonatini Yaratganga topshirdi. Men esa halol hayotdan voz kechib, bobomning yòlidan yurdim.Jonga jon qonga qon! Munisa ham opasi, ota onasi uchun qasos ilinjida menga qòshildi.Chenni bòģizlagan ham shaxsan Nisa bòladi.Uch yil oldingi gul terib, ertaklar olamida uchib yuruvchi qiz 15 yoshida ulģaydi.Shavqatsiz, hissiz qotilga aylandi.Qasos olishga olsamda negadur mana bu yer-Ibrat barmoģini kòksiga niqtadi-hamon otash bòlib yonmoqda.Zarracha bòlsada sovugani yòq
-Chunki sen haligacha Shirinni sevasan! Aslida doim qasos bilan har narsa hal bòlganda edi, ehhee...ammo afsuslar bòlsinki unday emas.Qachonki hayotingda òzga ayol paydo bòlib,qalbingdagi Shirinning iztirobini unuttira olsa, shundagina qalbingdagi qasos otashini sevgi otashi egallaydida, bu otashda yonsang ham u senga azob emas aksincha rohat baģishlaydi...
-Hech qachon!-yigit keskin rad etdi-Bu yurak to urushdan tòxtaguniga qadar har zarbida Shirin deb uradi.
-"Hech qachon hech qachon deya kòrma"degan ekan ota bobolarimiz-Mutlu sòngi sòzini aytgach òrnidan turib ust boshini qoqdi-Ketamizmi?
-Sen ketaver men yana biroz qolaman.
-Ee yòq bunaqasi ketmaydi. Shusiz ham kelganimizga òn soatdan oshdi.Tun ham allaqachon chòkib bòldi.
-Mendan havotir olmay qòyaver-beparvo javob bergancha qimirlamay òtiraverdi.
-Esimni yebmanmi?Sendan emas sohilimdan havotirdaman.Qara dardlaring bilan dengizimni qoraytirib yubording
-Qora dengizniya-Mutluni gapidan yuziga kulgu yugurgan yigit qizga qaradi
-Albattada! Battar qoraytirib yubording.Tur tur namuncha oģirsan
Mutlu yigitni yoqasidan tortib turgizarkan Ibrat ham noiloj qizga ergashdi.

174-qism tugadi
50 views✿ ❀Nᴜʀʏᴜᴢʟɪɢɪᴍ❀ ✿, 01:21
Buka / Bagaimana
2022-12-11 04:21:55 "-Qòlingdan kelishiga ishonching komilmi? -Sinab kòramizmi? Tavakkal qilishni maslahat bermasdim. Hoziroq xonamdan daf bòl Majid Bòran -Har uchgacha sanaganimda bittadan òq tanangdan joy oladi... -Menga tirik qolishing muhum. Yaralanishing ahamiyatsiz" Kiyinish…
56 views✿ ❀Nᴜʀʏᴜᴢʟɪɢɪᴍ❀ ✿, 01:21
Buka / Bagaimana
2022-12-11 04:21:55 "-Qòlingdan kelishiga ishonching komilmi?
-Sinab kòramizmi? Tavakkal qilishni maslahat bermasdim. Hoziroq xonamdan daf bòl Majid Bòran
-Har uchgacha sanaganimda bittadan òq tanangdan joy oladi...
-Menga tirik qolishing muhum. Yaralanishing ahamiyatsiz"
Kiyinish xonasidan it quvgandan otilib chiqib ketgan Majid miyasida aks sado misol yangrayotgan gaplardan boshini changallagancha tez tez nafas olib chiqarmoqda. Birozdan sòng ovozlar tingach òziga kelgan Majid oģriqdan yoshlanib ketgan kòzlarini eshikdan chiqqan Mutluga qadagancha shahdam qadamlar bilan qizning qarshisiga keldi.
-Gaplashib olishimiz kerak!
Mutlu sochlari tòzģib kòzlarida qizil tomirlar paydo bòlgan bir ahvoldagi Majiddan havotir olayotgan bòlsada afsuski qizning ģururi yana peshqadamlikni qòlga kiritdi.
-Sen bilan gaplashadigon gapim yòq!-yigitni aylanib òtmoqchi bòlganida Majid qizni bilagidan ushlab tòxtatdi.
-Menga tushuntirib...
-Dilfuza Arslonova!
Majidning gapirayotgan gapi òziga oylar davomida tinchlik bermagan ism quloģida zambarak misol jaranglagani bois oxiriga yetmay qoldi"-Dilfuza Arslonova..Dilfuza Arslonova...u kimni chaqirdi? U shu yerdami? Kim u?"
Majid minglab savollar ichida qolgancha atrofga alanglar ekan chaqiruv egasi òzlari tomon kelayotganidan hayratga tushdi. Yòq Majid yanglishmadi. Chindan Ibrat ularning shundoq yonginasida tòxtadida Mutluga jilmaygancha yana òsha tanish ismni qaytarganida Majidning Mutluni ushlab turgan qòllari òz òzidan bòshashib ketdi. "Dilfuza Arslonova bu Mutlu Turkyilmaz...?!"
-Ajoyib bellashuv bòldi!
Qòllari bòshashiga ularni Majiddan tortib olgan Mutlu Ibrat taraf òģirib suxbatdoshi singari samimiy tabassum qildi.
-Aytganimdek senga bòlgan hurmatim oshdi Ibrat Almaz!
-Shunchaki Ibrat-takitladi yigit-hòsh men seni kim deb chaqiray Dilfuza yoki Mutlu?
-Mutlu albatta!
-Majid Bòran!-Mutlu bilan kechayotgan suxbatdan chalģib yonlarida turgan uchinchi shaxsga murojaat qildi-Ahvolingiz...
-Meni ishlarim bor!
Hurmatsizlik bòlsada boshqa hech nima demay zalni tark etgan yigitning orqasida qarab qolgan Ibrat Mutluga savolomuz nigohlarini tikdi.
-Majidga nima bòlgan? Ahvoli yaxshiga òxshamadi?
-Komadan chiqqandan sòng bazida shunday bòlib turadi. Havotir olma!
"Havotir olma!" Bu gapni Mutlu Ibratga aytdimi yoki òziga anglolmay qoldi. Allaqachon ketgan bòlsada qayta Majid chiqqan eshik tomon qarab qòyarkan òzini tinchlantirishga urundi. "Majidga hech nima qilmaydi. Uni ahvoli yaxshi, hammasi yaxshi!"

172-qism tugadi

https://t.me/+QZjYzKcG6iiAb5-P
58 views✿ ❀Nᴜʀʏᴜᴢʟɪɢɪᴍ❀ ✿, 01:21
Buka / Bagaimana
2022-12-11 04:21:55 #Voris2

-Agarda bir nimalarni bilmaganimda seni sevganman deb òylashim aniq edi. Chunki ģirt ofati jonning òzisan. Misoli olovsan. Jonni bir qarashing bilan yoqib kul qilasan. Sen...
"TARS" Majid har bir sòzida Mutluga yaqinlashib kelarkan  jumlani yakunlay olmay turib butun xonada shu ovoz yayradi. Yòq bu qizning tarsakisi emas aksincha undan ham battar edi. Mutlu bellashuvdan oldin kiyimlari bilan birga qurolini ham shu xonada qoldirgan bòlib, òzida shahvoniy nigohlarini tikib sòzlayotgan yigit qizni quyushģondan chiqardi. Mutluni aqli hayolini, butun vujudini Majidga bòlgan nafrat chulģab oldi. Qiz unutdi. Yigitni sevishini. Unga ozor berish qòlimdan kelmaydi degan qiz shundoq yonginasida turgan qurolni oldida bor kuchi bilan yigitning boshida urdi. Natijada Majidning chakkasi yorilib ketdi.
-Seni haqqing yòq eshitayabsanmi!!! Menga hirs tòla nigohlar ila qarashga, fohishalaringa aytaverib yod bòlib ketgan jirkanch hushomatlaringni menga qòllashga. Eshitayabsanmi meni. Haqqing yòq!!
Mutlu joyida qotib qolgan yigitni oldiga borib zòrma zòraki jilmaydida yigitning kòzlariga tikildi.- Seni sevganing bor edi adashmasam. Halokatdan sòng esingni yeb, unutib qòygan sevgiling. Uni izlayotganingni aytganding. Hòsh nima bòldiki menga bunday gaplar aytayabsan. Esi past aqling bilan yuraging jang olib borayotganga òxshaydi-Mutlu qurolni uchini avval yigitning chakkasi bòylab, sòngra esa yuragining ustiga tiradi- Bu ahvolinga nima deyman bilasanmi? Bu kuningdan battar bòl! Chalkash tuyģularni oģushida aqldan butkul ozib qolsang ham endi menga baribir. Endi esa xonadan tuyoģingni shiqqilat. Men kiyinishim kerak.
Majid boshiga zarba yeganidan buyon quloģi osti shamģillab Mutluni barcha aytgan gaplari uzoqdan eshitila boshladi. Miyyasida aylanayotgan turli ovozlardan jinni bolayozgan yigit, qizning sòngi gapini bazòr ilģay oldi.
-Sen nimalar deyabsan. Chalkash tuyģu his qilayotganim haqida qayerdan bilasan...Mutlu javob ber!
-Sen bilan ortiq gaplashgim yòq. Ovozingni eshitishni ham hohlamayman.
-Javob bermaguninga qadar hech qayoqqa ketmayman!
-Chiq dedim senga!-qiz qòlidagi qurolni Majidga òqtadi.
-Bunday qilolmasligingni ikkimiz ham bilamiz, shunday ekan tinchgina qurolni tushur
-Oldin ham òylab òtirmay òq uzganman-Mutlu istehzoli tabassum qildi-va ishonaverki bu gal ham ikkilanib òtirmay tepkini bosaman. Nishonga olishimga esa shubha qilmay qòyaqol. Uchgacha sanaymay... Bir...ikki..-Mutlu sanoq yakuniga yetmay turib boshini changallagancha xonadan otilib chiqib ketgan Majidning ortidan kuzatib qolarkan hozirgina alanga olgan ģazab òrnini havotir egallab qizni ich etini tirnay boshladi. Ammo ģurur ustun kelib, yigitning ortidan chiqishiga yòl qòymadi.

171-qism tugadi

https://t.me/+QZjYzKcG6iiAb5-P
90 views✿ ❀Nᴜʀʏᴜᴢʟɪɢɪᴍ❀ ✿, 01:21
Buka / Bagaimana
2022-12-11 04:18:47
Assalomu alaykum VA Rohmatullohi va Barokatuh
Hayrli tong..

https://t.me/+QZjYzKcG6iiAb5-P
95 views✿ ❀Nᴜʀʏᴜᴢʟɪɢɪᴍ❀ ✿, 01:18
Buka / Bagaimana