Get Mystery Box with random crypto!

#tafakkur Bir kishi Rasululloh alayhissalom roʻ'paralariga k | Huzayfam

#tafakkur

Bir kishi Rasululloh alayhissalom roʻ'paralariga kelib:

- Ey Allohning rasuli, din nima?- deb soʻ'radi.

Go'zal xulq, - dedilar.

U kishi sarvari olamning oʻ'ng tomoniga oʻ'tib, yana savol qildi:

Din nima, ey Allohning rasuli? - Go'zal xulq, - deb javob berdilar.

Keyin so'l tomonlariga oʻ'tib, yana:

- Din nima, ey Allohning rasuli?- deb so'radi.

Go'zal xulq, - dedilar Rasuli akram.
So'ng orqalariga oʻ'tib: Ey Allohning rasuli, din nima? deya qayta so'ʻradi.

Payg'ambar alayhissalom u kishi tomon oʻ'girilib: - Go'zal xulq, (goʻ'zal xulq esa) g'azablanmasligingdir, endi
tushundingmi?! - dedilar

#gozal_xulq

P/S:Go'zal xulq sohibi g'azablanmasligi bilan sokinlik, tavozelik og'ir bosiqlik bilan namoyon bo'ladi.
Og'ir bosiq bo'lgan har qanday inson sal narsaga arzimagan gapga yokida arzmagan masalaga tezda g'azablanmaydi.
G'azab kelganda aql ketadi*
G'azablanish vaqti inson shoshadi shoshib,har xil notog'ri xatolar qiladi va notog'ri qarorlar qabul qiladi shu boisdan ham g'azablanish shaytondandir deb aytiladi. G'azab otiga mingan kishining ko'ziga hech narsa ko'rinmay qoladi shu sababdan ham u har xil yomonliklar tazyiqlar va isyonkorlikka ham qo'l urishi mumkin. Bir mavzuda fikr yuritilsa,juda ham ko'p misollar va fikr mulohazalar keladi. Ammo hamma ham tafakkur qila oladi shuning uchun tafakkur ila o'zingizni boshqaring!

Hadia|Huzayfa