Get Mystery Box with random crypto!

Yo’lovchi Muhammad ibn Sohib #nazm Dengiz suvi yuvib ketar | Mahbubiy.uz

Yo’lovchi

Muhammad ibn Sohib

#nazm

Dengiz suvi yuvib ketar sohillarni,
Qilgan ishi magʻrur qilar johillarni,
Oqillarni izlang doʻstlar, oqillarni,
Yoʻlga chiqqan yoʻldoshiga nazar solsin.

Kuz shamoli olib ketsa gʻuborlarni,
Yurak asta unutadi ozorlarni,
Erta-yu kech kezavermay bozorlarni,
Yoʻlga chiqqan asosini qoʻlga olsin.

Sinovlarga, imtihonga toʻla dunyo,
Chin deganing boʻlib chiqar baʼzan roʻyo,
Kunlar esa oʻtar bir kun kabi goʻyo,
Yoʻlga chiqqan yoʻldan chiqmay yoʻlda qolsin.


Mahbubiy

Biz inshaallah ijodimizni boshladik
Duoda bulib turinglar inshaallah o’zimizning ilk shaxsiy she’riy kitobimizni chop etish arafasidamiz… Alloh ta’olo hayrli qilsin!