Get Mystery Box with random crypto!

MUHABBAT Sevgi nima, sevgi dard, Yoki qismat, yoki baxt, Ko‘ | 💘Sevgi sherlarim💘

MUHABBAT

Sevgi nima, sevgi dard,
Yoki qismat, yoki baxt,
Ko‘zlarimga ingan gard,
Bedorimsan muhabbat,

Buncha shoshdi umrim ham,
Gohi shodlik, gohi g‘am,
Kiprigimda tomchi, nam,
Ozorimsan muhabbat.

Baxtsan-ko‘zi yumilgan,
Ko‘z yoshimga cho‘milgan,
Orzum tirik ko‘milgan,
Mozorimsan muhabbat.

Dushman uchun otilmas,
Tillo, zarga sotilmas,
Yo‘qotilsa topilmas,
Bozorimsan muhabbat.

Kutgum seni samodan,
Ma’sum gulgun sabodan,
Saqlaguvchi balodan,
Tumorimsan muhabbat.

Gul bo‘lib qalbim tilgan,
Mahzun holimga kulgan,
Umrim nurafshon qilgan,
Bahorimsan muhabbat.

@Sevgi_sherlarim