Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi 2-sonli IDUMning 1-'A | Bo'stonliq ziyolilari

Toshkent viloyati
Boʻstonliq tumanidagi
2-sonli IDUMning
1-"A", 1-"B", 1-"V", 1-"G" va 1-"D" sinf oʻquvchilari orasidagi isteʼdodli va sanʼatsevar oʻquvchilarni aniqlash maqsadida "5 tashabbus - sanʼat bilan" shiori ostida "Yosh isteʼdod egalari" nomli koʻrik-tanlovi oʻtkazildi. Ushbu koʻrik-tanlovida maktabning eng kenja aʼzolari boʻlgan 1-sinf oʻquvchilarning raqs tushish mahorati, rasm chizish sanʼati va ertak sahnalashtirish va rol ijro etish mahoratlari sinovdan oʻtkazildi va baholandi. Ushbu tanlovda nafaqat oʻquvchilar, balki sinf rahbarlari ham faol ishtirok etdilar.