Get Mystery Box with random crypto!

Intellektual mulk yangiliklari

Logo saluran telegram adliyaimd — Intellektual mulk yangiliklari I
Logo saluran telegram adliyaimd — Intellektual mulk yangiliklari
Alamat saluran: @adliyaimd
Kategori: Pinjaman, Pajak dan Hukum
Bahasa: Bahasa Indonesia
Pelanggan: 1.37K
Deskripsi dari saluran

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk departamentining rasmiy kanali

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Pesan-pesan terbaru 2

2023-04-26 08:02:47
#Adliya_tabrigi

Har yili 26-aprel kuni jahon miqyosida Xalqaro intellektual mulk kuni nishonlanadi. Bundan asosiy maqsad intellektual mulk huquqini himoya qilish sohasidagi muammolar va ularning yechimlariga jamoatchilik e’tiborini qaratish, har bir yaratmani butun dunyo taraqqiyotiga hissa qoʻshishini yangi bosqichga olib chiqishdan iborat.

Mamlakatimizda xorijiy davlatlardagi kabi intellektual mulkni himoya qilishga sezilarli darajada talab ortib bormoqda. Mualliflar, ijodkorlar, aqliy ijod vakillari intellektual mulkni qimmatli boylik kabi himoya qilish, unga egalik qilish va rivojlantirish kabi masalalarning tub mohiyatini allaqachon anglab yetmoqdalar.

Demak, ushbu soha insonlar turmush darajasini sezilarli oʻzgartirishda muhim omillardan biri ekanligini koʼrsatmoqda. Shunday ekan intellektual mulk kuni nafaqat kasb egalarining balki har bir fuqaroning bayramidir!

АDLIYA VAZIRLIGI BАRCHА FUQАROLАRIMIZNI BUTUNJАHON INTELLEKTUАL MULK KUNI BILАN TАBRIKLАYDI!

@adliyaimd
1.6K viewsDilfuza Ismoilova, edited  05:02
Buka / Bagaimana
2023-04-25 09:00:22
Oʻzbekiston Respublikasi a’zo bo‘lgan Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti tomonidan boshqariladigan xalqaro konvensiyalar, shartnomalar va bitimlar:

Butunjahon intellektual mulk tashkilotini ta’sis etuvchi Konvensiya (1967-yil 14-iyul);

Sanoat mulki muhofazasi bo‘yicha Parij Konvensiyasi (1883-yil 20-mart);

Adabiy va badiiy asarlar muhofazasi bo‘yicha Bern Konvensiyasi (1886-yil 9-sentabr);

Patent huquqi to‘g‘risidagi shartnoma (PLT) (2000-yil 1-iyun);

Tovar belgilari bo‘yicha qonunlar to‘g‘risidagi shartnoma (TLT) (1994-yil 27-oktabr);

O‘simliklar yangi navlari bo‘yicha xalqaro konvensiya (UPOV) (1961-yil 2-dekabr);

Belgilarni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Madrid bitimiga Bayon-noma (1989-yil 27-iyun);

Patent kooperatsiyasi to‘g‘risidagi shartnoma (PCT) (1970-yil 19-iyun);

Patent tadbirlari maqsadlari uchun mikroorganizmlarni deponentlashtirishni xalqaro e’tirof etish to‘g‘risidagi Butapesht shartnomasi (1977-yil 28-aprel);

Belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovarlar va xizmatlarning xalqaro klassifikatsiyasi to‘g‘risida Nitsa bitimi (1957-yil 15-iyun);

Xalqaro patent tasnifi to‘g‘risidagi Strasburg bitimi (1971-yil 24-mart);

Sanoat namunalarining xalqaro tasnifini ta’sis etish to‘g‘risida Lokarno bitimi (1968-yil 8-oktabr);

BIMTning mualliflik to‘g‘risidagi shartnomasi (1996-yil 20-dekabr);

BIMTning ijrochilar va fonogrammalar bo‘yicha shartnomasi (1996-yil 20-dekabr);

Fonogramma tayyorlovchilarning manfaatlarini ularning fonogrammalari noqoqnuniy takrorlanishidan muhofaza qilish to‘g‘risidagi Konvensiya (1971-yil 29-oktabr);

Ko‘zi ojiz, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan va bosma axborotni idrok etishda boshqa jihatdan qobiliyati cheklangan shaxslarning nashr etilgan asarlardan foydalanishini yengillashtirish to‘g‘risidagi Marokash shartnomasi (2022-yil 12-yanvar);

@adliyaimd
829 viewsDilfuza Ismoilova, 06:00
Buka / Bagaimana
2023-04-21 07:59:16
#Adliya_tabrigi

Aziz yurtdoshlar!

Barchangizni shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz.

Yurtimizda tinchlik va xotirjamlik bardavom, adolat hamisha barqaror bo‘lsin!

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

@adliyaimd
421 viewsDilfuza Ismoilova, 04:59
Buka / Bagaimana
2023-04-21 07:57:43
#Qaror_ijrosi

Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida Intellektual mulk sohasi bo‘yicha navbatdagi seminar-trening bo’lib o’tdi

Batafsil

@adliyaimd
389 viewsDilfuza Ismoilova, 04:57
Buka / Bagaimana
2023-04-20 17:27:02
#Adliya_xabari

Ramazon hayiti munosabati bilan necha kun dam olamiz?

“Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2023-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 21-aprel – juma kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan Ramazon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.

Ramazon hayiti arafasida quyidagi kunlar dam olinadi:

21-aprel (juma) – Ramazon hayiti bayrami;
22-aprel (shanba) – dam olish kuni (shu jumladan,
6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun);
23-aprel (yakshanba) – dam olish kuni;
24-aprel (dushanba) – ish haftasining turidan qat'i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

@adliyaimd
449 viewsDilfuza Ismoilova, 14:27
Buka / Bagaimana
2023-04-20 10:01:40
#Bilasizmi

Qanday so‘zlar ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi?

O‘zbekiston Respublikasi "Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida"gi Qonunning 10-moddasiga binoan

davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar;

farqlash xususiyatiga ega bo‘lmagan belgilar (chiziqlar, oddiy geometrik figuralar);

muayyan turdagi tovarlarning belgisi sifatida umum foydalanishda bo‘lgan belgilar (termos, choynak, ko‘za, savat);

umum e’tirof etilgan ramzlar va atamalar hisoblangan belgilar (optika, go‘zallik saloni, oshxona, kafe, oromgoh);

tovarlarni, shu jumladan ularning turi, sifati, soni, xususiyati, qanday maqsadga mo‘ljallanganligi va qiymatini, shuningdek ularning ishlab chiqariladigan yoki o‘tkaziladigan joyi va vaqtini tavsiflash uchun foydalaniladigan belgilar (Made in China, shirin pechene, 100 foiz paxta, arzon, zo‘r texnika) tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.

@adliyaimd
452 viewsDilfuza Ismoilova, 07:01
Buka / Bagaimana
2023-04-19 15:13:28
#Brend

Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti tomonidan roʻyxatdan o‘tkazilgan va muhofaza hujjatiga ega tovar belgilari bilan tanishing.

Brend - kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida ma'lumot berib, iste'molchi e'tiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor bo‘lsa yanada yaxshi chunki sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.

Tovar belgisi BIRINCHI BO‘LIB HUJJAT TOPSHIRGAN yuridik va jismoniy shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

"Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida"gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

Tovar belgisini muhofaza qilish uchun Intellektual mulk departamentining
(71) 232 50 54 raqamiga murojaat qiling.

@adliyaimd
460 viewsDilfuza Ismoilova, 12:13
Buka / Bagaimana
2023-04-19 14:48:53
#Qaror_ijrosi

Urganch davlat universitetida Intellektual mulk sohasi bo‘yicha navbatdagi seminar-trenig tashkil etildi

Batafsil

@adliyaimd
358 viewsDilfuza Ismoilova, 11:48
Buka / Bagaimana
2023-04-18 19:43:49
#Adliya_xabari

Patent vakillari faoliyatini jonlantirish maqsadida sudyalar va patent vakillari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi


Batafsil

@adliyaimd
522 viewsDilfuza Ismoilova, edited  16:43
Buka / Bagaimana
2023-04-14 16:21:55
#Qaror_ijrosi

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati institutida intellektual mulk sohasi bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

Batafsil

@adliyaimd
616 viewsDilfuza Ismoilova, 13:21
Buka / Bagaimana