Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyentlar uchun 🎓

Logo saluran telegram abituriyent_dtm_uz_dtmuzb — Abituriyentlar uchun 🎓 A
Topik dari saluran:
Статистика
Qabul
Abituriyent
Logo saluran telegram abituriyent_dtm_uz_dtmuzb — Abituriyentlar uchun 🎓
Topik dari saluran:
Статистика
Qabul
Abituriyent
Alamat saluran: @abituriyent_dtm_uz_dtmuzb
Kategori: Kesehatan
Bahasa: Bahasa Indonesia
Pelanggan: 69.42K
Deskripsi dari saluran

@Abituriyent | Axborot portalining telegramdagi 2chi sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩Aloqa: @abituriyent_aloqabot
Reklama➡️ https://t.me/joinchat/AAAAAEsAKPmIpK5Gc7vXpQ

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Pesan-pesan terbaru

2024-06-22 16:37:31
O'qishni ko'chirish uchun ariza qabuli 15-iyuldan boshlanadi

Bu haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot kotibi brifingda ma`lum qildi.

Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017 yildagi 393-son qaroriga muvofiq, 15-iyuldan OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlanadi.

O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti orqali 5-avgustga qadar qabul qilinadi.

O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi.

O‘tish ballini to‘plolmaganlar "super-kontrakt" bilan qabul qilinishi mumkin.

Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar "perevod"chilar uchun amal qilmaydi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
8.4K views13:37
Buka / Bagaimana
2024-06-20 15:32:02 Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “PROKURORLIK FАOLIYATI” bakalavriat ta'lim yoʼnalishiga qabul boʼyicha


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʼgʼrisida” 2022-yil 28-noyabrdagi PF–257-son Farmoniga asosan Oʼzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2023/2024-oʼquv yilidan boshlab “Prokurorlik faoliyati” bakalavriat ta'lim yoʼnalishi boʼyicha kadrlarni tayyorlash joriy etilgan.

Shunga koʼra, Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2024/2025-oʼquv yili uchun “Prokurorlik faoliyati” bakalavriat taʼlim yoʼnalishiga qabul davom etayotganligi maʼlum qilinadi.

“Prokurorlik faoliyati” bakalavriat taʼlim yoʼnalishi boʼyicha oʼqitish kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllarida, oʼzbek va rus tillarida, davlat granti va toʼlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

O‘qishga qabul qilish bo‘yicha tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar joriy yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional taʼlim muassasalariga (2024-2025-oʼquv yili uchun)” boʼlinmasida “Yurisprudensiya” va “Chet tili” fanlar majmuasi, taʼlim tili va test topshirish hududini tanlashi lozim.

Test sinovlari iyul-avgust oylarida oʼtkaziladi.

Shuningdek, nomzodlar “Chet tili sertifikati” boʼlinmasida tegishli sertifikatni yuklashi mumkin.

Kirish imtihonlari bo‘yicha yangiliklar bilan Аkademiyaning rasmiy veb-sayti (www.proacademy.uz), ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: www.facebook.com/ProsecutorAcademy, www.instagram.com/proacademyuz/, https://t.me/TheLawEnforcementAcademy hamda ommaviy axborot vositalari orqali tanishib borish mumkin.
8.2K views12:32
Buka / Bagaimana
2024-06-20 06:08:51 Diagnostik test xizmati onlayn shaklda yo‘lga qo‘yildi

Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan OTMlarga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test sinovlari o‘tkaziladi.

Mazkur xizmat hozirga qadar qogʻoz shaklida ko‘rsatilgan boʻlib, endilikda ushbu xizmatdan elektron shaklda foydalanish mumkin.

Bunda abituriyentlar https://my.uzbmb.uz/service/12 havolasi orqali diagnostik test sinovi topshirib, uning natijasi asosida beshtagacha oliy ta’lim muassasasini tanlagan holda oxirgi uch yildagi o‘tish ballari bilan taqqoslashlari mumkin.

Diagnostik test sinovlari orqali abituriyentlar o‘z bilimini sinovdan o‘tkazish va OTMlarga kirish test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, OTMlarining bakalavriatiga kirish imtihonlaridagi majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash uchun @BMB_Quiz_bot telegram boti ham ishga tushirildi.

Mazkur bot orqali majburiy fanlardan test topshiriqlarini elektron shaklda ishlash va bu orqali test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish mumkin.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
14.0K views03:08
Buka / Bagaimana
2024-06-19 07:28:11 Xotin-qizlar tavsiyanomasiga ega abituriyentlar diqqatiga!
#abituriyent   #qabul2024

Koʻplab abituriyentlardan ularga xotin-qizlar tavsiyanoma berilgani toʻgʻrisida SMS xabar kelgani, lekin my.uzbmb.uz saytida tavsiyanoma maʼlumotlari chiqmayotgani boʻyicha murojaatlar kelib tushmoqda.

Maʼlumki, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan besh yillik ish stajiga ega xotin-qizlar va ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga OTMga krish uchun tavsiyanoma beriladi.

Tavsiyanoma berish jarayoni yakunlangandan soʻng tavsiyanoma olgan xotin-qizlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan Bilimni baholash agentligiga taqdim etiladi.

Ushbu jarayon hali yakunlanmagani sababli abituriyentlarning shaxsiy kabinetida xotin-qizlar tavsiyanomasiga oid maʼlumotlar aks etmayapti.

Nima qilish kerak?

Roʻyxatdan oʻtish uchun tavsiyanomani kutish shart emas. Hozirning oʻzida roʻyxatdan oʻtib, fanlar majmuasini tanlash mumkin.

Qoʻmita tomonidan tavsiyanoma olgan xotin-qizlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilishi (hafta oxirida taqdim etilishi kutilmoqda) bilan my.uzbmb.uz saytida bu maʼlumotlar aks etadi.


Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
15.2K views04:28
Buka / Bagaimana
2024-06-17 14:29:35 #Qabul2024   #Abituriyent2024   #Statistika

2024 – 2025-o‘quv yilida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha ma’lumot

2024-yil 15-iyun 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 195 354 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
Shundan:

Abituriyentlarning test sinovi topshirish hududi bo‘yicha taqsimoti:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi -- 7 999 nafar
Andijon viloyati  -- 16 419 nafar
Buxoro viloyati -- 11 579 nafar
Farg‘ona viloyati -- 17 058 nafar
So‘x tumani -- 319 nafar
Jizzax viloyati -- 8 749 nafar
Namangan viloyati -- 10 864nafar
Navoiy viloyati -- 14 041 nafar
Qashqadaryo viloyati -- 17 534 nafar
Samarqand viloyati -- 19 760 nafar
Sirdaryo viloyati -- 7 171 nafar
Surxondaryo viloyati(Termiz shahri) -- 7 153 nafar
Surxondaryo viloyati(Denov tumani) -- 3 336 nafar
Toshkent shahri -- 39 096 nafar
Xorazm viloyati -- 14 276 nafar

Abituriyentlarning joriy va avvalgi yillar bitiruvchilar bo‘yicha taqsimoti:
       
     joriy yil bitiruvchilari --97 722 nafar
      avvalgi yillar bitiruvchilari -- 97 632 nafar

Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

     erkaklar -- 96 301 nafar
     ayollar -- 99 053 nafar

Abituriyentlarning ta'lim tili bo‘yicha taqsimoti:

o‘zbek tili -- 168 014 nafar
rus tili -- 23 119 nafar
  qoraqalpoq tili -- 3 454 nafar
  boshqa tillar -- 687 nafar


Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
11.6K views11:29
Buka / Bagaimana
2024-06-14 10:38:56
#Qabul2024 #Abituriyent2024
Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirish

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
14.9K views07:38
Buka / Bagaimana
2024-06-14 10:38:56
#Qabul2024 #Abituriyent2024
Oliy va professional ta’lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
14.8K views07:38
Buka / Bagaimana
2024-06-14 10:36:00
#savollarga_javoblar

SAVOL: Joriy yilda maktabning 11-sinfini tamomladim, lekin haligacha attestat berilmadi. Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishda attestatni kutishim kerakmi yoki ro‘yxatdan o‘tsam bo‘ladimi?

JAVOB: my.uzbmb.uz sayti orqali oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishda tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritish lozim.

Lekin joriy yil bitiruvchilari (umumta’lim maktablari, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarning joriy yil bitiruvchilari) mazkur ma’lumotni to‘ldirmaydi.

Joriy yil bitiruvchilarining tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari tegishli vazirliklarning axborot tizimidan integratsiya orqali olinadi.

Bunda joriy yil bitiruvchilari attestat berilishini kutmasdan, my.uzbmb.uz sayti orqali oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
15.1K views07:36
Buka / Bagaimana
2024-06-12 12:39:56 Kimyo hamda geografiya fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

2024-yil 26-may kuni o‘tkazilgan kimyo hamda geografiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
65 - 69,9 ball — A daraja;
60 - 64,9 ball — B+ daraja;
55 - 59,9 ball — B daraja;
50 - 54,9 ball — C+ daraja;
46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

Imtihon natijalarining statistik tahlili Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirildi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
7.1K views09:39
Buka / Bagaimana
2024-06-11 11:41:16
#savollarga_javoblar

SAVOL: Agar abituriyentlarda chet tili yoki umumta’lim fanidan milliy sertifikat mavjud bo‘lsa, sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni dasturga kiritish talab etiladimi?

JAVOB: Abituriyentlarda chet tili yoki umumta’lim fanidan milliy sertifikat mavjud bo‘lsa, sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotlar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida avtomatik tarzda aks etadi. Mazkur sertifikatlarni dasturga kiritish talab etilmaydi.


Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
7.2K views08:41
Buka / Bagaimana