Get Mystery Box with random crypto!

#Eslatma RAMAZON HAYITI NAMOZI Ramazon hayitida ikki rakat «i | Mahbubiy.uz

#Eslatma
RAMAZON HAYITI NAMOZI

Ramazon hayitida ikki rakat «iydul fitr» namozini ado etish vojibdir.
«Iydul fitr» namozi bunday tartibda o’qiladi. Qiblaga qarab: «Ikki rakat iydul fitr namozini ushbu imomga iqtido qilib, yuzimni Ka’ba tomoniga qaratib, holis Alloh taolo uchun hamma takbirlari bilan ado etishni niyat qildim», degan mazmunda niyat qilingach, «Allohu akbar», deb birinchi takbir aytilib qo’llar bog
lanadi. Ovoz chiqarmasdan
«Sano» («Subhanaka») o’qiladi. So’ng imom bilan birgalikda yana uch bor «Allohu akbar», deb qo’llar quloqlar to’g’risiga ko’tarilib takbir aytiladi, ammo bu takbirlarning avvalgi
ikkitasidan keyin qo’llar yonga tashlab turiladi.
Uchinchi takbirdan so’ng qo’llar bog’lanadi.

Imom Fotiha surasi bilan bir surani o’qiydi, boshqalar quloq solib jim turishadi. So’ngra ruku va ikki sajda qilinib, ikkinchi rakatga turiladi.

Ikkinchi rakatda imom yana Fotiha surasi va zam sura o’qiydi. So’ngra rukudan avval yana uch marta takbir aytiladi, takbirlar orasida qo’llar quloqlar to’g’risigacha ko’tarilib va takbirlar orasida ular yonda tutiladi.

To’rtinchi takbir aytib rukuga boriladi. Ruku va ikki sajda qilib qa’dada o’tiriladi,
tashahhud, salavot, duo o’qib salom beriladi.

Soʻng imom minbarga chiqadi. Hutbani qilganidan keyin yana mehrobga qaytadi, duo qiladi.

Ramazon hayiti kunida tong otgach, hayit namozigacha tamaddi qilib, tishlarni misvok bilan tozalab, g’usl qilb poklanib, hushbo’y atiru mushklar sepib, pokiza, ohorli kiyimlar kiyib, fitr sadaqasini berib hayit namoziga borish mustahab amallardandir.
Hayit namozigacha nafl namoz o’qish makruh.

Juma namozi kimlarga vojib bulsa, hayit namozi ham ularga vojibdir. Namozdan so’ng ikki hutba o’qish sunnatdir.

Hayit namozining vaqti quyosh bir nayza buyi ko’tarilgach, to tush vaqtigachadir. Tush vaqti
kirgach, hayit namozini o’qib bo’lmaydi.


Muhammad ibn Sohib