Get Mystery Box with random crypto!

Sen o'z jamoling bilan quyoshdan-da go'zalsan. O'z axloqing bi | Huzayfam

Sen o'z jamoling bilan quyoshdan-da go'zalsan. O'z axloqing bilan mushkdan-da pokizasan. O'z tavozuying bilan badr to'lin oydan-da balandsan. O'z mexring bilan yomg'irdan-da yoqimlidirsan. Bas,bu go'zallikni iymon bilan,rizoni qanoat bilan,sog'liqni hijob bilan saqla. Bilginki,oltin-kumush,olmoslar sening ziynatlaring emas. Balki,bedorlikdagi o'qilgan ikki rakat namoz, Allah uchun ro'za tutib,issiq haroratda chanqab, Allahdan o'zgasi bilmaydigan maxfiy sadaqalar,xatolarni yuvguvchi issiq,ko'z yoshlar,bandalik gilanida qilingan uzun sajdalar va yomonlik istagi,shayton dav'ati paytida Allahdan hayo qilmoqliging sening zeb-ziynatlaringdir.
Bas,taqvo libosini kiygin. Chunki sening garchi kiyimlaring yamoq bo'lsada, dunyoda eng go'zal ayolsan. Kamtarlik kiymini kiygin. Chunki sen yalangoyoqda bo'lsang ham koinotdagi eng go'zal insonsan

P/S:Ayolga bo'lgan hurmat ehtiromni joyiga qo'yish bu har bir erkak*kishining vazifasidir!
Qachonki erkak ayolni hurmat qilsa uning yon atrofi ham uni hurmat qiladi