Get Mystery Box with random crypto!

IBROHIM ADHAMNING QULI Ibrohim ibn Adham hazratlari oʻziga bir | Jaloliddin Rumiy 🕊

IBROHIM ADHAMNING QULI
Ibrohim ibn Adham hazratlari oʻziga bir qul sotib oldi. Quldan:
–Isming nima? - deb soʻradi.
Qul:
–Nima deb chaqirishni istasangiz ismim shu, -dedi.
–Nima yeysan? - deb soʻraganda:
–Nima bersangiz shuni, – deb javob berdi.
–Nima ish qilasan?
–Qanday ish buyursangiz, oʻsha ishni?
–Nimani orzu qilasan?
–Kulning biror orzusi boʻlishi mumkinmi? Uning orzu bilan nima ishi bor? - degan javobni bergach, Ibrohim Adham hazratlari oʻziga oʻzi:
–Ey, Adham! Ajabo, sen umring boʻyi Robbingga shunday qul boʻla oldingmi? Qullikni mana shu quldan
oʻrgan, - deb yigʻladi.


@Rumiynoma