Get Mystery Box with random crypto!

Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

Logo saluran telegram kreativ_pedagog — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal K
Logo saluran telegram kreativ_pedagog — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal
Alamat saluran: @kreativ_pedagog
Kategori: Pendidikan
Bahasa: Bahasa Indonesia
Pelanggan: 40.90K
Deskripsi dari saluran

📌 Kreativ pedagog — Kreativ o‘qituvchilar kanali
📲 Reklama uchun: @talimdareklama
💡 Ikkinchi kanal: @Ochiqdarsim
〽️ Kreativ pedagoglar: @Qahramon_pedagog

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Pesan-pesan terbaru

2024-05-07 10:38:48 O'qituvchilarga 40 foiz ustama berish yo‘lga qo‘yiladi

2024-2025-oʻquv yilidan boshlab oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, oʻquvchilari ijobiy koʻrsatkichlarni qayd etayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 40 foizgacha ustama berish tartibi joriy etiladi

Endilikda ustozlarning dars o‘tish mahorati va sifatiga e'tibor beriladi, demak kreativ pedagog bo‘lish yildan yilga muhim ko‘nikmaga aylanmoqda!

Kreativ Pedagog - kreativ ustozlar kanali!
12.8K viewsedited  07:38
Buka / Bagaimana
2024-04-29 06:21:38
#ibrat

Nepaldagi yosh o‘quvchilarning ilm egallash uchun maktab sari mashaqqatli va xavfli yo‘li

Bir tarafdan bu maktabga vaqtida borish yagona imkoniyati, ikkinchi tarafdan xayotini yuqori havfga qo‘yish vaziyatidir.

Sizning ilm egallash yo‘lingiz bu qadar mashaqqatlimi?
Ilm olishga intilmaslik bahonangiz bundanda uzrlikmi?

O'quvchilaringizga ham ulashing!

Kreativ pedagog - Kreativ o'qituvchilar kanali!
27.8K viewsedited  03:21
Buka / Bagaimana
2024-04-27 07:20:25
"Ikki daqiqa qoidasi" haqida eshitganmisiz?

Shunday paytlar kelib qoladiki hal qilinishi muhim bo’lgan masalalarning keti uzilmaydi. Ba’zan qo’ng’iroq va xatlarga javob berish, o'quvchilar bilan ishlash va ko’p mayda ishlarni qilish bilan kuningiz o’tib ketganini bilmay qolasiz

Ish vaqtingizni optimizatsiya qilishingiz uchun sizga "Ikki daqiqa qoidasi" kerak bo’ladi.

Unga ko’ra ikki daqiqada bajarilishi mumkin bo’lgan ishlarni hech qachon keyinga qoldirmaslik kerak. Agar iloji bo`lmasa, uni tez orada “tinchitish”ga shoshiling.

Shu tariqa, siz o'z mahsuldorligingizni oshirasiz. Aks holda, paytida ikki daqiqada hal qilinmagan vazifa uchun ko’p vaqt talab qilinishi mumkin

Yanada oson usuli, bir necha ishlaringiz ro'yhatini tuzing va shunchaki telefoningizni 2 daqiqa taymerga sozlang. So'ngra "bitta ish = 2 daqiqa" tarzida bajarishni boshlang. Oxirigacha tugatish muhimmas. Tez-tez almashtirib, birin-ketin ishlaringizni quvnoq tarzda tugatib olaverasiz

"2 daqiqa qoidasi" usulini qanday tushundingiz va bu usul sizga foydali bo'lishiga ishonasizmi?

Kreativ Pedagog - Kreativ ustozlar kanali!
15.6K views04:20
Buka / Bagaimana
2024-04-26 08:05:35 O'quvchilaringizga psixologik ta'sir ko'rsating!

Uzr so‘ramang, minnatdor bo‘ling;

Agar darsga biroz kechiksangiz "Kechirasizlar, kechikdim" emas, o‘rniga "kutganingiz uchun tashakkur" deb ayting. Siz o'quvchilar eʼtiborini o‘z aybingiz emas, balki o'zlarining yaxshi xislatlariga qaratgan bo'lasiz.

Agar siz o'quvchini tanqid qilmoqchi bo‘lsangiz, avvalo maqtov bilan gapiring, keyin tanqidni ayting - va yana maqtov, ana o‘shanda sizning so‘zlaringiz negativ tarzda qabul qilinishi kamayadi.

Tinglang;

O'quvchini gapirishiga yo‘l bering. Agar u to‘xtab qolsa - biroz kuting. U o‘z-o‘zidan sukunatni to‘ldirishni istaydi va qayta gapiradi, mavzuni rivojlantirishni boshlaydi.

Munozara davomida barcha o'quvchilar bilan kelishilgan narsalarni toping va faqatgina asosiy muammolarni muhokama qiling.

Yuqoridagi ko'nikmalar sizni o'quvchilar oldida hurmatingizni yanada oshiradi, shuningdek ular sizda "stressli" vaziyatlar kelib chiqishini oldini oladi!

Kreativ Pedagog - Kreativ ustozlar kanali!
13.7K views05:05
Buka / Bagaimana
2024-04-24 08:20:34 "Freyming effekti"

Bu effektni kashf qilgan olimlar 1981-yilda Nobel mukofoti laureti bo‘lganlar. Aslida effekt mohiyati juda oddiy.

Informatsiya yetkazilishiga qarab unga nisbatan munosabat o‘zgaradi.

Masalan, supermarketda 10% yog‘li qatiq yozuvli maxsulotdan ko‘ra, 90% yog‘siz qatiq mahsuloti ko‘proq sotiladi. Aslida ikkalasida ham bir xil maʼlumot. Bu bir kilo paxta og‘irmi yoki bir kg temirmi degan savolga, ko‘proq temir deb javob berishga moyil bo‘lishimiz bilan bog‘liq

Bu qoidani hamisha ishlating! Biror nimani taklif qilayotganda uni salbiy tarafini emas, faqat ijobiy tarafini gapiravering. Bankaning yarimida suv bo‘lsa, bankaning yarmi bo‘sh deb emas, yarmida suv bor deb ayting.

O'quvchilar bilan ham ish yuritishga xuddi shu qoidaga amal qiling! Avval o'quvchilaringizni yaxshi tomonlarini, yutuqlarini va muvaffaqiyatlarini e'tirof eting.

Keyin esa bundan keyin nima qilsalar bundan ham yaxshi bo'lishi haqida gapiring!
Bu o'quvchilarda nafaqat o'ziga, balki sizga ham ishonch hissini hosil qiladi. Siz aytadigan barcha gaplarni to'g'ri deb o'ylaydi va topshiriqlaringizni doim bajarishga harakat qiladi.

Ushbu maqola haqidagi fikrlaringizni yozib qoldirsangiz, hammasini o'qib chiqamiz

Kreativ Pedagog - Kreativ ustozlar kanali!
13.1K views05:20
Buka / Bagaimana
2024-04-23 12:06:15 Darsni siz boshqarasizmi yoki o‘quvchilarmi?

Ehtimol bu savol sizga g'alati tuyilayotgandir. Yoki bo'lmasa, "Darsni albatta o'qituvchi boshqaradi-da!" - deyotgandirsiz. Lekin o'ylab ko'ring, aslida ham shundaymi?

Darsda turlicha metodlardan foydalanib, barcha o'quvchilar e'tiborini qaratgan holda, vaziyatni siz boshqarayapsizmi, yoki aksincha, darslarga umuman quloq solmasdan, istagancha shovqin qilib o'rtoqlarini ham ushbu muhitga tortayotgan o'quvchilarmi?

Yuqoridagi ikki holat ham o'qituvchining tanlovidir. O'z kasbiga fidoyi va ma'sulyatli bo'lgan hech bir o'qituvchi ikkinchi holat yuzaga kelishiga yo'l qo'ymaydi. Ular har qanday sharoitda ham mahoratli pedagog sifatida darsni o'zi boshqarishga harakat qiladi.

Bunday fidoyi ustozlar hech qachon izlanishdan, yangi metodlar o'rganishdan va albatta Kreativ fikrlashni o'zida rivojlantirishdan to'xtamaydilar. Ularning darslari hech qachon zerikarli bo'lmaydi va hech bir o'quvchining ushbu darslarda "uyqusi kelmaydi". Ular doim bir qadam oldindadir

Darsni qiziqarli tashkil etishga oid kreativ usullarga oid maqolalarni kanalimizda berib boraylikmi?

Fikrlaringizni komment'da yozib qoldiring

Kreativ Pedagog - Kreativ ustozlar kanali!
13.5K views09:06
Buka / Bagaimana
2024-04-23 09:30:49
Ustozga hurmatni qarang

Ustozni hurmat qilgan tolibi ilm, albatta olim bo'ladi

Har bir ustozimiz mana shunday hurmat va obro'-e'tiborga ega bo'lishini tilab qolamiz

Kreativ Pedagog - Kreativ ustozlar kanali!
13.2K views06:30
Buka / Bagaimana
2024-04-10 04:53:09
Hayit bayrami muborak bo‘lsin, aziz dindoshim!

Ushbu qutlug' kunda ALLOH yuzingizga nur, qalbingizga huzur, umringizga fayz-u baraka ato etsin!

@Kreativ_pedagog - kreativ ustozlar kanali!
18.7K viewsedited  01:53
Buka / Bagaimana
2024-04-05 18:34:25 Kreativ Pedagog loyihasi 3 yoshda

Xa aynan, 2021-yil 5-aprel kuni Kreativ Pedagog loyihasiga asos solingan edi. Ushbu loyiha tashkil etilgan vaqtda maqsad va orzular ko'p edi. O'zbekiston o'qituvchilarining ko'plab muammolariga yechim berish, og'irini yengil qilish va sifatli ta'lim texnikalari bilan ta'minlash va hokazo...

O'tgan 3 yil davomida ushbu kanalimizda mingdan ziyod foydali maqola, metod va tavsiyalar ulashildi. Kreativ Pedagog kursi tashkil etilib, eng kreativ 70 ta metod jamlandi. Kursda 10 mingdan ortiq o'qituvchilar o'qishib, kreativ ustoz darajasiga yetishdi

Bu hali boshlanishi, maqsad va marralar hali oldinda. Kanalimizdagi har bir o'qituvchi biz uchun qadrli. Biz sizni e'tirof etamiz

Kreativ Pedagog Aprel guruhiga qabul davom etmoqda. Siz ham ustoz sifatida rivojlanishni istasangiz, admin lichkasiga murojaat eting

Loyiha o'sishda davom etmoqda. Kreativ pedagog kanalini tanlaganingiz uchun tashakkur aytamiz

@Kreativ_pedagog - kreativ ustozlar kanali!
13.7K views15:34
Buka / Bagaimana
2024-04-03 07:56:35 Nima uchun Kreativ pedagog kursiga cheklangan miqdorda o‘qituvchilarni olyapmiz?

Kreativ Pedagog bu qanday kurs?

Kreativ Pedagog bu - O'qituvchilarga pedagogik mahoratini mustahkamlaydigan, dars jarayonini qiziqarli va sifatli bo'lishiga yordam beruvchi, kreativ metodlar va o'quvchilar proaktivligini oshiruvchi usullarni o'zida jamlagan 1 oylik dastur.

Kurs menga nima bera oladi?

Kreativ va global fikrlaydigan pedagogga aylanasiz;
Darsingizni yengil va qiziqarli tarzda o'ta olasiz;
Har qanday shovqinli sinfni ham oson tinchlantirish usullarini o'rganasiz;
Darsingizni sifatli va tushunarli tarzda o'ta olasiz;
Qoloq o'quvchini ham tezda a'lochi o'quvchi darajasiga olib chiqa olasiz;
Vaqtingizni nazorat qilishni o'rganasiz;
Ma'lumotlar bilan ishlashda keng xotira potensialiga ega bo'lasiz

Kurs haqida qisqacha ma'lumot bera olasizmi?

Kurs haftada 5 kun, jami 5 hafta davom etadi;
Kurs video va audio-matnli formatda tashkil etilgan;
Darslarni o'zingizga qulay istalgan vaqtda ko'ra olasiz;
Sertifikat beriladi
Kurs darslari 1 yil saqlanib qoladi;
Kurs narxi 99 ming

Kursda natija olishim kafolatlanmi?

Bu savolga hech ikkilanmasdan "Xa albatta, 100% kafolatlangan" deya olamiz. Boisi, kurs tashkil topganidan beri yuzga yaqin guruh tashkil etilgan bo'lib, samaradorlik doim eng yuqori darajada bo'lib kelmoqda

Kurs natijalarini @Ustozlar_fikri va @Qahramon_pedagog kanallarimiz orqali muntazam yoritib boramiz. Albatta kirib ko'ring, minglab ustozlar kreativ o'tishmoqda

Ta'limda muvaffaqiyat qozonmoqchimisiz? Buni kreativ ustoz bo'lishdan boshlang! Darslaringiz ajoyib tarzda o'tishini tilaymiz!

Ro'yhatdan o'tish uchun: @Krepeduz_admin'ga "Kreativ pedagog bo'lmoqchiman" deb yozib yuboring

@Kreativ_pedagog - Kreativ o'qituvchilar kanali!
13.1K views04:56
Buka / Bagaimana