Get Mystery Box with random crypto!

​​Defolt tizimi Daholik – bu shunchaki nuqtayi nazar . Dahol | Rruhshi's

​​Defolt tizimi

Daholik – bu shunchaki nuqtayi nazar . Daholik — har doim insonlarni hayratga sola oladigan va boshqalardan ajratib tura oladigan maxsus xususiyat. Bu xususiyat tasodifmi yoki tug'ma?
Jeyms Saydisga o'xshab 1 yoshda o'qish, 40 ta tilni bilish yoki Mendeleyevdek elementlarni davriylashtirish va eng qizig'i buni tushida ixtiro qilishga o'xshash holat tasodifmi yoki genetik muvaffaqiyat?

Davronbek Turdiyevning "Defolt tizimi" kitobida har birimizdagi mavjud bo'lgan shunday xususiyatlar, inson va uning miyasida sodir bo'ladigan g'ayrioddiy, lekin oddiy haqiqatlar haqida so'z boradi.

Shaxsiyat shakllanishida tarbiya va muhit qanchalik muhim?
Ko'zga ko'rinmas elementar narsalar kumulativ tarzda yig'ilib, bir kun boom effektini berishini hammamiz bilsak ham e'tibor bermaymiz. Bolani 2 yoshidan boshlab kitob o'qishga o'rgatish mumkinligini bilarmidingiz?
4 yoshidan 8 yoshigacha 4 ta kitob yozgan Uilyam Jeyms Saydis 1 yoshida savodli bo'lgan. Kitob muallifi esa 3 yoshidan boshlab o'qiy boshlaganini avval fenomenal deb o'ylagan to aslida bu oddiy holatligini keyinchalik bilmagunicha.
Shaxsan o'zim 5 yoshimda savodli bo'lganimni endi noodatiy hodisa deb o'ylamaymaydigan bo'ldim.
"Odam qilgan ishni odam qila oladi "-deb aytgandilar bir ustozim. Haq gap.

"Quyosh tagida hech qanday yangilik yo'q", degan gap bor. Bu haqiqat.
Chunki har qanday ma'lumot, uslub tizimni kimdir, qachonlardir o'rganib chiqqan. Velosiped ixtiro qilishning keragi yo'q. Uni ixtiro qilib bo'lishgan. Lekin yaxshilab shug'ullasangiz, velopoygada chempion bo'lish ehtimolingiz yo'q emas.

Agar inson bir yo'nalishda 10.000 soat mashq qilsa, u shu yo'nalish bo'yicha ekspertga aylanadi. O'n ming soatni qanday va qanday o'tkazish esa boshqa masala.
Nega universitet bergan bilimning o'zi yoki ikki oylik kurschalar seni mutaxassis qilib qo'ya olmasligini endi tushungandirsan, Karl?

Nega hech nimani o'ylamaslikning iloji yo'q?
Miyamiz har doim turli fikrlar bilan band va eng ajoyibi biz ularni ongli tarzda miyamizga keltirmaymiz.
1997-yil Gordon Shulman miyaning ongga bo'ysunmaydigan passiv tizimi borligini topgan. Keyinchalik 2001- yil nevrolog Markus Reychel bu borasida tadqiqot olib borgan.
Eksperiment ishtirokchilari - talabalarga qiyin turdagi ilmiy masala bergan va FMRT apparati orqali miyada sodir bo'layotgan o'zgarishlarni kuzatgan.
Miya skanerlanish jarayonida uning faqat old qismi – neokorteks ishlayotganini ko'rish mumkin edi.
Masalani yechib bo'lishganidan so'ng, apparatning ichida talabalarni yolg'iz qoldirib, uskuna o'chirilmagani aytilmagan. Va shunda miyaning 95% hujayralari aktivlashgan. Ya'ni miyaning asosiy kuchi u mehnat qilayotganida emas, balki dam olayotganida uyg'onishi ma'lum bo'lgan. Ajoyib. Shunday emasmi?

Kitobning bo'limlarida shu defolt tizimi bilan ishlash va funksiyalariga atroflicha to'xtalib o'tilgan.
Biz tushimiz ssenariysini qayerdan olamiz? Mendeleyev qanday qilib tushida davriy sistemani yaratgan?
Shu kabi savollarga javobni kitobdan olishingiz mumkin.

Kitob muallifi o'z sohasida 10 yillik tajribaga ega. Qolaversa, bu yerda boshqa mutaxassislar xulosalari va tajribalari ham keltirilgan. Umumiy, qisqaroq ammo juda sodda tilda va shuning uchun tushunarli.
Kitob shunchaki informatsiya uyumi emas, qator praktika uchun qo'llanmalarni ham o'z ichiga oladi. 130+ betdan iborat, o'rtacha shriftda yozilgan.
O'zim ikki yarim soat ichida o'qib tugatdim va juda yoqdi.
10/10

P. S. Kitob manga muallif tomonidan sovg'a qilingan. Sotuvda mavjud emas. Faqat muallifning rasmiy sayti orqali menejeriga bog'lanib buyurtma qilishingiz mumkin.

@rruhshi_me