Get Mystery Box with random crypto!

''EPIKA'ʼ rusumli avtomobilda sodir bo‘lgan yong‘in ma'lumoti | Samarqand viloyati FVB/ O‘zingizni asrang!

''EPIKA'ʼ rusumli avtomobilda sodir bo‘lgan yong‘in ma'lumoti

Kecha, 11-may kuni soat 21:16 da Samarqand viloyati Samarqand shahri hududidan o‘tuvchi  “Toshkent-Samarqand” М-39 avtomobil yo‘lining 1081 km. da harakatlanib ketayotgan fuqaro X.A boshqaruvida boʻlgan 2011-yilda ishlab chiqarilgan ʼʼEPIKA'ʼ rusumli avtomobilda yongʻin sodir boʻlganligi haqida  viloyat FVB ga xabar berilgan.

Xabarga ko‘ra, voqea joyiga  1 ta Yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 21:27 da yetib borib, yongʻin soat 21:37 da oʻchirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari anqlanmoqda.

Boshqa yangiliklar

Facebook | Telegram | instagram | Youtube