Get Mystery Box with random crypto!

Rruhshi's

Logo saluran telegram rruhshi_me — Rruhshi's R
Logo saluran telegram rruhshi_me — Rruhshi's
Alamat saluran: @rruhshi_me
Kategori: Tidak terkategori
Bahasa: Bahasa Indonesia
Pelanggan: 256
Deskripsi dari saluran

Fikrlar, fikrlar, fikrlar.
Chegara yo'q. Bu yerda istaganimni yozaman.
Aloqa uchun: @Rruhshi_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Pesan-pesan terbaru 2

2023-04-20 03:45:38 Dunyo oq va qoradan iborat emas

“Oq-qorani ajrata olish” iborasi hamma narsani farqlay olish, saralab bilish ma'nolarini beradi.
Ya'ni sizning ulg'ayganingiz oq-qorani ajrata olasizmi yoki yo'qligi bilan o'lchanadi ba'zan/odatda.
Toʻgʻri, lekin mantiqda qisman xato bor.

Izohlaymiz.
Odatda, oq so'zi yaxshilik, qora esa yomonlikning ramziy belgisi.
Dunyo esa to'liq yomon va yaxshi narsalardan iborat emas. Aslida, 100% yomonlik yoki 100% yaxshilik mavjud emas.
Siz uchun yomon bo'lgan narsa boshqa nuqtayi nazardan yaxshi.
Boshqalar uchun zararlidek tuyilgan– sizga foydasi tegib qolishi mumkin.
Misol uchun:
–Ko'p suv ichish foydalimi?
–Ha, foydali. Tartib bilan ichilgan suv har qanday detoks preparatlaridan xavfsiz va samarali.
–Hop, ko'p suv ichish foydali bo'lmasligi mumkinmi?
–Ha, jiddiy xavf keltirishi ham mumkin.
–Tartib bilan ichilsa hammi?
–Ha,yurak yetishmovchiligi, buyrak va jigar kasalliklarida tartib bilan ichilgan suv ham asoratlar xavfini oshirishi mumkin.
Boshqa misollarni ham keltirish mumkin.

O'ta aniqlik – qiyin masala.
Mustasnolar ko'p.

Aynan shuning uchun qabul qilingan informatsiya haqida keskin xulosa qilishga shoshilish yaxshi emas.
Fikrlar o'zgaruvchan.
Vaziyat o'zgaruvchan.
Odamlar o'zgaruvchan.

@rruhshi_me
556 views00:45
Buka / Bagaimana
2023-04-13 10:38:35 —Qaysi javob to'g'riroq?
—Og'riqliroq bo'lgani.

M.Stivoter “Ballada”
792 views07:38
Buka / Bagaimana
2023-04-10 09:06:27 Hayotdagi maqsadingizga jiddiy qarab, hech narsaga chalg'imay faqat harakat qilaversangiz juda ko'p do'stlaringiz, tanishlaringizdan ayrilasiz. Gaplashmay qo'yishadi. Siz ularning, ular sizning zonangizdan chiqib ketishadi.
Shu uchun ham, lamborjini 2 o'rindiqli, avtobus esa 50 o'rindiqli qilib ishlab chiqariladi.
1.1K views06:06
Buka / Bagaimana
2023-04-07 18:30:57
1.1K views15:30
Buka / Bagaimana
2023-04-06 22:31:08 Blogda subyektiv fikrlarim, xulosalarim, o'qiganlarim, bilmagan/bilganlarim haqida yozib boraman.
Olingan fikrlar yoki kitobdan parchalar mualliflik huquqini himoya qilingan holatda belgisi bilan keltiriladi. Shaxsiy blog (aksariyat qizlar blogi) linklarini muallif roziligisiz qo'ya olmayman.Ularning shaxsiyatini hurmat qilgan holatda, albatta.

Muntazam post yozib yurmasligim va kanal bir qancha vaqt "o'tirib qolishini" sababi – dangasaligim yoki vaqt masalasi.
Yig'iib qo'yib keyin yozishim ham mumkin. Yoki haftalab yozmasligim ham.

Yozganlarimni o'qiydigan qorako'zlarning vaqtini qadrlayman.
Shuning uchun har bir postimga e'tibor va vaqt ajratishga harakat qilaman.

Professional blog yuritish haqida ko'p narsa bilmayman. Nimani yozmoqchi bo'lsam, yozaman tamom.

Ko'ringanim/o'ylaganingizday mukammal emasman.
O'zimga yarasha xato-kamchiliklarim ko'ppale)
O'zi gumongizdan ziyoda qilsin.
Rahmat!

P. S. Aloqa bot ishlayapti.
Taklif, shikoyat, murojaat uchun:
@Rruhshi_bot
981 views19:31
Buka / Bagaimana
2023-04-05 03:43:43 Bu ayol, 3 ta bola hech narsa emas… bu birinchisi ham emas… oxirgisi ham emas… 1 yilda bittasi 3 ta bolasi bilan poyezdni tagiga tashladi o’zini, bittasi esa suvga otdi o’zi va ikki bolasini…
Keyinroq Nestone ni 50 chi etajidan o’zini tashlasa ham ajablanmayman

Chunki bizda ayol odam emas, chunki u butun umr kelinlikka tayyorlangan, u bilim olmagan, sarpo olgan… u ota-onasining mehriga to’ymagan, u faqat nasihatga to’ygan, so’ralmagan maslahatga to’ygan…

JAMIYATdagi MUHIT o’zgarmas ekan, bunaqa vaziyatlar takrorlanaveradi…

Eridan mehr ham bola katta qilishda yordam ham olmagan ayollar bolasiga SHAXSIY MULK sifatida qarayveradi…
Va xohlasa uradi, xohlasa o’ldiradi

Jamiyat esa ularning o’lgan joyida shahar quradi, baland baland binolar quradi…
Lekin, bu holatni to’xtatish uchun to’g’ri, amaliy TIZIM qurmaydi!

1.5K views00:43
Buka / Bagaimana
2023-04-04 17:51:52 Motivatsiya xavfli(mi?)

Insonning diqqati chegaralangan. Resurslari ham. Ma'lum muddatda tormozlanish yoki finish nuqtasini his qilish ham shu sababdan.
Lekin istalgan progress davomiylikni talab qiladi.

Davom etish uchun esa turtki kerak. Kimdir/nimadir sizni turtib yuborishi (ba'zilarni esa yaxshigina tepib yuborish) kerak. Ho'p, bu turtkini pardozlangan formati – motivatsiya!

Zamonaviy mehnatkashning shikoyati - motivatsiya yo'qligi.
Bobo/buvingiz motivatsiya qidirganini ko'rganmisiz? Kulgili eshitiladi-a?
Lekin Z avlod uchun kulgili emas, dilemma bu.
You tube platformasida millionlab prosmotr oladigan bu mavzu o'z-o'zidan ehtiyoj va talab borligini ko'rsatadi. To'g'ri, ancha chaynalgan mavzu, lekin aktualligini yo'qotmaydi.

“O'rningdan tur,endi yugur, dumala. Qo'lingdan keladi,uddalaysan haa qani” deydigan haybarakallachilar odatda bir xil kontent qilishadi. Qarshi emasman, negativ fikr bildirmoqchi ham emasman. Yaxshi.
Kimdir manfaat, foyda oladi.

To'g'ri, uddalaydi. Buni o'zi ham biladi. Lekin qanday?
Ana, qayer og'riydi

“Eng qiyini - xohlayotgan narsangni qilish emas,nima xohlayotganini bilish” -degandilar Aziz Rahimov.
Aksariyat ko'pchilik nima xohlayotganini bilmaydi. Ya'ni, ko'p xohishlarimiz jamiyat standardlaridan o'sib chiqqan, ichki talabdan emas.
Suv ichish uchun qayerdan motivatsiya olasiz? Ovqat yeyishga-chi? A labbay?

-”Jinnimisiz, Ruhshi . Savolni qarang, bu uchun motivatsiya kerak emas”.

Motivatsiya emas, talab bor.
Haqiqatdan istaganingiz uchun motivatsiya kerakmas. U nisbiy va bitta omilgan borib taqalmaydi. Hammada bor, balki ishlatilinmagan, uyg'onmagan bu motivatsiya jonivor

Endi sarlavhachamizga qaytamiz.

Miya asabiy energiya ishlab chiqaruvchi hujayralar to'plami- retikulyar formatsiya deb ataladi. Kolxozlashtirib aytsak, miyamiz zaryadkasi bu retikulyar formatsiya va unda ma'lum sig'im bor. Bu sig'im sizning qobilyatingizdan kelib chiqib shakllangan. Miya maksimal qo'lingizdan nima kelishini biladi. O'lcham bor.
Siz esa bundan bexabar kaaatta yuklama berasiz miyaga. Ya'ni kechqurun You tube titib motivatsion video ko'rasizda, ertadan boshlab zalga chiqasiz, til o'rganasiz, 100 betlab kitob o'qiysiz, biznes boshlab allaqachon biror milllion dollar ham topib qo'yasiz (yoningizda Elon Musk hijolat ) Vaaa lekin ertalab yana o'zingiz bo'lib uyg'onasiz. Eski hammom eski ...

Siz miyaga katta yuklama beraverasiz,miya imkoniyatingizni hisobga olib yoki energiya tejash maqsadida aytganingizni qilmaydi.
Yana motivatsiya beraverasiz,natijani xohlaganingizday ololmaysiz. Xullas, miyangiz bilan urushib qolasiz.

Qolaversa, motivatsiya narkotikka o'xshaydi. O'rganib qolasiz. Me'yor yaxshi.
Uzoq davom etuvchi motivatsiya ichkaridan chiqadi. Buning faktori - kichik natijalar, kichik ammo davomiy harakatlar.

Eng yaxshi motivatsiya bu qo'rquv, meningcha. Chunki, eng yaxshi trigger ham qo'rquv. Motivatsiya bo'lmasligi mumkin,lekin qo'rquv doim bo'ladi.

10-20 yildan keyinga qo'ygan maqsadlaringiz bor. O'sha 10-20 yildan keyingi o'zingizdan hammasiga qanday erishganizni so'raysizmi yoki nega qilishiz kerak bo'lgan ishlarni bila turib harakat qilmaganingiznimi?


@rruhshi_me
868 views14:51
Buka / Bagaimana
2023-03-29 15:37:26 Motivatsiya

Motivatsiya - ehtiyojni qondirishga yo'naltirilgan harakat. Aslida, bu nisbiy tushuncha. Ya'ni, konkret qolipga ega emas.

Inson 3 ta asosiy talab bilan tug'iladi.
1) Xavfsizlik
2) Kuch
3) Jinsiy mayl

Shunga ozgina kengaytma bermoqchiman.
1. Kuch
Sotsial mavjudotlar jamiyatda ma'lum bir o'rin/mavqeni egallashga urinishi.
Bu esa o'z o'rnida shaxsiy potensiya, kuchga qarab belgilanadi.
Intellekt kuchi, moddiy baza,jismoniy quvvat eng asosiylaridir.
Hozirgi turgan positsiyamiz shu 3 kuchdan biriga borib taqaladi. Eng kamida bitta yaxshi rivojlantirilgan potensial ham keyingilarini tortib keladi

2. Jinsiy mayl
Har bir mavjudot nasl qoldirishga haqli, balki uning burchidir.
Jamiyat ham shu talab asosida qurilgan va rivojlanyapti.
Umumiy prioretlardan biri bo'lgan baxt/dofaminga erishishni ham shunga bog'lash mumkin. Qolaversa,
teng tengi bilan baxtlidir.

3.Xavfsizlik
Kasal bo'lsangiz sog'ayishga harakat qilasizmi? Yoki o'lishingizni poylab yotasizmi?
Yo'q, albatta.
Kasallanganimizda tuzalishga,uni oldini olishga qiladigan harakatimiz, har kuni ovqat yeyishimiz, hatto oddiy jarohat olishdan o'zimizni saqlashimiz xavfsizlik talabi asosida.
Nima uchun uy quramiz, unda yashaymiz?
Xavfsizlik uchun.
Nima uchun uxlaymiz?
Xavfsizlik uchun.

Boshqa talablardan farqli tarafi organizmimiz bu uchun signal beradi. Va signal uzluksiz, davomiy keladi. Agar halicha tirik bo'lsak

Maqsad talabga qo'yiladi. Maqsad talabdan tug'iladi. Demak,talab bormi maqsad ham bor.
Idrok qobiliyatidan kelib chiqib bu maqsadlarni kengaytiramiz, aniqlashtiramiz.
Birovdan ko'chirilgan maqsad ishlamaydi, odatda. Haqiqiy ehtiyojdan o'smagan maqsad mutassil tashqi motivatsiyaga muhtoj. Sizda bu uchun talab yo'qmi, maqsad ham mavjud emas.

@rruhshi_me
986 views12:37
Buka / Bagaimana
2023-03-29 15:18:18 Motivatsiya siz uchun nima? Siz va motivatsiya o'rtasidagi munosabat qanaqa? Hammaning fikri muhim Keyin o'zimam binnimalar desammikan deb turuvdim. Nima dedingiz?
826 views12:18
Buka / Bagaimana