Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum hurmatli Ustozlar! www.ommalashtirish.uz elek | OMALASHTIRISH/ PLATFORMA.UZ

Assalomu alaykum hurmatli Ustozlar! www.ommalashtirish.uz elektron platformasi bo'yicha qachonkeyingi mavsumga ishlarimizni yuklay olamiz? Yana qachondan e'tiboran, ommalashtirish.uz elektron platformasi o'z ishini davom ettiradi kabi mazmundagi savollar bilan telefon qo'ng'iroqlari bo'lib turibdi. Shuni aytish joizki, www.ommalashtirish.uz elektron platformasiga 1-martiga qadar Respublikadagi barcha o'qituvchilarning ilg'or ish tajribalarini ekspertlar tomonidan tekshirish jarayonlari o'z yakuniga yetmaganini aytilmoqda. Tekshirish tahlillariga ko'ra, umumta'lim maktabining barcha o'quv fanlari doirasida ko'pgina ishlar Internetdan yuklab olinganlik holatlari (plagiat) ekanligi uchrab turibdi. Ekspertlar tomonidan bu kabi ishlarni umuman ommalashtirishga tavsiya etilmaydi. Shuningdek, ilg'or ish tajribalarni ommalashtirish bo'yicha keyingi mavsumi 1-bosqich yakunlari e'lon qilinganidan so'ng, ommalashtirish.uz platformasiga tashkilotning rasmiy Telegram kanalida xabar qilinadi.