Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiya | Abituriyentlar uchun 🎓
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 20-martdagi tegishli buyrugʻi bilan:
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari; xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi.
Unga koʻra, 9-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:
Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma; Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan — yozma; Matematika fanidan — yozma; Oʻzbekiston tarixi fanidan — yozma/ogʻzaki; Jismoniy tarbiya fanidan — amaliy shaklda oʻtkaziladi.
11-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:
Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma (insho); Matematika fanidan — yozma; Davlat tili (taʼlim oʻzbek tilida olib borilmaydigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun, taʼlim muassasasi tanlovi asosida)dan — yozma va ogʻzaki; Chet tili fanidan — yozma/ogʻzaki; Oʻzbekiston tarixi fanidan — yozma/ogʻzaki; (Oʻquvchining tanlovi boʻyicha)Kimyo, Fizika, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan — yozma shaklda oʻtkaziladi.
@Abituriyent | Axborot portalining telegramdagi 2chi sahifasiga xush kelibsiz!. - Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring. 📩Aloqa: @abituriyent_aloqabot. Reklama➡️ htt...