Get Mystery Box with random crypto!

DIQQAT! DIQQAT! DIQQAT! “Talabalar media guruhi” faoliyati | UBTUIT OFFICIAL

DIQQAT! DIQQAT! DIQQAT!

“Talabalar media guruhi” faoliyati

TATU Urganch filialida “Talabalar media guruhi” faoliyati yo’lga qo’yilayotganligi munosabati bilan quyidagi qobilyatlar o’zida bor bo’lgan va kreativ fikrlay oladigan yoshlarni guruhimizga taklif qilamiz.

"Talabalar media guruhlari" rahbari va yo’nalish sardorlariga qo'yiladigan talablar:

- tabiiy yetakchilik qobiliyati va notiqlik mahorati, tashabbuskorlik, intiluvchanlik va fidoiylik;

- boshqaruv madaniyati, tashkilotchilik, keng jamoatchilik bilan ishlash va ish yuritish bo'yicha bilim-ko’nikmaga ega bo’lish;

- zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash bo’yicha malakaga ega bo’lish;

- yoshlar tarbiyasiga sallbiy ta’sir qiluvchi buzg’unchi g’oya va mafkuralar, tahdidlar, zararli illatlar haqida yetarli tasavvurga ega bo’lish;

- mamlakatda olib -borilayotgan islohotlar, yoshlarga oid davlat siyosati, ta’lim-tarbiya jarayoniga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda filial “Odob-axloq qoidalari” ni bilishi;

Yana bitta imkoniyat, guruhda o’z iqtidori va qobilyatini ko’rsata olgan talabalar filial hisobidan moddiy rag’batlantirilib boriladi.

O’z qobilyatingizni ko’rsating va filial kelajagiga o’z hissangizni qo’shing.

Guruhga qo'shilish istagida bo'lgan talabalar
@zulush_satimboyevna telegram manzili orqali bog'lanishingiz mumkin. Qabul 30-aprelgacha bo'lib o'tadi.

Telegram | Instagram | Youtube | Facebook | Website