Get Mystery Box with random crypto!

Samarqand viloyati FVB/ O‘zingizni asrang!

Logo saluran telegram samarqandfvb — Samarqand viloyati FVB/ O‘zingizni asrang! S
Logo saluran telegram samarqandfvb — Samarqand viloyati FVB/ O‘zingizni asrang!
Alamat saluran: @samarqandfvb
Kategori: Berita
Bahasa: Bahasa Indonesia
Pelanggan: 1.24K
Deskripsi dari saluran

🌐 Samarqand viloyati FVB matbuot xizmati rasmiy telegram kanali
📬Murojat uchun: @Ilhomboqiyev
tel: 998933306050
📰 Eng so‘ngi sohaga oid yangiliklar
✍ Tahliliy maqolalar
☝️ Ibratli so‘zlar
🛍 E'lonlar
🌤 Оb-havo ma'lumotlari

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Pesan-pesan terbaru

2023-05-14 08:16:05
''KIBЕRJINOYATLARGA QARSHI KURASHISH HAFTALIGI" DOIRASIDA TARG‘IBOT TADBIRLARI O‘TKAZILDI

Boshqa yangiliklar

Facebook | Telegram | instagram | Youtube
502 viewsBoqiyev Ilhom, 05:16
Buka / Bagaimana
2023-05-12 10:22:31
AVTOMOBILINGIZNI YONG‘INDAN ASRANG!

Transportdagi yong‘in kutilmaganda sodir bo‘lishi va juda tez rivojlanishi bilan xavflidir. Bunday vaqtda nima qilish kerak?! Quyida avtomobilda yong‘inga sabab bo‘luvchi omillar, ularni bartaraf etish va yong‘in vaqtida to‘g‘ri harakatlanish tartibi haqida so‘z yuritamiz. Batafsil...

Boshqa yangiliklar

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
715 viewsBoqiyev Ilhom, 07:22
Buka / Bagaimana
2023-05-12 05:41:23
''EPIKA'ʼ rusumli avtomobilda sodir bo‘lgan yong‘in ma'lumoti

Kecha, 11-may kuni soat 21:16 da Samarqand viloyati Samarqand shahri hududidan o‘tuvchi  “Toshkent-Samarqand” М-39 avtomobil yo‘lining 1081 km. da harakatlanib ketayotgan fuqaro X.A boshqaruvida boʻlgan 2011-yilda ishlab chiqarilgan ʼʼEPIKA'ʼ rusumli avtomobilda yongʻin sodir boʻlganligi haqida  viloyat FVB ga xabar berilgan.

Xabarga ko‘ra, voqea joyiga  1 ta Yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 21:27 da yetib borib, yongʻin soat 21:37 da oʻchirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari anqlanmoqda.

Boshqa yangiliklar

Facebook | Telegram | instagram | Youtube
4.4K viewsBoqiyev Ilhom, edited  02:41
Buka / Bagaimana
2023-05-11 14:00:13
Samarqandda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 12-13 va 16-17-may kunlari kutilayotgan yomg'irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan: Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Shu o‘rinda Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tog‘li va tog‘oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raydi

Boshqa yangiliklar

Facebook | Telegram | instagram | Youtube‌‌
5.1K viewsBoqiyev Ilhom, 11:00
Buka / Bagaimana
2023-05-10 16:10:12
9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Samarqand viloyati FVB tomonidan oʻz xizmat vazifasini bajarish vaqtida xalok boʻlgan xodimlarning oilalari holidan xabar olindi.

Boshqa yangiliklar

Facebook | Telegram | instagram | Youtube
1.0K viewsBoqiyev Ilhom, 13:10
Buka / Bagaimana
2023-05-10 08:44:24
Samarqand viloyati Urgut tumanida o‘tkazilgan maxsus-taktik o‘quv mashqi tafsilotlari

Boshqa yangiliklar

Facebook | Telegram | instagram | Youtube
776 viewsBoqiyev Ilhom, 05:44
Buka / Bagaimana
2023-05-09 21:56:16 Пахтачи туманида содир бўлган ёнғин тўғрисида қўшимча маълумот

Бугун, 9 май куни соат 21:25 да Самарқанд вилояти Пахтачи тумани “Янгиобод” МФЙда жойлашган аҳолига суюлтирилган газ қуйиш шахобчаси ҳудудида ёнғин портлаш содир бўлаётганлиги тўғрисида ФВ бўлимига хабар тушган.

Шунга кўра 5 та ёнғин-қутқарув экипажи етиб бориб, ёнғинни соат 22:30 қуршаб олган ва соат 23:00 да бартараф этган.

Ёнғин натижада газ қуйиш шахобчаси ҳудудида бўлган 3 та “ИСУЗУ” русумли автомашина ва уларда сиғими 50 литрли суюлтирилган углеводород газлари бўлган баллонлар ёниб зарарланган.

Ҳодиса шахобчадаги “МАН” русумли суюлтирилган газ ташувчи автомашинадан газни заҳира сиғимига бўшатиш жарёнида техника хавфсизлиги қоидаларининг бузилиши оқибатида юзага келганлиги тахмин қилинмоқда.

Дастлабки маълумотларга кўра ҳодиса оқибатида бир нафар фуқаро тан жароҳати олган. Ҳозирда вазият оқибатларини бартараф этиш ишлари олиб борилмоқда.

Воқеа жойига ФВВ, ИИБ, ССБ ва тегишли ташкилотлар ходимлари етиб борган.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
604 viewsBoqiyev Ilhom, 18:56
Buka / Bagaimana
2023-05-09 20:45:44 Пахтачи туманида содир бўлган ёнғин тўғрисида бирламчи маълумоти

Бугун, 9 май куни соат 21:25 да Самарқанд вилояти Пахтачи тумани “Янгиобод” МФЙда жойлашган тумангаз корхонаси ҳудудида ёнғин портлаш содир бўлаётганлиги тўғрисида ФВ бўлимига хабар тушган.

Шунга кўра зудлик билан ёнғин-қутқарув экипажлари воқеа жойига етиб бориб, хозирда ёнғин бартараф этилмоқда. Ёнғинга соат 21:30да етиб бориб, ёнғин ўчрилмоқда.

Вазият назоратга олинган.

Ҳодиса юзасидан қўшимча маълумот тақдим этилади.
563 viewsBoqiyev Ilhom, 17:45
Buka / Bagaimana
2023-05-09 16:35:34
Samarqandda Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda

Xotira va qadrlash kunida Samarqand shahridagi Xotira maydoniga viloyat hokimligi, huquq-tartibot idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, harbiylar, mehnat faxriylari, taʼlim muassasalari oʻquvchi-yoshlari va keng jamoatchilik vakillari jam boʻlishdi.

Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan yurtdoshlarimiz xotirasi yod etilib, Motamsaro ona haykali poyiga gul qoʻyildi.

Tadbirda Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar xodimlari ham ishtirok etdi.

Boshqa yangiliklar

Facebook | Telegram | instagram | Youtube
816 viewsBoqiyev Ilhom, 13:35
Buka / Bagaimana
2023-05-09 12:08:12
9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Samarqand viloyati FVB tomonidan oʻz xizmat vazifasini bajarish vaqtida xalok boʻlgan marhum yong‘in o‘chiruvchi Alibek Shukurov va qutqaruvchi-g‘ovvos G‘ofur Jurayevlarning oilalari holidan xabar olindi.
Ularning qisqa ammo sharfli hayot yo‘llari oila a'zolari va hamkasblari tomonidan xotirlandi hatto o‘quvchi yoshlar tomonidan ularga bag‘ishlab sherlar o‘qildi. Shuningdek, ularning qabrlarini ziyorat qilib, qur’on tilovat qildilar.
Bu kabi hayrli ishlar barcha shahar tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimlarimiz tomonidan davom ettirilib, mehnat faxriylarining xonadonlari, muqaddas qadamjolar, qabristonlarni obodonlashtirishdek ezgu ishlar olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar

Facebook | Telegram | instagram | Youtube
1.0K viewsBoqiyev Ilhom, 09:08
Buka / Bagaimana