Get Mystery Box with random crypto!

Mahbubiy.uz

Logo saluran telegram mahbubiy1444 — Mahbubiy.uz M
Logo saluran telegram mahbubiy1444 — Mahbubiy.uz
Alamat saluran: @mahbubiy1444
Kategori: Tidak terkategori
Bahasa: Bahasa Indonesia
Pelanggan: 322
Deskripsi dari saluran

📖🎓 “Hidoya” madrasasi Tolibi ilmining Ijod kanali
مَنْ آثَرُ اللهَ آثرَهُ الله
Kim Allohni birinchi o'ringa qo'ysa, Alloh uni birinchi o'ringa qo'yadi!
Takliflar uchun:@MuhammdibnSohib

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

3

2 stars

0

1 stars

0


Pesan-pesan terbaru 2

2023-04-21 06:48:21
Praying all my friends and followers have a wonderful blessed Eid with all their loved ones! Eid Mubarak everyone.
36 views// //, edited  03:48
Buka / Bagaimana
2023-04-20 20:21:44 #Eslatma
RAMAZON HAYITI NAMOZI

Ramazon hayitida ikki rakat «iydul fitr» namozini ado etish vojibdir.
«Iydul fitr» namozi bunday tartibda o’qiladi. Qiblaga qarab: «Ikki rakat iydul fitr namozini ushbu imomga iqtido qilib, yuzimni Ka’ba tomoniga qaratib, holis Alloh taolo uchun hamma takbirlari bilan ado etishni niyat qildim», degan mazmunda niyat qilingach, «Allohu akbar», deb birinchi takbir aytilib qo’llar bog
lanadi. Ovoz chiqarmasdan
«Sano» («Subhanaka») o’qiladi. So’ng imom bilan birgalikda yana uch bor «Allohu akbar», deb qo’llar quloqlar to’g’risiga ko’tarilib takbir aytiladi, ammo bu takbirlarning avvalgi
ikkitasidan keyin qo’llar yonga tashlab turiladi.
Uchinchi takbirdan so’ng qo’llar bog’lanadi.

Imom Fotiha surasi bilan bir surani o’qiydi, boshqalar quloq solib jim turishadi. So’ngra ruku va ikki sajda qilinib, ikkinchi rakatga turiladi.

Ikkinchi rakatda imom yana Fotiha surasi va zam sura o’qiydi. So’ngra rukudan avval yana uch marta takbir aytiladi, takbirlar orasida qo’llar quloqlar to’g’risigacha ko’tarilib va takbirlar orasida ular yonda tutiladi.

To’rtinchi takbir aytib rukuga boriladi. Ruku va ikki sajda qilib qa’dada o’tiriladi,
tashahhud, salavot, duo o’qib salom beriladi.

Soʻng imom minbarga chiqadi. Hutbani qilganidan keyin yana mehrobga qaytadi, duo qiladi.

Ramazon hayiti kunida tong otgach, hayit namozigacha tamaddi qilib, tishlarni misvok bilan tozalab, g’usl qilb poklanib, hushbo’y atiru mushklar sepib, pokiza, ohorli kiyimlar kiyib, fitr sadaqasini berib hayit namoziga borish mustahab amallardandir.
Hayit namozigacha nafl namoz o’qish makruh.

Juma namozi kimlarga vojib bulsa, hayit namozi ham ularga vojibdir. Namozdan so’ng ikki hutba o’qish sunnatdir.

Hayit namozining vaqti quyosh bir nayza buyi ko’tarilgach, to tush vaqtigachadir. Tush vaqti
kirgach, hayit namozini o’qib bo’lmaydi.


Muhammad ibn Sohib
66 views// //, edited  17:21
Buka / Bagaimana
2023-04-20 20:04:28 ​​#Sheriyat

OXIRGI KUN...

Oʻtib borar oʻttizinchi kun,
Eshitilar shom uchun azon.
Alvido, deyishga qoʻrqaman,
Koʻrishguncha, deyman, ramazon...

Yelkanlari ufqqa shoʻngʻigan
Manzarani eslatgan kabi
Qaylargadir savob koʻtarib
Suzib borar umr markabi.

Men orolda qolayotgan oʻy -
Oʻsha ertakdagi Robinzon...
Oʻn bir oylik yolgʻizligim qoʻy,
Seni kutmoq - sharaf, Ramazon!

Bittadan yoz, ham qishu bahor
Oʻtkazamiz, hoʻp, mayli, degin.
Suyukligim, lekin va’da ber -
Men shoʻrlikni sogʻinib kelgin.

Yelkanlaring hilpillat mahzun,
Ol mendanam koʻp-koʻp havotir.
Ha, ramazon, bilmaysan-da sen,
Yoʻqligingda ne ishlar sodir...

Sen kelasan, gullar bu maskan
Voqif boʻlib azaliy sirdan.
Oʻn bir oyda dilimni ezgan
Gunohlarim kuyadi birdan.

Unutilar ortdagi zahmat,
Peshonamda rahmat terlari.
Koʻz yoshlardan qolarmikan-ey
Yurakning vahm, mavhum kirlari?!

Sogʻinching-la but bugun yurak -
Takror-takror vaslingga yetish
Va qoʻshimcha birgina tilak:
Bu oroldan sen bilan ketish!!!

Koʻnglim endi tamomiyla toʻq,
Tugab qoldi shomga ham azon -
Lugʻatimda hayr soʻzi yoʻq,
Koʻrishguncha, deyman, ramazon!


Alvido, deyishga qoʻrqaman...

Abdumutalov Muhammadnozim bilim yurti talabasi

t.me/hidoyauz – диний-маърифий канал!

Бизни ижтимоий тармоқларда кузатиб боринг:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
38 views// //, 17:04
Buka / Bagaimana
2023-04-20 01:26:56 #Ijodiy_tanaffus nihoyasiga yetmog’iga ham oz muddat qoldi inshaallah…
56 views// //, edited  22:26
Buka / Bagaimana
2023-04-19 21:43:14
"Ўзбекистон Республикасида 21 апрель куни Рамазон Ҳайити бўлишлиги фалакий ҳисоб билан тўғри эканлигини тасдиқлаб турибмиз лекин биз яна ўша ойни кузатувчиларимиздан келадиган хабарни олмаганлигимиз учун тўла фатвойимизни охирги хулосасини беролмаяпмиз, аслида фалакий ҳисоб билан 21 апрель эканлиги аниқ бўлган" - Ўзбекистон Республикаси Мусулмонлар идораси муфтийси Нуриддин домла Ҳолиқназаров
54 views// //, edited  18:43
Buka / Bagaimana
2023-04-19 20:38:56
– Nega siqilyapsan?
– Tashvishim bor...
– Hal qilsa bo‘ladimi?
– Ha.
– Unda siqilishdan nima foyda?

***

– Nega siqilyapsan?
– Tashvishim bor...
– Hal qilsa bo‘ladimi?
– Yo‘q.
– Unda siqilishdan nima foyda?

Har qanday holatda ham siqilishdan foyda yo‘q. O‘zingizning qadringizga yeting, qadarda nima yozilgan bo‘lsa, shu bo‘ladi..!
54 views// //, edited  17:38
Buka / Bagaimana
2023-04-18 18:18:47
#Iltijo
Ey Allohim!
Vallohi Dunyo boyliklarida ko’nglim yo’q. Lekin bir qulingda ko’nglim bor. Allohim uni menga, meni esa unga Hayirli qilgin..)
71 views// //, edited  15:18
Buka / Bagaimana
2023-04-18 00:07:36
#Mahzunlik

Ketmoqda jimgina buyuk Ramazon,
Uning koʻzlariga tikilmoq qiyin.
Kimdir pichirlaydi judayam arzon:
Qaytadi baribir bir yildan keyin...

Ha, olgʻir hayotning qoidalari
Yutib yuboradi yana bizlarni.
Ovchidek ergashib yurganimiz sari,
U sekin yoʻqotib borar izlarin...

Goʻyo dil yurtidan quvilgan surgun
Ichga toʻkajakmiz koʻz yoshlarimiz,
U bizni quchoqlab oladi bir kun --
Tugab bitganida bardoshlarimiz...

Ha , shunda topamiz armugʻon kuchin:
Ey yurak, och qolsang, gʻamingni yeyman!
Tiriklik sharafin saqlamoq uchun
Ramazon bir yillik quvvatmi, deyman.

Alvido soʻzidan yasamam taskin,
Ahir, qaylardadir mangudir bahor --
Ramazon taqvimdan ketishi mumkin,
Ammo yuraklarda qolmogʻi ham bor.

Ul yurak yurtida daryo besohil,
Risolat chashmasi tutqazar paygʻom --
Sharafli zotlarning uyida bir yil
Ayyom davom etar, ilohiy ayyom!!!


Mahbubiy
72 viewsedited  21:07
Buka / Bagaimana