Get Mystery Box with random crypto!

#MunozaraKlublari #Qaror Oliy taʼlim, fan va innovatsiyala | IIXM fakultet xabarlari

#MunozaraKlublari #Qaror

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining “Oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi talaba-yoshlar o‘rtasida “Munozara” respublika turnirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qo’shma qarori qabul qilindi.

Qarorda quyidagilar belgilanmoqda:

Oliy ta’lim muassasalaridagi “Munozara” debat klublari tashkil qilinadi;

Debat klublari Boshlang‘ich tashkilotlar qoshida tashkil qilinib, klub faoliyatini oliy ta’lim muassasasining yoshlar yetakchisi muvofiqlashtirib boradi;

Aprel-iyun oylarida talaba yoshlardan iborat oliy ta’lim muassasalarining jamoalari o‘rtasida respublika turniri o‘tkaziladi;

Turnirning respublika bosqichi sovrin jamg‘armasi 65 mln. so‘mni tashkil qiladi.

Qaror bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin:

yoshlarittifoqi.uz/uz/reg_documents/munozara-turniri

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook