Get Mystery Box with random crypto!

Gulruxsor Tohirjonova

Logo saluran telegram gulruxsors_blog — Gulruxsor Tohirjonova G
Logo saluran telegram gulruxsors_blog — Gulruxsor Tohirjonova
Alamat saluran: @gulruxsors_blog
Kategori: Sastra
Bahasa: Bahasa Indonesia
Pelanggan: 1.89K
Deskripsi dari saluran

Men chun hayot poyonsiz nazm,
So’z aytmasdan yashamoq azob!
✍🏻 Abdulla Oripov
Biroz kitoblar, biroz she’riyat va yutuqlar haqida📚❣️
Shaxsiy blog - @gulikhans_blog

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Pesan-pesan terbaru

2023-07-05 04:00:34Menga maktublar yoz
Ko’kka havolanib ketar ko’z yoshlar,
Sen haqda kuylayman, yozganlarim oz.
Qalbing toshga yo’ysam, o’ksidi toshlar,
Menga maktublar yoz, menga xatlar yoz.

Xazonga sochilib ketdim deganda
Qalbimga bahorla kelding…Qanday soz!
“Ko’zdan olis, qalbdan yiroq” ekanda…
Menga maktublar yoz, menga xatlar yoz.

Seni nigohlarim o’ziga chorlar,
So’zlaring tinglasam qaniydi oz-moz.
Samoda o’qilar bizning izhorlar
Shu sabab har kecha menga xatlar yoz.

Tushlarimga kirib chiqasan doim,
Sen menga aytasan har kecha dilroz.
Dilimga yozg’uvchi qilgan Xudoyim,
Menga maktublar yoz, menga xatlar yoz.

Guliruxsor
@gulruxsors_blog
186 views01:00
Buka / Bagaimana
2023-07-01 12:00:21 ​#iymon_va_huzun

Sendan «yaxshimisan?» deb soʻramayman
Boshqalar soʻraganida ularga «juda ajoyib, muhtasham, nihoyatda mamnun»ligingga oid yuzlab javoblaring bor, bilaman. Yana bir bor oʻsha soʻzlarni eshitishimni bilganim uchun ham sendan bu savolni soʻramayman. Soʻramayman, chunki hayotingda bitmas-tuganmas qaygʻularing yuragingni qonatishini, umring qisqarishi, koʻngling
parchalanishi, yashash uchun zavqing qolmasligini bilaman. Soʻramayman, chunki yaqin-yaqinlargacha atrofingdagilar hasad bilan qarashga majbur boʻlgan bir qancha ishlarni bajarib, mevalarini toʻplash uchun tinimsiz harakat qilayotganingni, lekin bu yerlarda senga oʻxshagan insonlarning qarshisida qanday ulkan toʻsiqlar turganini va sening bu toʻsiqlarni yengib oʻtishga kuching tugab borayotganini ham bilaman. Soʻramayman: chunki bu yerlarda inson salohiyatiga koʻra emas, kimning yonidaligiga qarab qadr-qiymat topishini va bundan sen qanchalik iztirob chekishingni, har qancha urinsangda, endi oʻzingni bu yerlarga xos his etolmasligingni bilaman. Holingni soʻramayman; chunki kelajakdan umidlaring bisyorligini va ularning roʻyobi uchun joningda jon qolgunicha harakat qilayotganingga qaramay, yaxshi koʻrganlaring va eng yaqin insonlarim deganlarning hayotga qarashlaringni tushunmasligi seni koʻp xafa qilayotganini bilaman.
Soʻramayman, chunki insonlar hurlikning nimaligini bilmaydigan, bilganlarga esa bir necha oʻlchov katta kelishi, hurlikni faqat oʻziga xos oʻlaroq koʻrilishi senga iztirob berishini bilaman... Soʻramayman, chunki baʼzan bor ovozing bilan hayqirib, baʼzan esa sukut bilan, baʼzan sahifalarni toʻldirib yozib, baʼzan esa ogʻzingni toʻldirib soʻzlashib boshingga tushganlarni gapirmoqchi boʻlganingni, lekin eplolmaganingni koʻrib gʻamga botib qolganingni bilaman. Ha, sendan «Yaxshimisan?» deya soʻramayman. Endi yuz-qoʻlingni yuv, tabassum bilan koʻzguga qara, oʻzingga kel va odamlar har doim seni koʻrishni istagan niqobni yuzingga taq. Jilmay va: «Ajoyibman! Nega yaxshi boʻlmasligim kerak?» de».
Bu yozuvlarni oʻqib achchiq-achchiq kuldim. Ham yuragimni ogʻritdi, ham qalbimni farahlarga toʻldirdi. Ko’nglingizni ogʻritish uchun emas, yuragingizni farahlatmoq umidi bilan sizga ham ulashdim...

“Iymon va huzun” kitobidan.
Kitobni @TaskinKitoblar dan olishingiz mumkin. Buyurtma uchun: @TaskinKitob

@gulruxsors_blog
1.3K views09:00
Buka / Bagaimana
2023-06-30 21:31:40
Ko'rsatuvdan parcha

Ko'rsatuv: "Yurakdan yurakkacha"
Renessans Tv

Xudo jazo uchun berganmi seni?


Boshlovchi: Nilufar Ruxillayeva
She'r muallifi: Gulruxsor
Tohirjonova
P/s: Kamtarona she’rlarimizni ommaga taqdim qilayotganlarga rahmat! Juda chiroyli o’qilibdi!
@gulruxsors_blog
1.6K views18:31
Buka / Bagaimana
2023-06-30 18:27:38 ​Tinglashmayapti, bir so’z aytishga ham yo’q haq va huquq.
Bo’g’ishyapti erkning bo’g’zidan
Tilinyabdi qalb, vujudini yeyabdi olov ishtiyoq.
Tobora ko’rmayabdi ular ko’zlari
Murg’ak orzularga bolta chopish naqadar oson
Osonki, bir “yo’q”ning ortida
Yo’qlikka aylanib ketyapti hislar.
Ich-etiga o’rmalaydi qo’rquv solgan achchiq og’u.
Ketish kerak. Imkon qadar tezroq,
Qadarki, soya solmasin bu achchiq azob.
Azobki, odamlarning yovqur qarashi
Ishonchsiz boqar nigohlar,
Mentalitet botqog’iga botgan
bu shahar,
qafasga tortuvchi ota-onalar,
oila ham nafas, ham nafasingni bo’g’uvchi shirin sirtmoq.
Men o’limdan qo’rqmayman.
Qo’rqitguvchi asli boshqa vaj…
Haqiqiy o’lim bu orzularning o’lishi.
Murg’ak holicha yurakka ko’milgan orzulardan yomon intiho yo’q bu dunyoda.
Orzular o’lmasin, neki o’lsa ham.
Orzu- qalb, maqsad, nomus, g’urur,
muhabbat-u, yashash uchun sabab-vaj.

P/s: Bayramingiz muborak bo’lsin! Yoshlar erkin bo’la olsagina muvaffaqiyatga erisha oladi. Iste’dod va ishtiyoqni qafasda saqlagandan, to’sqinlik qilgandan foyda yo’q!
@gulruxsors_blog
1.5K viewsedited  15:27
Buka / Bagaimana
2023-06-29 13:28:52 ​#taqriz
Deyarli ko’pchilik buyuk rassomlarning hayoti juda achinarli va qiyinchilikda kechgan, bizlar bugun daho sanaydigan insonlarning hatto yeyishga bir burda non topa olmagan kunlari ham bo’lganligini o’qish, eshitish bizga erish tuyilishi mumkin. Lekin borgan sari buni odatiy hol kabi qabul qila boshlayotganimni sezdim. Ular favqulotda muhim bo’lgan qarorlarni qabul qilishadi va butun umrini san’atiga baxshida qilishadi. Moemning qahramoni Striklend ham ayni shunday obrazlardan biri. Asar biografik, Striklend va asarlari haqida eshitmaganlar bo’lsa google qilib ko’rsa bo’ladi.
Asar haqida bir-ikki og’iz gapirishdan oldin, sizga savol bilan yuzlanmoqchiman. Siz o’z kasbingiz, karerangiz uchun yoki o’zingizda sezgan qandaydir qobiliyat uchun butun oila a’zolaringiz, shahringiz va siz uchun qadrli bo’lgan hamma narsadan bir tiyinsiz shunchaki voz kechib keta olarmidingiz?
Striklend chetdan qaraganda binoyidek oilasidan san’at tufayli voz kechib ketadi. Buni tushunsa bo’ladi, chunki uyidagi sharoit muhiti va ayoli xarakteristikasidan yana rassom insonning bir joyda ijod qila olmasligi, ilhom, o’sha qalbidagi kechayotgan kechinmalarini chiqarish uchun dunyo kezishi kerakligi vajidan deb o’yladim. Ammo u ko’zimga rahm-shavqat, mehr-muhabbat, odamiylik tuyg’ularidan butkul yiroqdagi inson degan fikr xayolimga keldi albatta. Lekin asardagi qahramonlardan biri aytganidek, Striklendda muhabbatdan ham yuqori turadigan nimadir bor edi, undagi san’atga bo’lgan ishtiyoq, izlagan narsasini topish uchun kurash. Men uning irodasiga haqiqatda tan berdim. Biroq ayollarga nisbatan fikridan jirkandim xolos. Bu haqida yozishni xohlamayman. Lekin uning so’ngi lahzalarigacha yonida bo’lgan Atega tan bermasdan boshqa iloj yo’q. Uning munosabatlarida itoatkorlikdan ham buyukroq bo’lgan nimadir bor. Asar bir rassomning oddiygina hayoti haqida hikoya qilmaydi, balki san’atni butun hayotining ma’nosiga aylantirish, metin iroda, kuchli ishtiyoq, muhabbat va yana men tushuntirishim qiyin bo’lgan nimalardir bor. O’ldi, mashhur bo’ldi va endi asarlari barhayot. O’sha savolni yana qaytaraman, sizning qo’lingizdan shunday judolik kelgan bo’larmidi?
P/s: iqtiboslarni commentga yozib qoldiraman.
@gulruxsors_blog
1.7K viewsedited  10:28
Buka / Bagaimana
2023-06-28 18:28:12
Hayit ayyomingiz muborak! Hamma yaxshi tilaklarni ertalabdan beri eshitgan bo’lsangiz kerak. Muhimi iymonimiz butun bo’lsin! Iymon ila huzur, halovatda yashashni har birimizga nasib qilsin!
Mengina buvimning sandig’idan chiqqan yap-yangi yal-yal ko’ylaklarimni kiyib, hayitlik qilib qishloqqa kelganman.
O’ylab ko’rsam hech hayitlik olmagan ekanman.
8600 0604 7364 1638
Behijolat)
1.6K views15:28
Buka / Bagaimana
2023-06-27 17:33:18
Pochta kelibdi @TaskinKitoblar nashriyotidan. Samimiy tilaklar va kitoblar uchun rahmat! O’qib chiqib kitoblar haqida o’z fikrimni yozaman. Men bu kitoblarni hech birini o’qimaganman, obunachilarimni orasida bu kitoblarni o’qiganlar bormi? Fikringiz qiziq.

@gulruxsors_blog
1.9K views14:33
Buka / Bagaimana
2023-06-27 11:52:30
#sevimli
Men ozdim batamom aqldan…

Maqsad Murod
@gulruxsors_blog
1.7K views08:52
Buka / Bagaimana
2023-06-26 22:00:36
27-iyun Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
Bayramingiz bilan qadrli OAV xodimlari!
O’zimgayam bo’lajak kasb bayramim muborak bo’lsin! Umid qilamanki kutilganidan ortiq natijalarga erisha olaman. Nima bo’lgan taqdirda ham borayotgan, tanlagan yo’limdan adashtirmasin, qolgan to’siqlarni birgalikda yenga olamiz!

@gulruxsors_blog
1.8K views19:00
Buka / Bagaimana
2023-06-24 21:57:09
#nazm_vaqti
Meni taklif qilgin qahvaxonaga…

O’qidi: aktyor O’lmas Temur
@gulruxsors_blog

Qahvalashish vaqti bo’lmadimikin?
2.3K viewsedited  18:57
Buka / Bagaimana