Get Mystery Box with random crypto!

I

Logo saluran telegram musfira_a — I I
Logo saluran telegram musfira_a — I
Alamat saluran: @musfira_a
Kategori: Tidak terkategori
Bahasa: Bahasa Indonesia
Pelanggan: 1
Deskripsi dari saluran

●وُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ مُسْفِرَةٌ ●
''U kunda porloq chehralar bor'' (Abasa,38)
Uy bekasi,ona,mudarrisaning shaxsiy sahifasi.
Kanalda bepul kitob o‘qish marafoni,shaxsiy qarashlarim,hayotiy postlar va ulashgim kelganlarini topishingiz mumkin!

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Pesan-pesan terbaru

2023-04-28 17:01:47
Bir ustozimiz aytgandilar. Biz muhabbat qoʻygan narsalar ularga erishganimizda, ozayishi yoki tugashi mumkin. Faqatgina bir muhabbat bor-ki, unga yaqinlashganimiz sari tugamaydigan, kamaymaydigan, aksincha, yanada ziyodalashib, zavqu-shavqimizni oshirib boradigan bir muhabbat bor. Bu - Allohga boʻlgan muhabbat.
Biz barcha muhabbatlarimizni: xoh u shaxslarga qaratilgan boʻlsin, xoh jismlarga, xoh makonlarga Allohga boʻlgan muhabbatimizga tobe qilishimiz kerak.

Ikki kishi bir biriga muhabbat qilsa, Alloh uchun qilsin. Kimdir biror makonni sevsa, Alloh uchun sevsin. U makonda Alloh rozi boʻladigan jihatlar borligi uchun uni sevsin. Va yana kimdir jismlarga muhabbat qoʻysa, oʻshalar orqali Allohni rozi qiladigan ishlarni amalga oshirishini niyyat qilibgina sevsin.

Allohga tobe qilinmagan muhabbat - muhabbat emas. Ehtimol, u nafsning xohishi, shaytonning qingʻirligidir…


@musfira_a
69 viewsedited  14:01
Buka / Bagaimana
2023-04-28 13:23:24 Fikrlarni va reaksiyalarni jon deb qabul qilaman

Ko‘zimni qancha nuri ketdi bularni yozaman deb

Maqtov eshitishni xohlayotganim yo‘q. Shunchaki manfaatli bo‘lyaptimi yo‘qmi bilmoqchiman. Vaqtingizni bejiz o‘g‘irlab qoyishni xohlamayman
75 views10:23
Buka / Bagaimana
2023-04-28 13:20:01 Tushkunlikdan chiqish, tez asabiylashmaslik uchun:

Allohning zikri!
Istig‘for!
Eng avvalgi boshlashimiz kerak bo‘lganlari shular.
Allohning zikri tosh qalblarni ham eritishga qodir, istig‘for qalbdagi mahzunlik va umidsizliklarni ketqazadi.

Intizom!
Shaxsiy intizomingizni to‘liq yo‘lga qo‘yib olsangiz o‘zingizdan ko‘nglingiz to‘lishni boshlaydi va sababsiz asabiylik va tushkunliklarga sekin asta barham berasiz.

Munosabatlarda barqarorlik.
Yaqinlaringiz sizga qarshi odamlar emas,atayin sizning asabingizga tegayotgandek qarashni bas qiling. Sizga yoqmaydigan narsalar haqida xotirjam,yaxshilikcha tushuntirishga harakat qiling.
Bu avvaliga ularga biroz isyondek tuyular,lekin keyin sizni shaxsiyligingizni xurmat qiladigan va sizga yoqmaydigan narsalarni taklif qilmaydigan bo‘lishadi.

Tashqi munosabatlar.
Atrofingiz,ishxonangiz,qarindoshlar qo‘shnilar bilan ortiqcha suhbatlarni, muhokamalarni kamaytiring. Vaqtingiz tejaladi,asablaringizni asraysiz!

Bolalaringiz atay asabingizni buzishayotgani yo‘q! Ular o‘z nomi bilan bola. Ular sizdan keyinroq hayotga kelishdi va tabiiy qiziqishlari ko‘proq. Siz bilgan narsalarni bilishmaydi! Sizning zimmangizda ularga chiroyli javob qaytarish bor!

O‘zingiz uchun albatta vaqt ajrating! Har kuni bajaradigan,sevib qiladigan mashg‘ulotingiz albatta bo‘lsin. Bu juda muhim. Yarim soat bir soat mazza qilib faqat o‘zingiz bilan o‘zingiz qoling!

Ko‘proq tafakkur qiling!
Sizda boshqalarda yo‘q bo‘lgan ne‘matlar anchagina,ha sizda
Hisoblab ko‘rsangiz ohhoo,uyalib qolasiz shukrida ado etolmayotganingizdan...

Albatta kitob mutolaa qiling, rivojlanishingiz uchun kurslarga qatnashing,dars qiling.
Kitob o‘qishga vaqt yo‘q deyolmaysiz bu bahona!


Hayolimga kelganlari shular, erinmasangiz yoqimli mutolaa. Alloh manfaatli qilsin

@musfira_a
76 views10:20
Buka / Bagaimana
2023-04-28 13:02:01 Muslima ayol ham stressda bo‘lishi mumkinmi?

Hammamiz ayolmiz va asl vazifalarimiz,yumushlarimizni, zimmamizdagi haqlarimizni qaysidir darajada bilamiz.
Ibodatlarni bajaramiz, Qur‘on o‘qiymiz va bular kundalik hayot tarzimizga aylangan.
Nega unda biz tushkunlikdamiz, sal narsaga jahl qilaveramiz, bolalarimizdan,yaqinlarimizdan alamimizni olamiz,o‘zimizni keraksizdek his qilamiz, ho‘sh???

Qornimiz ochsa darrov ovqat qidiramiz, to‘y chiqib qolsa darrov ko‘ylak olishimiz kerak bo‘ladi, shirinlik ko‘nglimiz tusasa yeyishga shoshilamiz,uyimizda shinamlik,yaxshi sharoit yaratish uchun doimiy xarakatdamiz va hkz. Bularning bari jismimizning qondirilishi kerak bo‘lgan ehtiyojlari va biz buni doim bajarib kelamiz.

Insonda jismdan tashqari ruh bor ekanligi va uning ehtiyojlari ham qondirilishi shart ekanligini ko‘p hollarda unutamiz!

Ruhiy ehtiyoj manbaini namoz deb ko‘rsatishimiz mumkin va bu juda to‘g‘ri. Lekin namozga doir masalalarni o‘rganib chiqqanlar oramizda sanoqli bo‘lsa kerak(adashgan bo‘lsam kechiringlar)
Namozda hushuni topa olmayotganlarimiz ham bisyor.
Aniqroq aytganda Robbimizga qurbat hosil qila olmayotganimiz bizni mahzunlikka olib boryapti. Yaxshilik va yomonlik Allohdan ekanligi, har qanday xolimizda ham shukr qilishimiz va oldinga intilishimiz kerakligini unutyapmiz.
Alloh bandalarning gumonida, biz esa Allohdan kichik narsani bermagani uchun nolishimiz mumkin, vaholanki Qodir Allohning marhamati biz so‘ragan zarra narsadan ham behisob buyuk!

Ruh ozuqasi bu ilm!
Chunki Alloh bizni shunday yaratgan va taomni,uyquni jism energiya manbai qilganidek, ruhimizni,qalbimizni ilm bilan oziqlanadigan qilib qo‘ygan!

Kunlarimizni faqat jismiy ehtiyojlarimizni qondirib o‘tqizganimiz sari ruhiyatimiz so‘nib, stressga berilib,asabiy ayolga aylanib boraveramiz.
Bu yo‘lning oxiri shunchaki gavdasi bor, ammo ruhi tushkun, depressiyaning oxirgi bosqichidagi ayolga aylanamiz qolamiz, Alloh har bir muslimani asrasin!

Hayotimizdagi zaruriy ilmlarga ham rag‘bat qilmas ekanmiz,oddiy masalalarni ham izlanmas ekanmiz nafaqat Robbimiz huzurida balki oila a'zolarimiz,turmush o‘rtog‘imiz, farzandlarimiz oldida ham faqat jismiy ehtiyojni qondiradigan robot singari buyumga aylanib boraveramiz, va ozuqasiz ruhingizning asabiyligi ularni zarracha qiziqtirmay qo‘yadi!

Bekorga har tomonda ayolning shaxsiy rivojlanishi jamiyat uchun eng katta yutuqligi ham qayta-qayta aytilayotgani yo‘q.

Ilm, ilm va yana ilm!
Najotimiz shu!
70 views10:02
Buka / Bagaimana
2023-04-28 12:58:01 Nega asabiy yuramiz?!

O‘rinli savol shundaymi? Ayniqsa o‘zbek ayollari uchun
(Doim o‘ylayman dunyoda o‘zbek ayolidek ayolni qidirib,axtarib yerni tagidan ham topib bo‘lmaydi )

Stress -  insonni ba‘zi o‘zgarishlarga ruhiy tayorgarligi yoki reaksiyasi desak ham bo‘ladi. Surunkali stressning oxiri depressiyaga va boshqa asab kasalliklariga olib keladi.
Doimiy tushkun kayfiyatda yurishimiz sabablarini keltirib o‘taman:

Doimiy charchoq! Surunkali dam olmaslik yoki aksi - unumli mehnat bilan shug‘ullanmaslik, hayotda o‘z o‘rni yo‘q deb o‘ylash.
Charchash o‘tib ketganda,har kuni bir hil takroriy mashg‘ulotlar bilan band bo‘linsa,yangilik kitilmasa, hamma narsa zerikarlidek tuyulaveradi va asabiylik keltirib chiqaradi.

Vaqtni to‘g‘ri taqsimlamaslik. Unumsiz ish qilish, oqibatda hech narsaga ulgurmaslik.
Rejalashtirgan rejalar doimiy o‘xshamasligi sizni kayfiyatsizlikka olib boradi.

Atrofidagilardan norozilik. Faqat kutuv bilan yashash. '' Uni qilib bersa, bunday bo‘lardim. Shunaqa ishlar qilib tashlardimki...''  Shunday bahonalar bilan yaqinlaridan xafa bo‘laverish.

Asosiy yumushlari turganda ikkilamchi vazifalar bilan band bo‘lish.

Telefon bilan ko‘p vaqt o‘tkazish. Ijtimoiy tarmoqlarda hayotiy, rang barang,oilaviy sarguzashtlarga boy bloglarni kuzataverib, hayotini ularga taqqoslash.

Serial ko‘rish.
Serialning salbiy ta‘sirlari talaygina. Keyingi seriyani kutish, qahramonlarga havas qilish, romantik erlar, chiroyli kiyinib yuradigan ayollar hamma hammasi asab tizimiga salbiy ta‘sirni oshiradi.

Hech qanday sabablarsiz xursand bo‘la olmaslik. Bu sizni sog‘ligingiz bilan bog‘liq muammo, gormonal buzilish yoki qaysidir modda yetishmovchiligi. Yoki hayotingizda avval bo‘lgan va siz unchalik eslamasangiz ham asorati qolgan yomon voqea.

Atrofdagilar bilan haddan tashqari kirishib ketish. Qo‘shni, dugona,qarindoshlar bilan ortiqcha, aralashishingiz kerak bo‘lmagan masalalarda uzoq suhbat

Yuqorida asabiylikning bir qancha sabablarini sanab o‘tdim. Bundan ham ko‘proq sabablar bo‘lishi mumkin aslida. Yozilganlar bir qarashda to‘g‘ri va yana yaxshiroq anglasangiz g‘alatidek tuyuladi. Ha siz haqsiz Bari bu dunyo hayotida arzimas narsalar...
Nima ham derdik,biz ayollar emotsionalmiz,ozgina narsa ham bizga dunyodek ta‘sir o‘tqizadi.

Yechimlar to‘grisida gaplashamiz


@musfira_a
79 views09:58
Buka / Bagaimana
2023-04-28 12:52:13
@musfira_a
79 views09:52
Buka / Bagaimana
2023-04-27 21:27:03 Ayollarning stress sabablari haqida postga binnimalar qaynab kelayotgandi, uyquyam eshik qoqib qo‘ymayapti. Bolang uxlaganda uxlasangchiiii birodar

Reaksiya ayamasangiz ertaga ilhom kelsa yozaman inshaalloh!

Hayrli tun

@musfira_a

*marafon anonsini ulashishni unutmang
87 viewsedited  18:27
Buka / Bagaimana
2023-04-27 21:18:30
''O‘zbegoyim'' marafoni

5-may start

Kanalni kuzatib boring
1-may qabul ochiladi

Eng asosiysi marafon mutlaqo bepul

@musfira_a
106 viewsedited  18:18
Buka / Bagaimana
2023-04-27 16:31:59 Bu dastlabki marafonning anonsi va shartlari
87 views13:31
Buka / Bagaimana
2023-04-27 16:27:15 Marafon haqida endi o‘qiyotganlar #marafondan heshtegi orqali ma‘lumotlarni o‘qib ko‘rishingiz mumkin
87 viewsedited  13:27
Buka / Bagaimana