Get Mystery Box with random crypto!

Doktorantlar Official || PhD, DSc

Logo saluran telegram doktorantlarofficial — Doktorantlar Official || PhD, DSc D
Topik dari saluran:
E
Qabul
Savollarga
Logo saluran telegram doktorantlarofficial — Doktorantlar Official || PhD, DSc
Topik dari saluran:
E
Qabul
Savollarga
Alamat saluran: @doktorantlarofficial
Kategori: Politik
Bahasa: Bahasa Indonesia
Pelanggan: 21.26K
Deskripsi dari saluran

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ya'ni doktorantura(PhD, DSc) boʼyicha eng yaxshi va sifatli kanallardan biri sifatida Magistrlar Official jamoasi tomonidan tashkil qilingan!
Savol va reklama murojaatlari uchun: @Sherali_Toshniyozov

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Pesan-pesan terbaru

2024-05-17 08:01:12 #Savollarga_javoblar

SAVOL: Mustaqil izlanuvchilikdan tayanch doktoranturaga o'zgartirishning iloji bormi?

JAVOB: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to’g’risidagi Nizom” talablarida mustaqil izlanuvchilikdan tayanch doktoranturaga o’tkazilish tartibi belgilanmagan. 

Sizning holatingizda Kollegial organ qarori asosida mustaqil izlanuvchilikdan chetlatilib, keyinchalik doktoranturaga hujjat topshirishingiz mumkin.

SAVOL: Men amaldagi faoliyat olib borayotgan OTM nomidan «OAK Bulleteni» 2023-yil 3-sonida doktorlik (DSc) ilmiy dissertatsiya mavzuyimni e’lon qilgandim. 2024-yilda ilmiy kengashi mavjud bo’lgan boshqa OTMga mustaqil izlanuvchi bo’lib qabul qilindim. Bu holatda men dissertatsiya mavzuyimni mustaqil izlanuvchi sifatida boshqa OTM nomidan qayta e’lon qilishim kerakmi?

JAVOB: Agar dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri va ilmiy rahbaringiz o’zgarmagan bo’lsa “OAK Bulleteni” jurnalida qayta e’lon qilishingiz shart emas. 

Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirish uchun biror joyda ishlayotgan bo’lish shartmi?

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga hujjat topshirish uchun qaysidir tashkilotda mehnat faoliyatini olib borishingiz shart emas.

Manba: ilmiy_darajali_kadrlar

@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group
6.6K viewsedited  05:01
Buka / Bagaimana
2024-05-16 19:38:38
#e’lon
#qabul_boshlandi

Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq 2024-yil 3-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim — phd.mininnovation.uz orqali hujjatlarni onlayn topshirish boshlandi.

Hujjatlar joriy yilning 1-mayidan 1-iyunga qadar qabul qilinadi.

Mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.

Ma’lumot uchun, yuborilgan hujjatlar ilmiy yoki ta’lim tashkilot tomonidan ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi.

Mustaqil izlanuvchilik(PhD, DSc)ga til sertifikati talab
etilmaydi

@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group
5.6K views16:38
Buka / Bagaimana
2024-05-16 18:06:31
Vazir oʻrinbosari akademik va doktorantlar bilan uchrashdi

16-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov Oʻzbekiston milliy universitetida faoliyat olib borayotgan akademik va doktorantlar bilan muloqot qildi.

O. Mahkamov avval akademiklar bilan suhbatlashib, ularning ilm-fan va oliy taʼlim sohasini rivojlantirishga qaratilgan taklif va tashabbuslarini tingladi, uchrashuvda koʻtarilgan masalalar yuzasidan yechim berib, munosabat bildirdi.

Soʻng universitetda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan 120 nafar doktorant, tayanch doktorant hamda mustaqil tadqiqotchilar bilan suhbatlashdi. Ochiq muloqotda yosh olimlarni qiziqtirgan qator masalalar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, ilmiy izlanishlarning samaradorligini oshirish va ularning natijalarini tijoratlashtirish borasida ham fikr almashildi.

@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group
5.9K viewsedited  15:06
Buka / Bagaimana
2024-05-16 09:37:15
#Doktorantura

Barcha sohalar shu jumladan, fizika-matematika va texnika fanlari bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga qabul qilishda tegishli fan yo‘nalishlarida milliy sertifikatga ega bo‘lgan talabgor mutaxassislik fani bo‘yicha imtihondan ozod etiladi va unga mutaxassislik fani uchun belgilangan maksimal ball beriladi

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 22.05.2017 yildagi 304-son

Qaror bilan tanishish uchun havola: https://t.me/doktorantlarofficial/656

@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group
5.6K views06:37
Buka / Bagaimana
2024-05-16 08:25:48
Hurmatli ustozlar!

“TESOL NTM” tashkiloti tomonidan beriladigan TESOL, TEFL, va TESL sertifikatlari O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli buyrug'i bilan belgilangan talablariga mos ekanligi rasman tasdiqlandi.

“TESOL NTM” shu kungacha sabr qilib, ularga ishongan va qo'llab-quvvatlagan pedagoglarga o'z minnatdorchiligini bildiradi.

Qo'shimcha savol va talablar uchun:

+99897-731-90-00

+99897-477-60-41

Hurmat bilan, “TESOL Uzbekistan”

@magistrlarofficial
5.1K views05:25
Buka / Bagaimana
2024-05-16 07:09:44
#Молодец #Рекорд

Ўзбекистонда 10 ёшли бола инглиз тилидан CEFR олди

Фарғона вилояти олис Сўх туманидаги 4 синф ўқувчиси Мусоев Комронбек Асроржон ўғли Multi level CEFR имтиҳонидан инглиз тили бўйича Б2 сертификатига эга бўлди.
Эътиборлиси шундаки ҳатто кўп ўқитувчилар қийналадиган бу имтиҳонда у осонлик билан, ёш бўлишига қарамай уддалади!


@magistrlarofficial
35.2K viewsedited  04:09
Buka / Bagaimana
2024-05-15 14:39:47 #OAKbyulleten

O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi Byulleteni. 2024-yil 1-son. Ustozlar sizning ham ilmiy tadqiqot mavzuyingiz tahrirdan o'tgan bo'lsa albatta e'lon qilingan.
Ilmiy daraja va ilmiy unvonlari tasdiqlangan ustozlarni tabriklaymiz!.

@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group
9.0K views11:39
Buka / Bagaimana
2024-05-15 08:51:59 #qoshimcha

Magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabi quyidagicha o‘zgartiriladi:

ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi!

soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi;

(Sertifikat talabi xorijiy tillar yo‘nalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 darajada saqlanadi)

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
5.4K views05:51
Buka / Bagaimana
2024-05-15 08:24:17
Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish xizmati qayta ishga tushirildi, deb yolġon xabar berishga uyalinglar!

Xatolik bermoqda.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
5.6K views05:24
Buka / Bagaimana
2024-05-15 07:00:21
OAK ro'yxatidagi jurnal/ ВАК рўйхатидаги журнал

TIBBIYOT FANLARI

OAK tomonidan 100% tan olinuvchi jurnal

OAK AMERIKA(OAK ro'yxatidagi jurnal, 123-bet)

Jurnal nomi: American Journal of Medicine and Medical Sciences

Jurnalning rasmiy veb-sayti: http://www.sapub.org/Journal/articles.aspx?journalid=1079

@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group
7.0K views04:00
Buka / Bagaimana