Get Mystery Box with random crypto!

Rruhshi's

Logo saluran telegram rruhshi_me — Rruhshi's R
Logo saluran telegram rruhshi_me — Rruhshi's
Alamat saluran: @rruhshi_me
Kategori: Tidak terkategori
Bahasa: Bahasa Indonesia
Pelanggan: 256
Deskripsi dari saluran

Fikrlar, fikrlar, fikrlar.
Chegara yo'q. Bu yerda istaganimni yozaman.
Aloqa uchun: @Rruhshi_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Pesan-pesan terbaru

2023-04-29 11:03:57
Fikringiz qiziq)

122 views08:03
Buka / Bagaimana
2023-04-24 18:41:18 ​​Defolt tizimi Daholik – bu shunchaki nuqtayi nazar . Daholik — har doim insonlarni hayratga sola oladigan va boshqalardan ajratib tura oladigan maxsus xususiyat. Bu xususiyat tasodifmi yoki tug'ma? Jeyms Saydisga o'xshab 1 yoshda o'qish, 40 ta tilni bilish…
362 views15:41
Buka / Bagaimana
2023-04-24 18:38:22 ​​Defolt tizimi

Daholik – bu shunchaki nuqtayi nazar . Daholik — har doim insonlarni hayratga sola oladigan va boshqalardan ajratib tura oladigan maxsus xususiyat. Bu xususiyat tasodifmi yoki tug'ma?
Jeyms Saydisga o'xshab 1 yoshda o'qish, 40 ta tilni bilish yoki Mendeleyevdek elementlarni davriylashtirish va eng qizig'i buni tushida ixtiro qilishga o'xshash holat tasodifmi yoki genetik muvaffaqiyat?

Davronbek Turdiyevning "Defolt tizimi" kitobida har birimizdagi mavjud bo'lgan shunday xususiyatlar, inson va uning miyasida sodir bo'ladigan g'ayrioddiy, lekin oddiy haqiqatlar haqida so'z boradi.

Shaxsiyat shakllanishida tarbiya va muhit qanchalik muhim?
Ko'zga ko'rinmas elementar narsalar kumulativ tarzda yig'ilib, bir kun boom effektini berishini hammamiz bilsak ham e'tibor bermaymiz. Bolani 2 yoshidan boshlab kitob o'qishga o'rgatish mumkinligini bilarmidingiz?
4 yoshidan 8 yoshigacha 4 ta kitob yozgan Uilyam Jeyms Saydis 1 yoshida savodli bo'lgan. Kitob muallifi esa 3 yoshidan boshlab o'qiy boshlaganini avval fenomenal deb o'ylagan to aslida bu oddiy holatligini keyinchalik bilmagunicha.
Shaxsan o'zim 5 yoshimda savodli bo'lganimni endi noodatiy hodisa deb o'ylamaymaydigan bo'ldim.
"Odam qilgan ishni odam qila oladi "-deb aytgandilar bir ustozim. Haq gap.

"Quyosh tagida hech qanday yangilik yo'q", degan gap bor. Bu haqiqat.
Chunki har qanday ma'lumot, uslub tizimni kimdir, qachonlardir o'rganib chiqqan. Velosiped ixtiro qilishning keragi yo'q. Uni ixtiro qilib bo'lishgan. Lekin yaxshilab shug'ullasangiz, velopoygada chempion bo'lish ehtimolingiz yo'q emas.

Agar inson bir yo'nalishda 10.000 soat mashq qilsa, u shu yo'nalish bo'yicha ekspertga aylanadi. O'n ming soatni qanday va qanday o'tkazish esa boshqa masala.
Nega universitet bergan bilimning o'zi yoki ikki oylik kurschalar seni mutaxassis qilib qo'ya olmasligini endi tushungandirsan, Karl?

Nega hech nimani o'ylamaslikning iloji yo'q?
Miyamiz har doim turli fikrlar bilan band va eng ajoyibi biz ularni ongli tarzda miyamizga keltirmaymiz.
1997-yil Gordon Shulman miyaning ongga bo'ysunmaydigan passiv tizimi borligini topgan. Keyinchalik 2001- yil nevrolog Markus Reychel bu borasida tadqiqot olib borgan.
Eksperiment ishtirokchilari - talabalarga qiyin turdagi ilmiy masala bergan va FMRT apparati orqali miyada sodir bo'layotgan o'zgarishlarni kuzatgan.
Miya skanerlanish jarayonida uning faqat old qismi – neokorteks ishlayotganini ko'rish mumkin edi.
Masalani yechib bo'lishganidan so'ng, apparatning ichida talabalarni yolg'iz qoldirib, uskuna o'chirilmagani aytilmagan. Va shunda miyaning 95% hujayralari aktivlashgan. Ya'ni miyaning asosiy kuchi u mehnat qilayotganida emas, balki dam olayotganida uyg'onishi ma'lum bo'lgan. Ajoyib. Shunday emasmi?

Kitobning bo'limlarida shu defolt tizimi bilan ishlash va funksiyalariga atroflicha to'xtalib o'tilgan.
Biz tushimiz ssenariysini qayerdan olamiz? Mendeleyev qanday qilib tushida davriy sistemani yaratgan?
Shu kabi savollarga javobni kitobdan olishingiz mumkin.

Kitob muallifi o'z sohasida 10 yillik tajribaga ega. Qolaversa, bu yerda boshqa mutaxassislar xulosalari va tajribalari ham keltirilgan. Umumiy, qisqaroq ammo juda sodda tilda va shuning uchun tushunarli.
Kitob shunchaki informatsiya uyumi emas, qator praktika uchun qo'llanmalarni ham o'z ichiga oladi. 130+ betdan iborat, o'rtacha shriftda yozilgan.
O'zim ikki yarim soat ichida o'qib tugatdim va juda yoqdi.
10/10

P. S. Kitob manga muallif tomonidan sovg'a qilingan. Sotuvda mavjud emas. Faqat muallifning rasmiy sayti orqali menejeriga bog'lanib buyurtma qilishingiz mumkin.

@rruhshi_me
410 views15:38
Buka / Bagaimana
2023-04-23 23:28:53
13. Maqsadim qanaqaligiga bog'liq bo'lgan.
Eng yaxshi o'rnak bu ota-onam.
Va yana o'z sohasini haqiqiy mutaxassislariga havas qilaman.

Siz erishmoqchi bo'lgan nuqtada turgan odamni kumir qilish kerak. Tayyor namuna yaxshi baribir. Lekin, hech kim mukammal emasligini hisobga olib kerakli xususiyatlardan nusxa olish kerak faqat, to'liq shaxsiyatdan emas.
Buni o'zim keyin tushunib yetganman.
Hozirda 100% lik kumirim yo'q.

14. O'qing, o'qing va yana o'qing. Til o'rganing.Diningizni o'rganing.
Serial, kinolar katta hayotga tayyorlamaydi hech kimni.
Ota-onangizning qattiqqo'lligini normal qabul qiling. Nazoratsiz bo'lishdan ko'ra nazoratda bo'lgan yaxshi.
Hamma narsa haqida o'ylab ko'ring, oxiri qanaqa yakun topishiga qiziqing.
Dekorativ kosmetikaga ishlatishga shoshilmang. Parvarish bundan mustasno, oyparcha
Bo'sh vaqtingiz bo'ladimi yoki yo'q, maksimum ko'p kitob o'qing. Oyimtilla, tannoz dugonalardan ko'ra oyingiz bilan yaqinroq bo'ling,muhimligingizni bildiring.
Eng muhimi, YIGITLARGA ISHONMANG!
313 viewsedited  20:28
Buka / Bagaimana
2023-04-23 23:09:12 11. Valeykum assalom.
Yaxshiman, rahmat.
Abituriyentligim haqida ko'pchilik so'ragan, uzuuun post yozsammikan.
Lekin ayrim shaxsiy kartalarni ochishimga to'g'ri keladi
Agar foydasi tegadigan bo'lsa yozaman


12. Yaxshi)
267 views20:09
Buka / Bagaimana
2023-04-23 23:05:11
9. Taqriz yozishni qoyillatmayman-da, spoyler bilan to'ldirib qo'yishim mumkin.
Lekin harakat qilaman. Yaqinda 2 ta kitob tugatdim. Shularga taqriz yozaman endi.

10. Xotirjam singlingiz bilan gaplashib oling. Ota-onangizdan alohida o'zingiz (ba'zan bolalar ota-onasi yonida o'zini bemalol his qila olmaydi).
Nega olganini emas, nimaga shunday qilishga ehtiyoji bo'lganini so'rang. Nega bu qarori to'g'ridek ko'rinibdi?
O'zini qilgan ishini 3-shaxs sifatida baholattiring o'ziga. Siz topmang aybini. O'zi topsin.
Agar o'g'irlangan narsa pul bo'lsa, pulning qayerdan va qanday kelishini, halol va harom nima ekanligini tushuntiring. Shaxsiy narsalar nega shaxsiyligi, birovning haqi tushunchasini shakllantirishiga yordam bering.
Bundan tashqari tashvish, e'tibor yetishmasligi va tengdoshlar bosimi kabi sabablari bo'lishi mumkin
258 views20:05
Buka / Bagaimana
2023-04-23 22:43:49
3. Valeykum assalom.
10 yil avval nechi yosh bo'lgan bo'lsam shundan 20 yosh katta bo'laman)

4. Fikr

5. Ko'p so'rashadi shu savolni.
Sanab chiqmagan ekanman. Lekin kam o'qiganman, shuni bilaman.

6. Valeykum assalom.
Neytraldan ijobiy fikrdaman.
Rivojlanish uchun 3P metodining 3-sharti поделится, ya'ni o'rganganini, bilganini bo'lishish. Lekin hamma har xil yuritadi buni. Shaxsiy tanlovi va xohishi asosida, bu normal.
Shaxsan o'zimning 7 ta kanalim bor. Bitta o'zim o'tiradigan kanallarim ko'p.

7. Oddiy)

8. Tasodifiy fikrlarim, rahmat)
252 views19:43
Buka / Bagaimana
2023-04-23 22:34:09
1.

2. Kimdir kimdir uchun hamma narsadan kechishi kerak emas. Hech qachon hammasidan kechib bo'lmaydi yoki bu qaror to'g'ri ekanligida shubha bo'ladi.
Hammasini birga davom ettirgan yaxshidir balki. Hamma narsa deyilganda nima nazarda tutilgani boshqa masala.
Yarim yo'lda taslim bo'lishga kelsak, qaytish niyati bo'lsa boshlama ham.
Boshladingmi, yakun yasa.
251 views19:34
Buka / Bagaimana
2023-04-23 12:33:09 Assalomu alaykum,fam
Hamma yaxshimi?

Anchadan buyon yozmadim.
Gaplashmaymizmi?
Hammaning hamma savoliga javob berishga harakat qilaman.
Yangi postga fikr yo ilmoq tashlab ketsangiz xursand bo'laman)
(Anonim bu,akkaunt ko'rinmaydi)


t.me/questianonbot?start=1077710916
297 views09:33
Buka / Bagaimana
2023-04-20 22:35:25
Eid ul Fitr muborak!🩷


@rruhshi_me
457 views19:35
Buka / Bagaimana