Get Mystery Box with random crypto!

marvarid.org

Logo saluran telegram marvarid_org — marvarid.org M
Logo saluran telegram marvarid_org — marvarid.org
Alamat saluran: @marvarid_org
Kategori: Tidak terkategori
Bahasa: Bahasa Indonesia
Pelanggan: 219
Deskripsi dari saluran

www.marvarid.org
Bizga yozing @ https://t.me/marvaridorg
Instagram @marvarid_org

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Pesan-pesan terbaru 2

2023-05-01 06:00:48 https://telegra.ph/Millatlar-orasidagi-birlik-haqida-Injil-nima-orgatadi-03-27
74 views03:00
Buka / Bagaimana
2023-04-28 06:01:44 Hafta Zaburi
Zabur 84


1 Ijrochilar rahbariga. Koʻrax naslining sanosi.

2 Ey Egam, Oʻz yurtingga marhamat koʻrsatgansan,
Yoqb naslini yana farovonlikka erishtirgansan.
3 Xalqingning ayblarini unutgansan,
Ularning gunohlarini kechirgansan.
4 Butun gʻazabingni jilovlading,
Qahru gʻazabingdan qaytding.

5 Ey najotkorimiz Xudo,
Oldingi holimizga bizni qaytargin,
Bizga qarshi boʻlgan gʻazabingni toʻxtatgin.
6 Sen bizdan to abad gʻazablanasanmi?
Gʻazabingni nasllar osha sochaverasanmi?
7 Xalqim Menda sevinch topsin deya,
Bizga yana yangi hayot baxsh etmaysanmi?
8 Ey Egam, bizga sodiq sevgingni koʻrsat,
Bizga najotingni ato qil.

9 Parvardigor Egamiz aytayotganiga quloq solaman,
U Oʻz xalqiga, Oʻz taqvodorlariga tinchlik vaʼda qilayotir,
Endi ular bemaʼni yoʻllariga qaytmasin.
10 Shubhasiz, Egamizdan qoʻrqqanlarga
Uning Oʻzi najot berishga tayyor turadi,
Bizning yerimizda Uning ulugʻvorligi makon topadi.

11 Sevgi va haqiqat uchrashadi,
Adolat, tinchlik bir–biri ila oʻpishadi.
12 Haqiqat zamindan oʻsib chiqadi,
Adolat samodan turib boqadi.
13 Egamiz chindan neʼmatin yogʻdiradi,
Yerimiz oʻz hosilini beradi.
14 Adolat Egamizning oldida yuradi,
Uning qadamlari uchun yoʻl tayyorlaydi.
75 views03:01
Buka / Bagaimana
2023-04-26 06:00:37
Shu parchaning davomi o'qing... https://bit.ly/3BAy4JG
65 views03:00
Buka / Bagaimana
2023-04-24 06:01:21 https://telegra.ph/Universitetimizda-Injil-oqiydigan-bitta-qiz-bor-Men-u-bilan-Tavrot-Zabur-va-Injil-haqida-gaplashmoqchiman-Qayerda-boshlashni-bil-03-27
74 views03:01
Buka / Bagaimana
2023-04-21 06:00:25 Hafta Zaburi
Zabur 83


1 Ijrochilar rahbariga. Soz joʻrligida aytiladigan Koʻrax naslining sanosi.

2 Sening makoning ajoyibdir,
Ey Sarvari Olam!
3 Ey Egam, Sening hovlingga kirmoqni
Jonim istar, hatto orziqar.
Ey barhayot Xudo! Qalbim, vujudim
Sevinch ila Senga kuylar.

4 Ey Sarvari Olam, Shohim, Xudoyim!
Qurbongohing yonida chumchuq ham bir uy topgan,
Polaponlarim uchun joy topay deya,
Qaldirgʻoch ham oʻzi uchun bir in qurgan.
5 Baxtlidir Sening uyingda istiqomat qiladiganlar,
Ular doim Senga hamdu sano aytarlar.

6 Baxtlidir Sendan qudrat olgan odamlar,
Quddusni chin dildan ziyorat qilishga intiladiganlar.
7 Qaqragan soylikdan ular oʻtar ekanlar,
Buloqlar oqa boshlar,
Ilk yomgʻir bu yerni suv havzalariga toʻldirar.
8 Ular yurgan sari kuchayib borar,
Ey Xudo, ular Quddusda huzuringda hozir boʻlar.

9 Ey Parvardigori Olam — Egam, eshit ibodatimni,
Ey Yoqbning Xudosi, tinglagin meni.
10 Ey Xudo, qara shohga — qalqonimizga,
Oʻzing moy surtib tanlaganga lutf qilgin.

11 Sening hovlilaringda oʻtgan bir kun
Afzaldir boshqa yerda oʻtgan ming kundan.
Fosiqlarning chodirlarida yashagandan koʻra,
Boʻlsaydim, ey Xudoyim, Sening uyingda darvozabon.
12 Ey Parvardigor Egam, quyosh va qalqonsan,
Sen bizga mehribonlik koʻrsatib, shon–shuhrat ato etasan.
Ey Egam, toʻgʻri yurganlardan
Neʼmatingni darigʻ tutmaysan.
13 Ey Sarvari Olam,
Sendan umid qilgan odam baxtlidir!
78 views03:00
Buka / Bagaimana
2023-04-19 06:01:43
Shu parchaning davomi o'qing... https://bit.ly/3lQdS16
85 views03:01
Buka / Bagaimana
2023-04-17 06:00:50 https://telegra.ph/Roza-tutishning-haqiqiy-manosi-nima-03-27
80 views03:00
Buka / Bagaimana
2023-04-14 06:02:19 Hafta Zaburi
Zabur 82


1 Osif sanosi. Qoʻshiq.

2 Ey Xudo, sukut saqlamagin,
Jimjit boʻlma, ey Xudo, jim turmagin.
3 Dushmanlaring shovqin–suron solmoqda,
Gʻanimlaring isyon qilmoqda.
4 Ayyorlik bilan ular xalqingga fitna qiladi,
Sen ardoqlaganlarga qarshi qasd qiladi.
5 Ular aytar: “Qani, oʻsha xalqning ildizini quritaylik,
To abad unutilsin Isroilning nomi.”

6-8 Edomliklar va Ismoil avlodlari,
Moʻabliklar va Hojar nasllari,
Gabol, Ommon va Omolek xalqlari,
Tir xalqi bilan Filistiya
Til biriktirib, fitna qiladi,
Senga qarshi ittifoq tuzadi.
9 Lut nasli bilan ittifoq tuzib,
Ossuriya ham ularga qoʻshilgan edi.

10 Midiyonlarni jazolaganingday ularni jazola,
Xishon daryosida Sisaro, Yobinni qirganingday jazola.
11 Ular En–Doʻrda halok boʻlgandilar,
Yerga tashlangan goʻngday boʻlgandilar.
12 Oriv va Zayovday qilib, ularning yoʻlboshchilarini oʻldir,
Barcha shahzodalarini Zevax va Zalmunoday qilgin.
13 Axir, ular: “Xudoning oʻtloqlarini
Oʻzimizniki qilib olaylik”, dedilar.

14 Ey Xudoyim, ularni xazonday sovurgin,
Shamoldagi somonday ularni uchirgin.
15-16 Oʻrmonni alanga yondirganday,
Ularni boʻronlaring ila taʼqib qil.
Tepaliklarni olov bilan kuydirganday
Ularni dovullaring ila dahshatga sol.
17 Yuzlarini sharmandalikdan qizartir,
Toki ular, ey Egam, Senga intilsin.
18 Ular doim sharmanda boʻlib, qoʻrquvga tushsin,
Badnom boʻlib, yoʻq boʻlib ketsin.
19 Ular bilsin Egamiz Sen ekaningni,
Yer yuzida buyuk hukmdor yolgʻiz Sen ekaningni.
81 views03:02
Buka / Bagaimana
2023-04-12 06:01:27
Shu parchaning davomi o'qing... https://bit.ly/3BTGDzh
70 views03:01
Buka / Bagaimana
2023-04-10 06:00:24 https://telegra.ph/Men-tez-tez-Ollohning-irodasi-va-insoniyatning-javobgarliklari-haqida-oylayman-Bu-ikki-narsa-bir-birga-zidmi-Oz-hayotimizda-biz--03-27
82 views03:00
Buka / Bagaimana