Get Mystery Box with random crypto!

Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

Logo saluran telegram kreativ_pedagog — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal K
Logo saluran telegram kreativ_pedagog — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal
Alamat saluran: @kreativ_pedagog
Kategori: Pendidikan
Bahasa: Bahasa Indonesia
Pelanggan: 37.90K
Deskripsi dari saluran

📌 Kreativ pedagog — Kreativ o‘qituvchilar kanali
📲 Reklama uchun: @talimdareklama
💡 Ikkinchi kanal: @Ochiqdarsim
〽️ Kreativ pedagoglar: @Qahramon_pedagog

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Pesan-pesan terbaru

2024-05-24 07:09:02
#bilasizmi

"Dunyodagi eng yaxshi o'qituvchi sovrini"

Dunyodagi eng yaxshi o'qituvchi sovrini (Global Teacher Prize) - bu Varkey jamg'armasi tomonidan ushbu kasbga ulkan hissa qo'shgan o'qituvchiga har yili 1 million AQSh dollarilik mukofot. Muayyan mezonlarga javob beradigan o'qituvchilar nomzodlari butun dunyo jamoatchiligi uchun ochiqdir va o'qituvchilar ham o'zlarini nomzod qilib ko'rsatishlari mumkin.

O'zbekistonda esa "Kreativ o'qituvchi" sovrini Kreativ Pedagog loyihasi tomonidan tashkil etilishi re'jalashtirilgan

Yangi guruhga qabul 5-iyundan boshlanadi. Kreativ Pedagog yangi guruhida o'qishga tayyormisiz?

Kreativ Pedagog - kreativ ustozlar kanali!
5.5K views04:09
Buka / Bagaimana
2024-05-23 10:32:13 ​​ "Kreativ" so'zining ma'nosini bilasizmi? "Kreativlik" o'zi nima?

"Kreativ" so'zi lotinchadan olingan bo'lib, yaratuvchi, ijodkor degan ma'noni anglatadi. O'z sohasiga yaratuvchanlik va ijodkorlik bilan yondoshadigan insonlarga nisbatan "kreativ" so'zi qo'llaniladi

Kreativlik muammolarni hal qilishda foydali boʻlgan gʻoyalar, alternativalar yoki imkoniyatlarni yaratish yoki tan olish tendentsiyasi sifatida aniqlanadi. Kreativ bo'lish uchun odamlar boshqacha va yangicha qarashga qodir bo'lishi kerak.

Har bir inson o'zi anglagan va anglamagan mahoratga ega bo'ladi. Faqat uni vaqtida anglash va rivojlantirish lozimdir.

Siz ham o'zingizda "kreativlik"ni rivojlantirishni xohlaysizmi? Unda "Kreativ pedagog" onlayn kursi aynan siz uchundir!

Imkoniyatni qo'ldan boy bermang va Kreativ Pedagog Iyun guruhida o'qib "kreativlik" qobiliyatingizni kashf qiling!

Kreativ Pedagog - kreativ ustozlar kanali!
5.5K views07:32
Buka / Bagaimana
2024-05-12 08:30:02 ​​ "Eng qiyin mavzu" - eng oson tushuntirish

Ko'pchilik o'quvchilar va o'qituvchilarning yana bir asosiy muammolaridan biri - bu  "eng qiyin mavzulardir". Xususan, ularning miyasida qaysidir darslar yoki mavzular shu nom bilan saqlanib qolgan. Lekin aslida ular haqiqatdan ham shu qadar qiyinmi?

Bizning miyamiz yangi darsga tayyorlanar ekan, u haqida birinchi eshitgan ma'lumotini haqiqat deb qabul qiladi. Yanada aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, siz darsga kirgach o'quvchilarga yangi mavzuning qiyinligi, o'zlashtirib olish oson emasligi haqida gapirasiz. Miya esa buni xuddi shunday "qiyin" tarzida qabul qiladi.

Bundan so'ng esa , aytilgan har qanday oson ma'lumot ham o'quvchini eslab qolishi uchun qiyindek tuyulaveradi. Chunki dars haqidagi birinchi ma'lumot uning qiyin ekanligi haqida bo'lgan.

Shu sababli darsga kirgach, mavzu qanchalik qiyin bo'lmasin, buni o'quvchilarga bildirmaslik va mavzu oson ekanligini, faqat ozgina diqqat-e'tibor talab etilishini aytib o'tishingiz kerak.

Haqiqiy mahoratli pedagog eng qiyin mavzularni ham o'quvchilarga eng oson tushuntirish yo'llarini topishi lozim. Bu esa o'qituvchining qanchalik kreativ fikrlashi va qanchalik ko'p metodlardan foydalana olishiga bog'liq!

Kreativ Pedagog - kreativ ustozlar kanali!
8.9K views05:30
Buka / Bagaimana
2024-05-11 08:20:47 O'quvchi sizni darsda tinglamasa nima qilish kerak?

Birinchi navbatda shuni aytib o'tish kerakki, biz nafaqat kuchli pedagog, balki *kuchli psixolog* ham bo'lganimizda barcha o'quvchilar diqqatini o'zimizga qarata olamiz.

Agar o'quvchingiz darsni tinglashdan manfaatdor emasligini bildirsa yoki dars payti uning chalg'iyotganini sezsangiz, ushbu usuldan foydalaning:

Dars o'tayotganingizda fan tushunchalarini uning ko'ziga qarab aytishni boshlang, diqqatni muhim nuqtaga (ya'ni uning ko'ziga) qarating, lekin uzoq vaqt qaramang.

Siz o'quvchini qiziqtirish uchun pauza qilishingiz kerak, keyin mavzuni davom ettiring. Buni tez-tez takrorlash kerak, lekin haddan tashqari oshirib yubormang.

Dars payti oraliqlarida yengil hazillar, mavzuga oid olimlar haqidagi qisqa hikoyalar ham o'quvchi diqqatini darsga doimiy jalb etishga yordam beradi.

Shu oddiy usuldan darsingizda foydalaning, shunda o'quvchilaringiz juda ehtiyotkor bo'ladi va sizning darsingizga "quloq solishadi''.

Ha aytgancha, bunday holatlarda o'quvchini jazolash, yomon baho qo'yish va hakozolardan foydalanish sinfda faqatgina salbiy muhitni shakllantiradi xolos. Yaxshisi, yuqoridagi usul orqali darsingizni samarali tashkil etganingiz ma'qul.. )

Siz bu vaziyatda qanday usuldan foydalanasiz?

Kreativ Pedagog - kreativ ustozlar kanali!
10.6K views05:20
Buka / Bagaimana
2024-05-10 06:49:35 Bugun 10-may, bugundan darslar boshlanmoqda!

Ammo shu oy uchun deyarli joylar to‘lish arafasida. Oldindan qo‘shilib joy band qilib qo‘ygan o‘qituvchilar talaygina.

Joy band qilgan o‘qituvchilarni saralab olamiz va siz ham hozirning o‘zida bugundan boshlanadigan guruhga qo‘shilishingiz mumkin!

Buning uchun @Krepeduz_admin ga "May guruhiga joy band qilmoqchiman" deb yozib yuboring.

Ha aytgancha, bugun kechgi vaqtdan boshlab darslar yuklanadi

@Kreativ_Pedagog - Kreativ o'qituvchilar kanali!
10.5K viewsedited  03:49
Buka / Bagaimana
2024-05-08 13:40:54
Qisqa vaqt ichida juda ko‘pchilik namuna darsga qiziqib yozishdi!

Biz bosqichma bosqich barchaga kreativ pedagog kursidan bitta namuna darsni tashlab bermoqdamiz!

Albatta, sizga ham navbat keladi, biroz kuting
12.5K views10:40
Buka / Bagaimana
2024-05-08 13:02:43 Va'da qilganimizdek "Xat metodi" video darsi

Marhamat ushbu metodni olish uchun adminga "Metodni olmoqchiman" deb yozib qoldiring:
@Krepeduz_admin
@Krepeduz_admin

Barcha murojaat qilganlarga bosqichma bosqich tashlab beriladi

Siz uchun foydali bo'lsa, hamkasblaringiz bilan ulashing

Keyingi postimizda yana qanday muammolarga yechim istaysiz? Izohda yozib qoldiring

@Kreativ_Pedagog - Kreativ o'qituvchilar kanali!
12.8K views10:02
Buka / Bagaimana
2024-05-08 12:10:52 Bir o‘qituvchi shunday yozmoqda: «Har bir o'quvchimning ota - onasiga "xat metodi" yo'lladim. Ishonasizmi natija shu qadar ajoyib bo'ldiki ota - onalar ham menga ishonch bildira boshladi va farzandlarining uyda o'zini qanday tutishi, uy vazifalarni bajarishi…
12.2K viewsedited  09:10
Buka / Bagaimana
2024-05-08 10:58:07 Bir o‘qituvchi shunday yozmoqda: «Har bir o'quvchimning ota - onasiga "xat metodi" yo'lladim. Ishonasizmi natija shu qadar ajoyib bo'ldiki ota - onalar ham menga ishonch bildira boshladi va farzandlarining uyda o'zini qanday tutishi, uy vazifalarni bajarishi…
12.9K views07:58
Buka / Bagaimana
2024-05-08 08:02:39 Bir o‘qituvchi shunday yozmoqda:

«Har bir o'quvchimning ota - onasiga "xat metodi" yo'lladim. Ishonasizmi natija shu qadar ajoyib bo'ldiki ota - onalar ham menga ishonch bildira boshladi va farzandlarining uyda o'zini qanday tutishi, uy vazifalarni bajarishi, o'zlashtirishida qanday qiyinchiliklar borligi haqida xatlar kela boshladi.

Bu metod orqali nafaqat ota - onalar bilan yaxshi munosabatlarni yo'lga qo'yib oldim, balki o'quvchilarimning yutuq va kamchiliklari haqida yanada ko'proq ma'lumotlarga ega bo'ldim. Bu esa menga o'quvchilarim bilan ishlashimda aynan nimalarga ko'proq e'tibor berishim kerakligini bilib olishimga yordam berdi.»
deb yozmoqdalar, biz bu haqida to‘liq maqola tayyorladik.

Ushbu ustozning dars jarayoni rasmlari va "Xat" metodi haqida to‘liq maqolani o‘qishni istaysizmi?

Commentda (likelar) soni 400 dan oshsa, to‘liq maqolani joylaymiz. commentga belgisini qoldiring
13.7K views05:02
Buka / Bagaimana