Get Mystery Box with random crypto!

O'quvchilaringizga psixologik ta'sir ko'rsating! Uzr so‘ra | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

O'quvchilaringizga psixologik ta'sir ko'rsating!

Uzr so‘ramang, minnatdor bo‘ling;

Agar darsga biroz kechiksangiz "Kechirasizlar, kechikdim" emas, o‘rniga "kutganingiz uchun tashakkur" deb ayting. Siz o'quvchilar eʼtiborini o‘z aybingiz emas, balki o'zlarining yaxshi xislatlariga qaratgan bo'lasiz.

Agar siz o'quvchini tanqid qilmoqchi bo‘lsangiz, avvalo maqtov bilan gapiring, keyin tanqidni ayting - va yana maqtov, ana o‘shanda sizning so‘zlaringiz negativ tarzda qabul qilinishi kamayadi.

Tinglang;

O'quvchini gapirishiga yo‘l bering. Agar u to‘xtab qolsa - biroz kuting. U o‘z-o‘zidan sukunatni to‘ldirishni istaydi va qayta gapiradi, mavzuni rivojlantirishni boshlaydi.

Munozara davomida barcha o'quvchilar bilan kelishilgan narsalarni toping va faqatgina asosiy muammolarni muhokama qiling.

Yuqoridagi ko'nikmalar sizni o'quvchilar oldida hurmatingizni yanada oshiradi, shuningdek ular sizda "stressli" vaziyatlar kelib chiqishini oldini oladi!

Kreativ Pedagog - Kreativ ustozlar kanali!