Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyentlar uchun 🎓

Logo saluran telegram abituriyent_dtm_uz_dtmuzb — Abituriyentlar uchun 🎓 A
Topik dari saluran:
Статистика
Qabul
Abituriyent
Logo saluran telegram abituriyent_dtm_uz_dtmuzb — Abituriyentlar uchun 🎓
Topik dari saluran:
Статистика
Qabul
Abituriyent
Alamat saluran: @abituriyent_dtm_uz_dtmuzb
Kategori: Kesehatan
Bahasa: Bahasa Indonesia
Pelanggan: 69.42K
Deskripsi dari saluran

@Abituriyent | Axborot portalining telegramdagi 2chi sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩Aloqa: @abituriyent_aloqabot
Reklama➡️ https://t.me/joinchat/AAAAAEsAKPmIpK5Gc7vXpQ

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Pesan-pesan terbaru 2

2024-06-11 11:40:30
#savollarga_javoblar

SAVOL: Agar abituriyentda xalqaro sertifikat mavjud bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tishda sertifikat ma’lumotlarini dasturga                          
(
my.uzbmb.uz saytiga) kiritish talab etiladimi?

JAVOB: Agar abituriyentda xalqaro sertifikat mavjud bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tishda sertifikat ma’lumotlarini dasturga
(
my.uzbmb.uz saytiga) kiritishi lozim.


Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
7.3K views08:40
Buka / Bagaimana
2024-06-10 09:22:47
#100savolga_100javob

2024/2025 oʻquv yili qabulida abituriyentlar uchun davlat granti yoki taʼlim yoʻnalishi ustuvorligini tanlash imkoniyati saqlanib qoladimi?

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
7.3K views06:22
Buka / Bagaimana
2024-06-10 09:22:47
#100savolga_100javob

Davlat buyurtmasi boʻyicha kvotalar taqsimotida qaysi sohalarga ustuvorlik beriladi?

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
15.0K views06:22
Buka / Bagaimana
2024-06-09 13:31:36
#100savolga_100javob

savol: Joriy yilda imtiyozga ega abituriyentlar uchun ham qoʻshimcha qabul kvotalari ajratiladimi?

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
14.4K views10:31
Buka / Bagaimana
2024-06-08 20:11:39 2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgan holda qayta tasdiqlandi.

5-iyundan boshlangan qabulda faqat fanlar majmuasi tanlanyapti xolos. Bunday vaziyatda ko’plab abituriyentlardan “men falon fanlarni tanlasam, bu kelgusida qaysi yo’nalishlarga to’g’ri keladi?”, degan savollar kelib tushmoqda.

Buni bilish uchun joriy yilgi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi bilan tanishib chiqing.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
13.6K views17:11
Buka / Bagaimana
2024-06-08 20:04:24 Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga qabul

2024-yil 9-iyun kuni Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga o‘qishga kirish uchun maxsus psixologik tanlov hamda yozma imtihon (diktant) o‘tkaziladi.

Imtihonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 1 smenada tashkil etiladi.

Talabgorlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini https://my.uzbmb.uz/service/63 havolasi orqali bilishi va abituriyent ruxsatnomasini yuklab olishi mumkin.

Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga 09:00 dan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
14.2K views17:04
Buka / Bagaimana
2024-06-04 12:33:58 Rasman: Magistratura va doktoranturaga ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati darajasi pasaytirildi

Prezidentining Farmoni bilan magistratura mutaxassisliklari va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etiladi:

xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida C1 darajasida;

gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohalari bo‘yicha – kamida B2 darajasida;

boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha – kamida B1 darajasida.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
8.1K views09:33
Buka / Bagaimana
2024-06-04 12:23:54 #tezkor

Endi ta'lim krediti faqat kunduzgi talabalarga beriladi

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarga ajratiladi. — Prezident Farmoni

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
8.3K views09:23
Buka / Bagaimana
2024-04-09 14:53:58
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazish tartibi tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 20-martdagi tegishli buyrugʻi bilan:

umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari;
xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati
tasdiqlandi.

Unga koʻra, 9-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma;
Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan — yozma;
Matematika fanidan — yozma;
Oʻzbekiston tarixi fanidan — yozma/ogʻzaki;
Jismoniy tarbiya fanidan — amaliy shaklda oʻtkaziladi.

11-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma (insho);
Matematika fanidan — yozma;
Davlat tili (taʼlim oʻzbek tilida olib borilmaydigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun, taʼlim muassasasi tanlovi asosida)dan — yozma va ogʻzaki;
Chet tili fanidan — yozma/ogʻzaki;
Oʻzbekiston tarixi fanidan — yozma/ogʻzaki;
(Oʻquvchining tanlovi boʻyicha) Kimyo, Fizika, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan — yozma shaklda oʻtkaziladi.


https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
8.1K views11:53
Buka / Bagaimana
2024-04-09 09:30:14
Agar siz o'zingizni bilimli yoshlar safida ko'rayotgan bo'lsangiz bu Olimpiada aynan siz uchun.

Japan Digital University 11-sinf maktab o'quvchilari va akademik litsey 2-kurs talabalari uchun keng ko'lamdagi Respublika matematika olimpiadasiga start bermoqda.

Sovrinlar:
-Umumiy qiymati 15 mlrd so'mlik Japan Digital University ta'lim vaucherlari
-Yaponiyaga sayohat
-Maxsus stipendiyalar
-8 ta noutbuk
-10 ta Kindle qurilmalari

Billimlaringiz orqali sovrinlarni qo'lga kiriting !

Ro'yxatda o'tish muddati 19-aprelgacha.

Sayt orqali ro'yxatdan o'tish

Bot orqali ro'yxatdan o'tish <
8.2K views06:30
Buka / Bagaimana