Get Mystery Box with random crypto!

'Bovari xonim' sindromi Sindrom nomi 1857-yilda fransuz yozuv | O'zXIA zakovat kanali

"Bovari xonim" sindromi

Sindrom nomi 1857-yilda fransuz yozuvchisi Gustav Flober tomonidan yozilgan "Madame Bovari" asaridagi Emma Bovari personaji nomidan olingan. Asarda personaj xayolparast sifatida ifodalangan.

Bovari xonim sindromiga chalingan insonlar, qachondir bir inson kelib ularni hamma muammolardan qutqarib, hayotini tubdan oʻzgartirib yuborishiga qattiq ishonib yashashadi. Xuddi oq otdagi shahzodani kutayotgan malika kabi. Ularning yagona maqsadi oʻsha odamni topish.Topmoqchi boʻlgan odamlari esa romantik kino yoki asarlardagi kabi ideal boʻlishi kerak.

Sindrom xayoliy illyuziyalar bilan yashashga majbur qiladi va real hayotdagi muammolarni hal qilishdan uzoqlashtiradi. Shu sababli ham aksar sindromga chalingan, oila qurgan insonlar oʻz turmush oʻrtogʻidan qoniqmaslikni boshdan kechiradilar. Sindrom erkaklarda ham ayollarda ham kuzatiladi.

https://t.me/Sindrom_effect