Get Mystery Box with random crypto!

#zakovat Marafon nima? Yurtimiz bo'ylab Zakovatning sportch | O'zXIA zakovat kanali

#zakovat

Marafon nima?

Yurtimiz bo'ylab Zakovatning sportcha ChGK versigasida marafonlar o'tkazish odat tusiga kirib qoldi. Marafonda bir vaqda juda ko'p miqdorda savol o'ynaladi. Masalan marafonda 10 ta jamoa ishtirok etsa, barchasi 12 tadan savol o'qisa, jami 120 ta savol o'ynaladi. Marafonda bilimdonlardan ruhan va jismonan ham yaxshi tayyorgarlik talab etiladi.

O'zbekistin xalqaro Islom akademiyasida hali bu uslubda musoboqa bo'lib o'tmagan.
Shu bois ham tajrib bo'lishi, hamda 11-turda intrigani yana kuchaytirish uchun mini marafon shaklida tashkil etishga kelishilidi.

11-turda 8 tadan 3 raund jami 24 ta savol o'ynaladi.
Ushbu turda galma-galdan jadvalning yuqorisidagi 3 ta jamoa navbatchilik o'tkazadi.

11-tur 1-raund 8 ta savol - Radiant
11-tur 2-raund 8 ta savol - Yulduzlar
11-tur 3-raund 8 ta savol - Islom yulduzlari

Uchta jamoaning sardorlari ushbu shaklda 11-turni tashkil etishga o'z roziliklarini bildirishdi. Ushbu turdagi navbatchilik uchun jamoalarga reyting ball taqdim etilmaydi.

Ushbu 3 ta jamoa 11-turda maksimal 16 ochko, qolgan jamoalar maksimal 24 ochko to'plash imkoniga ega bo'lishadi.

Yakuniy 12-turda ham savollar soni 24 ta bo'lishi kutilmoqda.

@UZXIA_ZAKOVAT