Get Mystery Box with random crypto!

O'zbegimning qizlari Siz borsizki hayot bor, Siz borsizki naj | Abadiy Sevgim 🌹

O'zbegimning qizlari

Siz borsizki hayot bor,
Siz borsizki najot bor,
Sizga hali dunyo zor,
O'zbegimning qizlari:
To'marisning izlari.

Qoshga o'sma qo'yasiz,
Atlas ko'ylak kiyasiz,
Qadringizni bilasiz,
O'zbegimning qizlari:
Nodiraning izlari.

She'r yozish sizga xosdir,
Zulfiyadan merosdir,
Ko'zlaringiz charosdir,
O'zbegimning qizlari:
Zulfiyaning izlari.

Yigitlarning orisiz,
Alpomishlar yorisiz,
Sizsizlarning zorisiz,
O'zbegimning qizlari:
Barchinoyning izlari.

Go'zallikda tengsiz siz,
Samodagi yulduzsiz,
Kecha ham kunduzsiz,
O'zbegimning qizlari:
Layli Shirin izlari.

Ta'rifizga shoir ham,
So'z topolmas oh alam,
Omas yor sizga har dam,
O'zbegimning qizlari:
Momahavo izlari.


SeVaVeRaMaN