Get Mystery Box with random crypto!

Hafta Zaburi Zabur 84 1 Ijrochilar rahbariga. Koʻrax naslinin | marvarid.org

Hafta Zaburi
Zabur 84


1 Ijrochilar rahbariga. Koʻrax naslining sanosi.

2 Ey Egam, Oʻz yurtingga marhamat koʻrsatgansan,
Yoqb naslini yana farovonlikka erishtirgansan.
3 Xalqingning ayblarini unutgansan,
Ularning gunohlarini kechirgansan.
4 Butun gʻazabingni jilovlading,
Qahru gʻazabingdan qaytding.

5 Ey najotkorimiz Xudo,
Oldingi holimizga bizni qaytargin,
Bizga qarshi boʻlgan gʻazabingni toʻxtatgin.
6 Sen bizdan to abad gʻazablanasanmi?
Gʻazabingni nasllar osha sochaverasanmi?
7 Xalqim Menda sevinch topsin deya,
Bizga yana yangi hayot baxsh etmaysanmi?
8 Ey Egam, bizga sodiq sevgingni koʻrsat,
Bizga najotingni ato qil.

9 Parvardigor Egamiz aytayotganiga quloq solaman,
U Oʻz xalqiga, Oʻz taqvodorlariga tinchlik vaʼda qilayotir,
Endi ular bemaʼni yoʻllariga qaytmasin.
10 Shubhasiz, Egamizdan qoʻrqqanlarga
Uning Oʻzi najot berishga tayyor turadi,
Bizning yerimizda Uning ulugʻvorligi makon topadi.

11 Sevgi va haqiqat uchrashadi,
Adolat, tinchlik bir–biri ila oʻpishadi.
12 Haqiqat zamindan oʻsib chiqadi,
Adolat samodan turib boqadi.
13 Egamiz chindan neʼmatin yogʻdiradi,
Yerimiz oʻz hosilini beradi.
14 Adolat Egamizning oldida yuradi,
Uning qadamlari uchun yoʻl tayyorlaydi.