Get Mystery Box with random crypto!

#Munozara #Talabalarning_bõsh_vaqtini_mazmunli_õtkazish Kuni | UBTUIT OFFICIAL

#Munozara
#Talabalarning_bõsh_vaqtini_mazmunli_õtkazish

Kuni kecha, TATU Urganch filialida "Munozara" turnirining fakultet bosqichi bo'lib o'tdi.

Ushbu tanlov talaba-yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, har tomonlama mukammal va mustaqil fikrlaydigan, qat'iy hayotiy pozitsiyasiga ega bo'lgan,mantiqiy va kreativ fikrlash hamda mavjud muammolar yechimi ustida mohirona munozara olib borish qobilyatini rivojlantirish maqsadida tashkil qilindi.

Turnir 3 bosqichda bo'lib, bugun hakamalar haya'ti tomonidan fakultet bosqichi g'oliblari aniqlandi. Unga ko'ra:

Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti 1-o'rin 931-22 guruh talabalaridan iborat Edvayzer jamoasi

Kompyuter injiniringi fakulteti 1-o'rin 912-22 guruh talabalaridan iborat Armada jamoalari g'olib bo'lishdi.

Barcha g'olib jamoalarimizga keyingi bosqichlarda omad va zafarlar tilaymiz. Eslatib o'tish kerakki, 2-bosqich 29-aprel kuni bo'lib o'tadi.

Telegram | Instagram | Youtube | Facebook | Website