Get Mystery Box with random crypto!

#Savollarga_javoblar SAVOL: Mustaqil izlanuvchilikdan tayan | Doktorantlar Official || PhD, DSc

#Savollarga_javoblar

SAVOL: Mustaqil izlanuvchilikdan tayanch doktoranturaga o'zgartirishning iloji bormi?

JAVOB: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to’g’risidagi Nizom” talablarida mustaqil izlanuvchilikdan tayanch doktoranturaga o’tkazilish tartibi belgilanmagan. 

Sizning holatingizda Kollegial organ qarori asosida mustaqil izlanuvchilikdan chetlatilib, keyinchalik doktoranturaga hujjat topshirishingiz mumkin.

SAVOL: Men amaldagi faoliyat olib borayotgan OTM nomidan «OAK Bulleteni» 2023-yil 3-sonida doktorlik (DSc) ilmiy dissertatsiya mavzuyimni e’lon qilgandim. 2024-yilda ilmiy kengashi mavjud bo’lgan boshqa OTMga mustaqil izlanuvchi bo’lib qabul qilindim. Bu holatda men dissertatsiya mavzuyimni mustaqil izlanuvchi sifatida boshqa OTM nomidan qayta e’lon qilishim kerakmi?

JAVOB: Agar dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri va ilmiy rahbaringiz o’zgarmagan bo’lsa “OAK Bulleteni” jurnalida qayta e’lon qilishingiz shart emas. 

Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirish uchun biror joyda ishlayotgan bo’lish shartmi?

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga hujjat topshirish uchun qaysidir tashkilotda mehnat faoliyatini olib borishingiz shart emas.

Manba: ilmiy_darajali_kadrlar

@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group