Get Mystery Box with random crypto!

1. O'qituvchilar ni ishi hozirda Ekspertlar tomonidan baholani | OMALASHTIRISH/ PLATFORMA.UZ

1. O'qituvchilar ni ishi hozirda Ekspertlar tomonidan baholanish jarayoni boshlangan.

2. O'qituvchilar, "LIKE" yig'shi masalasi sizlar tomonidan boshqacha talqin qilingan. Buning asosiy maqsadi Faqatgina Ishlarni baholab berishi so'ralgan. Ming "Like" yig'ilgani bilan Hali u o'qituvchining baholandi degani emas. Ekspertlar yana qayta baholaydi. To'g'ri tushunmayapsizlar, like yoki yulduzchadan maqsadni.

3. Baholanish jarayonida ekspertlar tomonidan shaffoflik bilan yondashilmoqda.

4. Ushbu guruh yoki boshqa guruhlarda ilg'or ish tajribalarni URL linkini tashlab baholash jarayonini " manikini baholab bering, sizniki ni baholayman" mazmunida Siz o'qituvchilar boshlab berdinglar. Shumi siz aytayotgan shaffoflik yoki adolat degan so'zlar. Ma'sullar faqatgina kuzatdi bu jarayonni nima bilan tugarkin deb. Endi sayt yoki ushbu guruh ma'sullarni aybdor qilish qanchalik to'g'ri?

5. Ekspertlar tomonidan 1-tur natijalari blokiga saralangan ishlarni tahlil qilib Ilmiy metodik kengashi qarori asosida so'nggi yakuniy xulosa qilinadi. Salkam 1 oy ga yaqin vaqt oralig'ida baholash jarayoni davom etadi.

6. Keyingi mavsumga ishlarni yuklash jarayoni haqida Texnik kamchiliklar borligi sabab Saytni ishga tushirish bo'yicha xabar qilinadi.

7. Yakuniy xulosalar ma'sul tashkilotning rasmiy kanalida e'lon qilinadi.