Get Mystery Box with random crypto!

#hadis Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Ra | Muvaffaq 2 | Ilm va Irfon Maskani

#hadis

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga xutba qilib: «Ey odamlar! Batahqiq, Alloh sizga hajni farz qildi. Haj qiling!» dedilar. Shunda bir kishi: «Har yilimi, ey Allohning Rasuli!» dedi. Shunda u zot o‘sha gapni uch marta aytguncha jim turdilar. So‘ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Ha» desam vojib bo‘lib qolar edi va qodir bo‘lmas edingiz. Men sizni tark qilgan narsada meni o‘z holimga qo‘yinglar. Albatta, sizdan oldin o‘tganlar savollarining ko‘pligi va anbiyolariga ixtilof qilganlari tufayli halok bo‘lishgan. Qachon sizga bir ishni amr qilsam, uni qudratingiz yetganicha qilinglar. Qachon sizni bir narsadan qaytarsam, uni tark qilinglar».

Muslim, Nasoiy va Termiziy rivoyat qilishgan.

Postni yaqinlaringizga ham jo'nating!

Telegram Instagram YouTube Facebook