Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Qanday so‘zlar ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi? O‘z | Intellektual mulk yangiliklari

#Bilasizmi

Qanday so‘zlar ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi?

O‘zbekiston Respublikasi "Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida"gi Qonunning 10-moddasiga binoan

davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar;

farqlash xususiyatiga ega bo‘lmagan belgilar (chiziqlar, oddiy geometrik figuralar);

muayyan turdagi tovarlarning belgisi sifatida umum foydalanishda bo‘lgan belgilar (termos, choynak, ko‘za, savat);

umum e’tirof etilgan ramzlar va atamalar hisoblangan belgilar (optika, go‘zallik saloni, oshxona, kafe, oromgoh);

tovarlarni, shu jumladan ularning turi, sifati, soni, xususiyati, qanday maqsadga mo‘ljallanganligi va qiymatini, shuningdek ularning ishlab chiqariladigan yoki o‘tkaziladigan joyi va vaqtini tavsiflash uchun foydalaniladigan belgilar (Made in China, shirin pechene, 100 foiz paxta, arzon, zo‘r texnika) tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.

@adliyaimd