Get Mystery Box with random crypto!

Sevgilim. #Premyera. Uzoqlashdik xatolarni topolmay hech, U | SHIRIN DIYDOR

Sevgilim.

#Premyera.

Uzoqlashdik xatolarni topolmay hech,
Uzga uyga kelin bo‘lgan bechora yor,
Dema endi hammasiga bo‘lganda kech
Kel sevgilim bizni kutar o‘sha bahor.

Ming bo‘lakka yuragim bo‘lib tashlama,
Bu ko'nglimni iltimos yana g‘ashlama,
Ayriliq tomonga bizni boshlama,
Kel sevgilim bizni kutar o‘sha bahor.

Azoblaring jon jonimdan o‘tib ketgan,
Bu yuragim sevgidan ham kuyib bitgan,
Sevaman deb qulog'inga qancha aytgan,
Kel sevgilim bizni kutar o‘sha bahor.

Yolg‘on edi dema barcha aytganlarim,
Foydasi yo‘q nahot shuncha kutganlarim,
Sevgi deya qancha azob yutganlarim,
Kel sevgilim bizni kutar o‘sha bahor.

Daraxtlar soyasida biz birga edik,
Chin yurakdan bir birimiz yana sevdik,
Ne sababdan bilmadim men ayrildik,
Kel sevgilim bizni kutar o‘sha bahor.

Do‘stimga tegib ketgan bechora gulim,
Seni sotib olishga yetmadi pulim,
Endi ayro bo‘ldi sen bilan ham yo‘lim,
Kel sevgilim bizni kutar o‘sha bahor.
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
«SH I R I N   D I Y D O R»
𝐊𝐚𝐧𝐚𝐥𝐢𝐠𝐚 𝐨𝐛𝐮𝐧𝐚 𝐛𝐨'𝐥𝐢𝐧𝐠