Get Mystery Box with random crypto!

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “PROKURORLIK FАOLIYATI” ba | Abituriyentlar uchun 🎓

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “PROKURORLIK FАOLIYATI” bakalavriat ta'lim yoʼnalishiga qabul boʼyicha


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʼgʼrisida” 2022-yil 28-noyabrdagi PF–257-son Farmoniga asosan Oʼzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2023/2024-oʼquv yilidan boshlab “Prokurorlik faoliyati” bakalavriat ta'lim yoʼnalishi boʼyicha kadrlarni tayyorlash joriy etilgan.

Shunga koʼra, Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2024/2025-oʼquv yili uchun “Prokurorlik faoliyati” bakalavriat taʼlim yoʼnalishiga qabul davom etayotganligi maʼlum qilinadi.

“Prokurorlik faoliyati” bakalavriat taʼlim yoʼnalishi boʼyicha oʼqitish kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllarida, oʼzbek va rus tillarida, davlat granti va toʼlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

O‘qishga qabul qilish bo‘yicha tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar joriy yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional taʼlim muassasalariga (2024-2025-oʼquv yili uchun)” boʼlinmasida “Yurisprudensiya” va “Chet tili” fanlar majmuasi, taʼlim tili va test topshirish hududini tanlashi lozim.

Test sinovlari iyul-avgust oylarida oʼtkaziladi.

Shuningdek, nomzodlar “Chet tili sertifikati” boʼlinmasida tegishli sertifikatni yuklashi mumkin.

Kirish imtihonlari bo‘yicha yangiliklar bilan Аkademiyaning rasmiy veb-sayti (www.proacademy.uz), ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: www.facebook.com/ProsecutorAcademy, www.instagram.com/proacademyuz/, https://t.me/TheLawEnforcementAcademy hamda ommaviy axborot vositalari orqali tanishib borish mumkin.