Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum xurmatli obunachilarim. Bir yangilik bor. Avv | Yorug'lik taraflarda

Assalomu alaykum xurmatli obunachilarim. Bir yangilik bor. Avvalo kanaldan shu paytgacha chiqib ketmaganlaringiz uchun rahmat. Oʻtgan haftani oxirida Samarqanddagi top mehmonxonalarni biriga ishga joylashdim. Kanalga vaqt ajratolmadim. Yangi ishxona baribir. Kunikish jarayonidaman. Hozir Samarqandga odam oqib kelyabdi, ayniqsa shu aprel-may oyi sayyohlar juda koʻp. Bizni Hotelga eng koʻp Yevropaliklar tashrif buyurayabdi. Yevropaliklar haqida boshqacha dunyoqarashda edim va fikrim oʻzgaryabdi. Bizni odamlar masalan registonda chet elliklarni kursa tikilib oʻtiradi ularga. U hijolat boʻladi. Unga koʻp qarayverganingizdan. Huddi shu holat ularda ham bor ekan. Sizni boshdan oyoq oʻrganib chiqadi. Ularni yaxshi taraflari koʻp baribir. Ular bizdan kura koʻproq musilmonroq. Ular diningizni xurmat qiladi. Bir xolat boʻldi-ki ular shampanmi bir balo hovlida sotol ustiga olib kelib quyibdi. Menga aytdi (ular ayollar) ochib bering dedi. Uzur bu ish bizni dinda xarom desam. Darrov uzr soʻrab qolishdi, boshqa stolda oʻtirgan odamlargacha mendan uzr soʻrab qolishdi. Bizni odamlar boʻlsachi nima derdi shu paytda bitta fatvo berib yuborardi hech narsa qilmaydi deb. Ularni bizdan koʻra musilmonroq dagan gapim zid lekin ular har kurganda tabassum qilib salomlashadi. Salom bersangiz xursand boʻlib ketadi. Salomlashish bizga paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan sunnat emasmidi. Masalan men yashagan joylarda salom bersam javob qaytarish oʻrniga buzirayib bir qarab quyadi bu kim ekan deb alik yoʻq. Xullas ular ancha samimiy va tarbiyali. Bizda ular haqida yomon informatsiya shakllanib qolgan. Yevropaparas emasman. masalan bitta misol keltirsam hamma musulmonlar yomon desa yoʻq yaxshilari ham bor deymizku. Yevropaliklarni ham yaxshilari bor dinidan qatʼiy nazar. Ular bizni dinda buyurilgandagidek yashaydiganga oʻxshaydi. Bu yerda Qirgʻizistonliklar ham bor. Koʻpchiligi rus ekan ularni ham qazoqlarga oʻxshab. Qirgʻiz tilini tushinish qiyin emas ekan bizni tilga juda yaqin til ekan. Hammasi keladi ketadi, yana oʻrniga boshqalari keladi. Fransuzlar ham ja maqtalganchalik zoʻr madaniyatli emas ekan. Umuman ularni(yevropaliklar va ruslar) ovqatlanishi odobi haqida ham alohida post yozaman in sha Alloh.