Get Mystery Box with random crypto!

O'zXIA zakovat kanali

Logo saluran telegram uzxia_zakovat — O'zXIA zakovat kanali O
Logo saluran telegram uzxia_zakovat — O'zXIA zakovat kanali
Alamat saluran: @uzxia_zakovat
Kategori: Tidak terkategori
Bahasa: Bahasa Indonesia
Pelanggan: 275
Deskripsi dari saluran

Zakovat klubi.
Zakovatchilar va Zakovatga qiziquvchilar uchun!
Intellektual o'yinlar va ular haqidagi qiziqarli ma'lumotlar.
"Ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmag'ay"
(Imom al-Buxoriy)

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Pesan-pesan terbaru 2

2023-05-19 09:46:24 #zakovat

"Mixga ilingan butsalar, yana mixdan qaytarib olinadigan ko'rinadi"
100 views06:46
Buka / Bagaimana
2023-05-19 09:45:54
"Zakovat" intellektual o‘yini bo‘yicha Toshkent xalqaro Vestminster universiteti rektori kubogi bo‘lib o‘tadi.

Talabalar o‘rtasida intellektual raqobatni kuchaytirishga qaratilgan ushbu tadbir 27-may kuni Toshkent xalqaro Vestminster universitetida bo‘lib o‘tadi.

Arizalar 24-may sanasigacha qabul qilinadi. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun ushbu havola ustiga bosing. To‘liq ro‘yxatdan o‘tish tartibi mana bu yerda ko‘rsatilgan. Shoshiling, ishtirokchilar soni cheklangan!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
71 views06:45
Buka / Bagaimana
2023-05-19 06:01:58 #zakovat

10-turda Navoiy (M) jamoasi navbatchilik qilishi kutilmoqda.

Ligada o'ynab turgan, lekin hali navbatchilik o'tkazmagan jamoalar ham bor. 11-turda navbatchilik o'tkazish istagida bo'lgan jamoalar @Abbosxon_Saydaliyev ga aloqaga chiqishlarini so'raymiz (shanba 10-tur o'yini yakunlanguncha).

12-tur, ya'ni oxirgisi uchun maxsus mehmon taklif etish reja qilingan.

@UZXIA_ZAKOVAT
99 views03:01
Buka / Bagaimana
2023-05-18 20:05:00 Soʻnggi turnir...

Bir necha kundan keyin Buxoro safariga otlanamiz. Juda masʼuliyatli, qiyin va qiziqarli turnir.
Akademiyadagi ligalarni hisobga olmasa, kaminaning eng oxirgi musobaqasi boʻlishi mumkin.

Saralash oʻyinlari ham ajoyib oʻtdi. Natijaga oz boʻlsada oʻz hissamni qoʻsha oldim deb oʻylayman.

Qo'llab-quvvatlagan, tabriklagan barchaga rahmat!

Keyingi yillarda Akademiya sharafini munosib himoya qila oladigan jamoalar shakllanishini kuzatish shaxsan men uchun juda qiziq. "Katta og'a", "Muarrix", "Constant" va boshqa jamoalar tarkibida terma uchun munosib bilimdonlar yetishib chiqmoqda.
Keyingi yillarda Murabbiy sifatida ishtirok etib, Akademiya sharafini himoya qilish niyatidaman.
Shu o'rinda "Radiant" jamoasini munosib ishtirok uchun tabriklamoqchiman. Rasmiy ligada o'zim kutgan va istagan minimal natija, Talabalar ligasida tajriba oshirishdagi faollik uchun tashakkur bildirishim zarur.
Shuningdek Klub o'yinlarida tajriba oshirayotgan Shohsuvor, Shaxsiy o'yinlarda savol paketlari bilan yondirgan Abrorxo'ja, emotsiyalar bilan o'yinga rang beruvchi Abdulhamid, savollarda xato javobdan bizni saqlab qolishga usta Otabek, kamnamo bo'lsada, o'yinda jamoa natijasiga katta hissa qo'sha oladigan Umidjon, jamoaning "malikasi" , "женский логика" manbai bo'lgan Ruxshona...
(Shu bilan birga singlimizga jamoa yigitlari harakteriga chidab kelayotgani uchun alohida rahmat)


Bularni barchasi qadrli va maroqli vaqtlardan estalik bo'lib qoladi. Uka-singillarimizga esa ko'p o'qib, ko'p izlanish, kichik g'alabalardan o'zini yo'qotmasdan, harakatdan to'xtamaslikni maslahat beraman.

Muzaffar Maxamatkarimov
108 views17:05
Buka / Bagaimana
2023-05-18 14:31:23
#zakovat

O'zbekiston xalqaro Islom akademiyasi norasmiy zakovat ligasi o'yinlarining 4-turida faqatgina bir jamoa tomonidan topilgan savollar:

Cosmos — 1-savol
Katta og'a — 2-savol
Katta og'a — 14-savol
Katta og'a — 15-savol

4-turdan so'ng

1. Last version (M) — 1-tur 15-savol
2. Diktator — 1-tur 19-savol
3. Katta og'a — 2-tur 2-savol
4. Radiant — 2-tur 3-savol
5. Navoiy (M) — 2-tur 14-savol
6. Radiant — 3-tur 10-savol
7. Islom yulduzlari — 3-tur 13-savol
8. Radiant — 3-tur 16-savol
9. Cosmos — 4-tur 1-savol
10. Katta og'a — 4-tur 2-savol
11. Katta og'a — 4-tur 14-savol
12. Katta og'a — 4-tur 15-savol



Eng ko'p grobdan saqlab qolgan jamoalar

Katta og'a 4 ta
Radiant 3 ta

@UZXIA_ZAKOVAT
107 views11:31
Buka / Bagaimana
2023-05-18 14:24:30
#zakovat

O'zbekiston xalqaro Islom akademiyasi norasmiy zakovat ligasi o'yinlarining 3-turida faqatgina bir jamoa tomonidan topilgan savollar:

Radiant — 10-savol
Islom yulduzlari — 13-savol
Radiant — 16-savol

3-turdan so'ng

1. Last version (M) — 1-tur 15-savol
2. Diktator — 1-tur 19-savol
3. Katta og'a — 2-tur 2-savol
4. Radiant — 2-tur 3-savol
5. Navoiy (M) — 2-tur 14-savol
6. Radiant — 3-tur 10-savol
7. Islom yulduzlari — 3-tur 13-savol
8. Radiant — 3-tur 16-savol



Eng ko'p grobdan saqlab qolgan jamoalar

Radiant 3 ta

@UZXIA_ZAKOVAT
94 views11:24
Buka / Bagaimana
2023-05-18 06:50:36
Bugun Talabalar ligasi bahorgi mavsumining 8-turi bo‘lib o‘tadi!

Bugun
(18-may kuni, payshanba) soat 17:00da Talabalar ligasining 8-tur o‘yini boshlanadi.

Liganing navbatdagi turida qatnashmoqchi bo‘lgan jamoalar o‘z hududidagi o‘yin bo‘ladigan manzilga kechikmasdan yetib borishlari talab etiladi. Jamoa a’zolarining barchasi bir OTMning talabalari bo‘lishi lozim.

Liganing Toshkent shahridagi o‘yinlari Yoshlar uchun sport, madaniy-ma’rifiy va intellektual o‘yinlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan yopiq majmua binosida o‘tkaziladi.

Mo‘ljal: Beruniy metro bekati.

Lokatsiya

Toshkentdagi o‘yinlarga quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tiladi:

https://zakovatklubi.uz/tournaments/225

Eslatma: Qolgan hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan talabalar "Zakovat intellektual klubi" NNTning tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari lozim bo‘ladi. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
90 views03:50
Buka / Bagaimana
2023-05-17 22:12:05 #futbol

Manchester siti vs Real Madrid

Ushbu jamoalar bahsini ligamizdagi qaysi jamoalar raqobatiga qiyoslagan bo'lar edingiz?

(Fikrlaringizni komentariyalarda qoldirishingiz mumkin).

@UZXIA_ZAKOVAT
103 viewsedited  19:12
Buka / Bagaimana
2023-05-17 19:58:47 Buxoro sari

Bugungi kun haqida shaxsiy fikrlarimni bildirishni lozim topdim. Buxoro shaxrida bo'lib o'tadigan talabalar o'rtasidagi "Intellektual haftalik" uchun saralash o'yinlarida qatnashdik. O'tgan yilgi "Intellektual olimpiada" baxslariga nisbatdan bu safar O'zXIA terma jamaoasi o'zgacha tarkibda yetib keldi. Akademiyaning tajribali va olimpiadada ishtirok etgan Abbosxon Saydaliyev, Abdulhamidov Abdulhamid, To'xtaev Abrorxo'ja va Allaberganov Otabek kabi bilimdonlari bu safargi tarkibga jalb etilmadi. Ularning o'rnini kelasi yilda akademiyaning yetakchi bilimdonlariga aylanishi kutilayotgan Isxoq, Odilbek va Ulug'bek (Katta Og'a jamoasi a'zolari) kabi zakovatchilar bilan to'ldirildi. Akademiyamizning tajribali bilimdonlaridan biri Islom Bo'riyev ham bugun betobligi ishtirok etmagan bo'lsada, Buxoroda u kishidan jamoaning umidlari katta. Shuningdek psixologiya yo'nalishi bitiruvchilaridan biri bo'lgan Soliyev Otabek ("Radiant" jamoasi a'zosi) ham ro'yxatga qo'shilgan. Shuningdek jamoa sardori Muzaffar Mahammatkarimov va kamina Suvoriy jamoani to'liq bo'lishini ta'minladi.

Jamoadagi keskin o'zgarishlarga qaramasdan, saralash baxslarini yaxshi o'tkazdik. I tur o'yinlarida to'g'ri variantlar orasida barchasini olib qolishni uddaladik.
2ta xato qildik. Dastlabki Vladimir Jonibekov va kino iqtibos haqidagi savollarni javobiga yetib bora olmadik. Umumiy ishtirok zo'r bo'ldi. Hamma munosib ishtirok etdi. Jamoaviylikni his qildim o'yin davomida. Natijalarni ko'rib kayfiyat yanada yaxshilandi.

II turni ham umumiy olganda yaxshi natija bilan yakunladik. 1-tur eyforiyasi bilan o'ynab Buxoro yo'llanmasini deyarli naqdlashtirib qo'ydik. Oqsagan jihatlarimizni ham ko'rib oldim. Natija juda yomon bo'lmadi!

III tur nisbatdan passiv boshlandi. Menimcha, xato tuzilgan DTM haqidagi g'alati savolni o'tkazib yuborgach, e'tiborsizlik tufayli izidan student javobli savol ham uxladi. Kayfiyat biroz buzildi. Umumiy natijalar e'lon qilingach, kayfiyat o'ziga keldi. Tur davomida kuchsiz jihatlarimiz yaqqolroq ko'rindi.

O'zimizdan tashqari bo'lgan jamoalar haqida ham fikr bildirmqochiman. Nizomiy universitetining optimal tarkibsiz o'ynagani va saralashdan o'ta olmagani men uchun kutilmagan holat bo'ldi.

Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot universitetining omadsizligi uchun rosti achindim. Ular o'tgan safar ham olimpiada saralashidan alamli tarzda chiqib ketishgandi. Qizlarni ko'zida yosh, bolalarni esa yuzida g'amginlik hukmron edi. Akademiyaning norasmiy ligasida ular mehmon sifatida ishtirok etib kelmoqda. Natijalari ancha yaxshi. Zakovatni tutini chiqqan joydan qolmaydigan jamoa .Ularni yetakchilarini bilganim uchun ham aytyabman, ular bunga munosib emas edilar...

Buxoro safari omadli bo'ladi deb umid qilaman!
99 views16:58
Buka / Bagaimana
2023-05-17 19:18:24
Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida o'tkaziladigan "Intellektual haftalik" doirasidagi"Breyn ring" musobaqasi guruh bosqichida raqib bo'ladigan jamoalar ma'lum bo'ldi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
84 views16:18
Buka / Bagaimana