Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi 2-sonli IDUMning 1-'A | Bo'stonliq ziyolilari

Toshkent viloyati
Boʻstonliq tumanidagi
2-sonli IDUMning
1-"A", 1-"B", 1-"V", 1-"G" va 1-"D" sinf oʻquvchilari orasida "5 tashabbus - sport bilan" shiori ostida "Quvnoq startlar" sport musobaqasi oʻtkazildi. Bu musobaqani oʻtkazishdan asosiy maqsad oʻquvchilarni jismonan sogʻlom, sport sohasida raqobatbardosh qilib tarbiyalash va sport - sogʻliq garovi ekanligini tushuntirish edi. Musobaqada har bir sinf oʻquvchisi oʻz sinfi shaʼnini himoya qilish uchun shiddat bilan kurashdi. Musobaqa yakunida gʻolib sinflar eʼlon qilinib, taqdirlandi.