Get Mystery Box with random crypto!

Yorug'lik taraflarda

Logo saluran telegram t_sun_shine — Yorug'lik taraflarda Y
Logo saluran telegram t_sun_shine — Yorug'lik taraflarda
Alamat saluran: @t_sun_shine
Kategori: Tidak terkategori
Bahasa: Bahasa Indonesia
Pelanggan: 216
Deskripsi dari saluran

Kitobxonlikni targʻib qilish asosiy maqsadimiz. Ketgan vaqtingiz uchun Qiyomatda javob bermayman. Qolish yoki ketish o'zingizdan. Bu tanlov sizniki. Shaxsiy blog.
Murojaat uchun: @Xatlarim_sun_shine_bot
Kitoblar:
t.me/yoruglik_taraflarda_kutubxonasi

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Pesan-pesan terbaru

2023-05-12 07:55:56
10 views04:55
Buka / Bagaimana
2023-05-11 08:45:35 #kuzatish

Uylanmoqchi bo‘lsangiz yaxshi ayollarni axtarmang, balki yaxshi erkaklarni axtaring. Yaxshi erkaklarning uylarida yaxshi ayollar bo‘ladi. Bu so‘zning ma’nosini faqat ozchilikkina tushunadilar.

Qizlaringizni nazorat qiling, zero arslonlar qo‘riqlagan daraxtga maymunlar osilmaydilar.

Imom Sha’roviy
85 views05:45
Buka / Bagaimana
2023-05-10 07:58:49 Assalomu alaykum xurmatli obunachilarim. Bir yangilik bor. Avvalo kanaldan shu paytgacha chiqib ketmaganlaringiz uchun rahmat. Oʻtgan haftani oxirida Samarqanddagi top mehmonxonalarni biriga ishga joylashdim. Kanalga vaqt ajratolmadim. Yangi ishxona baribir. Kunikish jarayonidaman. Hozir Samarqandga odam oqib kelyabdi, ayniqsa shu aprel-may oyi sayyohlar juda koʻp. Bizni Hotelga eng koʻp Yevropaliklar tashrif buyurayabdi. Yevropaliklar haqida boshqacha dunyoqarashda edim va fikrim oʻzgaryabdi. Bizni odamlar masalan registonda chet elliklarni kursa tikilib oʻtiradi ularga. U hijolat boʻladi. Unga koʻp qarayverganingizdan. Huddi shu holat ularda ham bor ekan. Sizni boshdan oyoq oʻrganib chiqadi. Ularni yaxshi taraflari koʻp baribir. Ular bizdan kura koʻproq musilmonroq. Ular diningizni xurmat qiladi. Bir xolat boʻldi-ki ular shampanmi bir balo hovlida sotol ustiga olib kelib quyibdi. Menga aytdi (ular ayollar) ochib bering dedi. Uzur bu ish bizni dinda xarom desam. Darrov uzr soʻrab qolishdi, boshqa stolda oʻtirgan odamlargacha mendan uzr soʻrab qolishdi. Bizni odamlar boʻlsachi nima derdi shu paytda bitta fatvo berib yuborardi hech narsa qilmaydi deb. Ularni bizdan koʻra musilmonroq dagan gapim zid lekin ular har kurganda tabassum qilib salomlashadi. Salom bersangiz xursand boʻlib ketadi. Salomlashish bizga paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan sunnat emasmidi. Masalan men yashagan joylarda salom bersam javob qaytarish oʻrniga buzirayib bir qarab quyadi bu kim ekan deb alik yoʻq. Xullas ular ancha samimiy va tarbiyali. Bizda ular haqida yomon informatsiya shakllanib qolgan. Yevropaparas emasman. masalan bitta misol keltirsam hamma musulmonlar yomon desa yoʻq yaxshilari ham bor deymizku. Yevropaliklarni ham yaxshilari bor dinidan qatʼiy nazar. Ular bizni dinda buyurilgandagidek yashaydiganga oʻxshaydi. Bu yerda Qirgʻizistonliklar ham bor. Koʻpchiligi rus ekan ularni ham qazoqlarga oʻxshab. Qirgʻiz tilini tushinish qiyin emas ekan bizni tilga juda yaqin til ekan. Hammasi keladi ketadi, yana oʻrniga boshqalari keladi. Fransuzlar ham ja maqtalganchalik zoʻr madaniyatli emas ekan. Umuman ularni(yevropaliklar va ruslar) ovqatlanishi odobi haqida ham alohida post yozaman in sha Alloh.
90 viewsedited  04:58
Buka / Bagaimana
2023-05-10 02:44:01 Lev Tolstoyning kundaligidan parcha:

“1905-yil 2-yanvar. Salomatligim yaxshi. Vanihoyat mehmonlar ketishdi. Butun vujudim bilan baxtni his qilyapman"

kitob ombori
99 views23:44
Buka / Bagaimana
2023-05-07 13:16:41
Farosatni ora-orada bo‘lsada ishlatib turish kerak.

Farosati haminqadarlarga jo‘natib qo‘yarsiz.
158 views10:16
Buka / Bagaimana
2023-05-07 13:16:07 Rus shifokorlarining orzusi shunday:

"Kambag'allar hech qachon kasal bo'lmasin. Boylar esa hech qachon tuzalmasin". 

Mixail Zadornov

P.S: ruslarni o‘rniga xohlagan millatni qo‘yish mumkin.

Kitob ombori
136 views10:16
Buka / Bagaimana
2023-05-05 07:45:21
Men u bilan birga turganimda, uni diqqat bilan tingladim va xayolga botdim, ayollarni sevish va qashshoq bo‘lish naqadar qo‘rqinchli.

Remark

(Kommentariya oʻchiq ekanligidan shu joyida xursandman
223 viewsedited  04:45
Buka / Bagaimana
2023-05-05 07:12:46 https://t.me/ilm_ishqimiz
188 viewsedited  04:12
Buka / Bagaimana
2023-05-05 07:12:10 https://t.me/ilm_ishqimiz
177 views04:12
Buka / Bagaimana
2023-05-04 08:19:39 ​“Yalang‘och iqtisodiyot” kitobi haqida ko‘p post qildilar shekilli, nima uchun bu kitobni buncha piar qilyapsan deyishdiganlar koʻpaydi.

Bugun aynan nima uchun shu kitobni ko‘proq o‘qishlarini xohlashimni tushuntirib beraman. Atrofda ko‘pchilik, hatto iqtisodiyot sohasida diplomi borlar ham iqtisodiyotning oddiy qonunlarini tushunishmaydi. Buning ortidan turli xil muammolar kelib chiqaveradi.

Valyutalar kursi qanday shakllanadi, mahsulotlarning narxi nimaga oshadi yoki tushadi, nima uchun bank hammaga kredit berolmaydi, nima uchun bitta qaror bilan maoshlarni oshirish imkonsiz, shu kabi savollar atrofda ko‘p aylanadi. Ularning atrofida iqtisodiyotni tushunmagan insonlar afsonalar to‘qishadi, rivoyat o‘qishadi, konspirologiya yanada ko‘payadi.

Ko‘pchilikka iqtisodiyotni o‘rganishni tavsiya qilamiz, lekin afsuski iqtisodiyot haqidagi kitoblar murakkab tilda yozilgan va ularni shunchaki tushunib olish oson emas. “Yalang‘och iqtisodiyot” kitobida bo‘lsa hammasi sodda tilda, o‘ziga xos hazillar bilan tushuntirilgan. Uni o‘qigan odamga iqtisod yomg‘irdan keyingi ochiq osmon kabi tiniq ko‘rinib boshlaydi.

Mana shuni his qilganim, iqtisodiy asosli bilim hozir jamiyatimizga qanchalik kerakli ekanligini anglaganim uchun ham bu kitobni tavsiya qilishdan charchamayapman. Agar qo‘limda bo‘lganida, avvalo bu kitobni iqtisodiyot sohasidagi barcha oliy ta’lim yurtlariga darslik sifatida kiritardim. Lekin, afsuski qo‘limda emas.

Xullas, siz bizning har kunlik, har daqiqalik hayotimizga ta’sir qiladigan iqtisodiyotni tushunishni xohlasangiz, shu kitobni o‘qing, keyin menga rahmat aytasiz.
246 views05:19
Buka / Bagaimana