Get Mystery Box with random crypto!

Diagnostik test xizmati onlayn shaklda yo‘lga qo‘yildi Ma’lum | Abituriyentlar uchun 🎓

Diagnostik test xizmati onlayn shaklda yo‘lga qo‘yildi

Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan OTMlarga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test sinovlari o‘tkaziladi.

Mazkur xizmat hozirga qadar qogʻoz shaklida ko‘rsatilgan boʻlib, endilikda ushbu xizmatdan elektron shaklda foydalanish mumkin.

Bunda abituriyentlar https://my.uzbmb.uz/service/12 havolasi orqali diagnostik test sinovi topshirib, uning natijasi asosida beshtagacha oliy ta’lim muassasasini tanlagan holda oxirgi uch yildagi o‘tish ballari bilan taqqoslashlari mumkin.

Diagnostik test sinovlari orqali abituriyentlar o‘z bilimini sinovdan o‘tkazish va OTMlarga kirish test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, OTMlarining bakalavriatiga kirish imtihonlaridagi majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash uchun @BMB_Quiz_bot telegram boti ham ishga tushirildi.

Mazkur bot orqali majburiy fanlardan test topshiriqlarini elektron shaklda ishlash va bu orqali test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish mumkin.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy